Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Tashxisi. Kasallik tashxisini qo’yishda anamnez, ayniqsa, epidemiologik 
anamnezini e’tiborga olish lozim. Avj olish ro’y berganida, bir xil taom egan odamlar 
kasallanib, ayrimlaridan bakteriologik tekshirish natijasida salmonellalar topilsa, 
boshqalariga xam salmonellez tashxisini qo’yish mumkin.Qonning umumiy taxlilida 


leykotsitoz, neytrofilez, ba’zan EChT ortgani aniqlanadi, og’irroq hollarda siydikda 
oqsil aralashgan bo’ladi. 
Bakteriologik tekshirishlar natijasi muxim ahamiyatga bemordan sterillangan 
idishga olingan qusuq massasida, me’dani chayilgan suvda yoki ovqat qoldiqlarida 
salmonellalarni topish mumkin. Najasdan ekma olib, Myuller muxitiga ekilganida 
xam kasallik qo’zg’atuvchilari aniqlanadi. Tana xarorati yukori bo’lgan xollarda 
qonni safroli suyuqlikka ekib, gemokultura olish mumkin.Kasallikning 4-5 kunidan 
boshlab PGAR qo’yib, serologik reaktsiya vositasida tanadagi antitelalar aniqlanadi. 
5-6 kundan so’ng tekshirish qaytarilsa, reaktsiya titri ortgani ma’lum bo’ladi 
Salmonellyoz hamda boshqa ichketar kasalliklarni, ba’zan klinik jihatdan 
vabodan farqlash murakkab bo’lgani tufayli may-oktyabr oylarida ichi buzilib, 
shifoxonaga yotqizilgan xar bir bemor najasi, ichak guruxi mikroblaridan tashqari, bir 
marta vabo vibrioniga xam tekshiriladi. 
Davolash. Salmonellyoz bilan og’rigan bemorlarni davolashda dastlabki tibbiy 
yordamni o’e vaqtida ko’rsatish muxim ahamiyatga aga. Kasallik toksikoinfektsiya 
(ovqatdan zaharlanish) alomatlari bilan kechgan xar bir bemorda, avvalo qornida 
o’tkir xirurgik kasalliklarni va miokard infarktini istisno qilish lozim. U kasalliklar 
yo’qligiga ishonch xosil qilgach, birinchi navbatda me’dani ovqat qoldig’idan 
tozalash kerak. Bu maqsadda yo’g’on zond vositasida me’dani 3% li ichimlik soda 
eritmasi yoki pushti rang (0.02%) kaliy pergament (margantsovka), ular bo’lmasa, 
iliq suv bilan chayiladi. Bu muolaja, qaytib tushayotgan suv shillikdan toza bo’lgunga 
qadar davom etadi. Odatda, katta yoshdagilarning me’dasini yaxshilab chayish uchun 
2.5-3 litr eritma sarflanadi. Bemor ichagini tozalashga iliq suv bilan xukna xam 
qilinadi.Bolalar me’dasini 2% li ichimlik soda eritmasi bilan chayiladi. Eritma 
miqdori bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Shuningdek, bolani ko’krak suti bilan 
emizish, albatta davom ettirilishi kerak. Ko’shimcha ovqatlantirilayotgan bolalarga 
urgangan ovqati berilaveradi. Ichi ketgan bolani 2-3 soatlab och qo’yish mumkin 
emas. 
Bemor qusish va ich surish natijasida yo’qotgan suv va tuz o’rnini qoplash 
uchun og’izdan glyukosolan yoki regidron eritmasi ichiriladi. Eritmani choy 
qoshig’ida har 3-5 minutda takroran ichirib turiladi. Eritma tayyorlash uchun 
xaltachadagi shakar-tuz aralashmasi qaynatib sovutilgan bir litr suvda eritiladi. 
Ichiriladigan suyuqlik mikdori bemorning yoshi va yo’kotilgan suyuqlik mikdoriga 
qarab belgilanadi. 
Og’irroq hollarda tuzli eritmalar tomir orqali tomchilab (minutiga 40-60 
tomchi) yuboriladi. Bu maksadda Ringer eritmasi, trisol, atsesol, kvartasol kabi 
preparatlar ko’llanadi, Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida gemodez, poliglyukin 
kabi dorilar ham tomir orqali yuboriladi. 
Bemorga oson xazm bo’ladigan, qaynatib pishiriladigan taom buyuriladi 
(Povzner bo’yicha 4-stol). Kasallik avj olgan davrda qotirilgan non, qatiq, suzma 
(chakki) tavsiya etiladi. Taomdagi go’sht qiyma xolida bo’lishi lozim. Kompot, meva 
sharbatlari (uzumnikidan tashqari) yaxshi naf beradi. Yovgon xo’rdaga biroz qiyma 
ko’shib tayyorlansa, parxezga mos keladigan taom bo’ladi. 
Kasallikning dastlabki soatlaridan tibbiy yordam ko’rsatilsa va 4-6 soat 
davomida FAP, QVA, poliklinikalar qoshida tashkil etilgan og’izdan suyuqlik ichirib 


davolash (ORP - oral regidratatsiya) bo’limlarida regidron ichirilsa, ko’pchilik 
bemorlarni shifoxonaga yotqizishga xojat xam qolmaydi. Bemor axvoli og’irlashib 
kolishining oldi olinadi. Oqibatda o’limxollari kamayadi.Salmonellezni davolashda 
antibiotiklar qo’llash shart emas. Ilgari keng foydanilgan tetratsiklin, levomitsetin 
hozirgi vaqtda salmonellalarga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Ba’zan gentamitsin (40-80 
mgdan kuniga 2-3 marta), ampitsillin (0.5-1.0 g dan kuniga 3-4 maxal) kabi 
antibiotiklar va biseptol davolashda naf beradi. 
Kasallikning 
oldini 
olish 
veterinar-sanitariya, 
sanitariya-gigienik 
va 
epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasidan iborat. Veterinariyada xayvonlarga 
beriladigan em-xashak salmonellalardan xoli bo’lishiga, kasal xayvonlar 
sog’lomlaridan aloxidalanishiga e’tibor berish kerak. Uy xayvonlari, parranda 
so’yilganida ichagi chavoklanmasligi, uning ichidagi moddalar go’sht yuzasiga 
tushmasligi lozim. Sut kombinatlarida ham gigiena talablariga qat’iy rioya qilish 
talab qilinadi. 
Oziq-ovqat sanoati va korxonalarida mahsulot tashish, tayyorlash va saqlash 
jarayonida salmonellalar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Ichketar kasalligining 
alomatlari bo’lgan odamlar ishdan chetlashtiriladi. Salmonellez suv orqali 
tarqalmasligi uchun ferma va molxonalar oqar suvlardan uzokroq joylashgan bo’lish 
kerak. 
Avj olish ro’y berganida shubha qilingan ovqat qoldig’i, unitayyorlash, tashish 
va 
sotishda 
ishtirok 
etganlar 
bakteriologik 
tekshiruvidan 
o’tkaziladi. 
Tug’ruqxonalarda kasallik tarqalishining oldini olish maksadida xomilador ayollar 
tug’ish muddatidan bir xafta oldin ichak guruxi mikroblariga tekshirib ko’riladi. 
Maishiy yo’l bilan salmonellez tarqalishining oldini olishda shaxsiy gigienaga 
e’tibor katta axamiyatga ega. Ayniqsa, emizikli bolasi bor onadan pokizalikni 
unutmasligi kerak. Go’dak bolaga beriladigan ovqat faqat bir marta iste’mol qilishga 
etarli bo’lishi lozim. Bolani emizish yoki ovqatlantirish oldidan qo’lni sovunlab 
yuvish zarur. 
Salmonellez sporadik holda muttasil qayd qilinadigan qishloqlarda yoz fasli 
davomida salmonellez bakteriofagi profilaktik ravishda berib boriladi. U suyuq yoki 
tabletka holida bo’ladi. 
Vabo — o’ta xavfli yuqumli kasalliklardan hisoblanadi, o’tkir gastroenterit, 
degidratatsiya alomatlari.bilan kechadigan va keng tarqalishga moyil xastalik 
xisoblanadi. 
Vabo odamzodga qadim zamondardan ma’lum. Hindiston va Bangladesh 
vaboning endemik o’chog’i hisoblanadi. Vaqti-vaqti bilan kasallik kushni davlatlarga, 
xatto turli qit’alarga tarqalib, katta epidemiya va pandemiyalar beradi. 1817 yildan 
1925 yilgacha bo’lgan davrda Er yuzida vaboning 6 ta pandemiyasi qayd etilgan. 
1961 yildanboshlab vaboning yangi — VIIpandemiyasi boshlandi. Hozirgi 
tezyurar transport vositalari orqali vabo (engil turda kasallangan bemorlar va vibrion 
tashuvchilardan) qisqa muddatda juda uzoq mamlakatlarga tarqalishi mumkin. 
Jumladan, 1965 yilda Qoraqalpog’iston va Xorazmda xam vabo epidemiyasi 
kuzatilgan. 
90 yillardan buyon vabo Amerika, Evropa, Osiyo, Afrika Qit’asidagi 100 dan 
ortiq mamlakatlarga kirib borgani qayd etilgan. Uzbekistonga xam sayyox-


tijoratchilar 
vositasida 
vaboning 
Hindiston 
va 
Poki00000000000000000000000000000000stondan kirib kelish xollari uchrab turadi.  

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling