8.8.1. MATLAB da oddiy neyron tarmog'ini qurish.
Ikki kirishli bitta perseptrondan iborat tarmoqni tanlaymiz. Tarmoqni o'qitish jarayonida kirish ma'lumotlari uning kirishlariga etkazib beriladi va chiqishda olingan qiymat maqsadli (bo’lishi kerak) bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasiga (olingan qiymatning kerakli qiymatdan farqi(og'ishi)) asoslanib, og'irlik va siljitish koeffitsient qiymatlari hisoblab chiqiladi, bu og'ishni kamaytiradi.
Shunday qilib, tarmoqni yaratishdan oldin siz o'quv va maqsad ma'lumotlari to'plamini tayyorlashingiz kerak. VA(AND) mantiqiy funksiyasi uchun chinlik jadvalini tuzamiz, bunda I1 va I2 kirishlar, O esa chiqishdir (8.2-jadval).
8.2-jadval. VA mantiqiy funksiyasi chinlik jadvali.
I1
|
I2
|
O
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
To'rt qatorli vektordan iborat matritsani (8.2-jadval) kiritish uchun "New Data" tugmasidan foydalaniladi. Yaratish(Create) tugmasini bosib, ko'rsatilgan oynada I1 va I2 kirish vektorlarini kiriting (8.18-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |