Amaliy mashg’ulot: begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurash choralarining samaradorligi hisoblash dars maqsadi


Download 13.83 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi13.83 Kb.
#1753870
Bog'liq
AMALIY MASHG


AMALIY MASHG’ULOT: BEGONA O’TLARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARINING SAMARADORLIGI HISOBLASH
Dars maqsadi: Gerbitsidlar va ularing ishlatilishi bilan talabalarga ilmiy tushuncha berish va gerbitsidlarni tuproqqa berish nazariy meyorlarini ishlab chiqishga o‘rgatish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan gerbitsidlarni tuproqqa berish haqida bilimlarni shakllantirish.
1. Begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari usullarni biladi.
2.Gerbisidlarning samaradorligi ularning meyori, qo’llash usuli, muddatlarini belgilay oladi.
Kerakli jihozlar: Gerbitsidlaring namunalari, plakatlar, tabiiy o‘simliklar yoki gerbariylari, albom, chizmalar, jadval, kartalar, kompyuterga kiritilgan o‘quv materiallari.
Nazariy qism
Gerbitsidlarni begona o‘tlarning rivojlanish fazalariga bog‘liq holda qo‘llashning optimal muddatlari va miqdorlarini hamda tuproq mikroflorasiga gerbitsidlaming ta’sirini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Lalmikorlikda g‘alla ekinlari orasida o‘sadigan keng bargli begona o‘tlarga qarshi kurashda qator kimyoviy preparatlar yuqori samaradorlikni yuzaga keltiradi. Bu preparatlar kichik miqdorda (gektariga 5-10 g) solinsa, o‘simliklarning o‘sishini kuchaytiradi, katta miqdorda (gektariga 500- 1000 g) solinsa, ikki pallali begona o‘tlarni nobud qiladi.


Amaliy qism
Topshiriq: 67 gektarli gʼoʼza dalasida bir yillik begona oʼtlarga qarshi Samuray Gerbitsidining solish meʼyorini, ishchi eritmalar kontsentratsiyasini, gerbitsidlarga boʼlgan umumiy ehtiyojni va shu uchta davrda gerbitsidning samaradorligini hisoblang.
Gerbitsid qo’llash me’yori quyidagi keltirilgan formula yordamida aniqlanadi:
 
bu yerda: S - gerbitsid qo’llash me’yori, kg/ ga yoki l/ga;
D - ta’sir etuvchi moddaning me’yori, kg/ ga yoki l/ga;
V - ta’sir etuvchi modda miqdori, %
Samuray gerbidsidida mos ravishda “D” ta’sir etuvchi moddaning meyori 1-2 l\ga norma bo’yicha berilgan, biz uning o’rtacha miqdorini olamiz.

O’rtachasi 1.5 l\ga bo’lishini aniqlab oldik.
Bu yerda ta’sir etuvchi moddaning miqdori “V” norma bo’yicha samurai gerbidsidida 33 % belgilangan.
Endi ushbu berilganlarni formulaga qo’yib samurai gerbidsidining solish me’yorini aniqlab olamiz.
 =4.5 l\ga
Demak S - gerbitsid qo’llash me’yori 4.5 l\ga ekan.
Gerbidsidga bo’lgan umumiy ehtiyoj esa quyidagicha
 .5
Purkash uchun tayyorlangan ishchi eritmaning kontsentratsiyasi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:

bu yerda K - ishlatiladigan eritmaning kontsentratsiyasi, %
S - preparatning me’yori, kg/ga yoki l/ga.
R - suyuqlik (suv) sarfi, l/ga.
Samurai gerbidsidida standart bo’yicha S- qo’llash me’yori 4.5 l\ga.
Ishchi eritma tayyorlash uchun suv sarfi esa yani formuladagi R: 150 l/ga

Demak ishchi eritma konsentratsiyasi 3% li ekan.
Download 13.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling