amaliy mashg‘ulot. Hayotning tuzilish darajalarini modellashtirish


Download 0.75 Mb.
Sana09.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1254899
Bog'liq
amaliy ish

1.2 AMALIY MASHG‘ULOT. HAYOTNING TUZILISH DARAJALARINI MODELLASHTIRISH.

  • Maqsad: Modellashtirish orqali hayotning tuzilish darajalari mohiyatini tushunish, komponentlari va ularga xos jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash.
  • Organik olam tuzilishi jihatidan turli murakkablik darajasiga ega biologik sistemalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
  • Biologik Sistema – muayyan funksiyani bajaradigan, rivojlanish, o‘z-o‘zini barpo etish va atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega bo’lgan o‘zaro bir-biri bilan bog’liq tarkibiy qismlarni o‘zida birlashtiradi. O‘simlik yoki hayvon organizmi hujayra, to‘qima, organ va organlar sistemalaridan tashkil topgan biologik sistema. Hujayra, to‘qima va organlar o‘zaro aloqada bo‘lib, organizmning yaxlit sistema sifatida ko‘payishi va tashqi muhitga moslanishini ta’minlaydi. Bu organizm darajasidagi biologik sistema sanaladi.
  • Hayotning har bir tuzilish darajasi biologik sistemalardir.

Bizga kerak. Rangli qalam, oq qog‘oz.

  • Bizga kerak. Rangli qalam, oq qog‘oz.
  • Ishning borishi:
  • Kichik guruhlar uchun topshiriqlar
  • 1. Hayotning tuzilish darajalarining mohiyatini guruhda muhokama qiling.
  • 2. Hayotning tuzilish darajalari komponentlarini aniqlang.
  • 3. Hayotning tuzilish darajalariga xos jarayonlarni ayting .
  • 4. Hayotning tuzilish darajalari komponentlari va ularga xos jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni guruhda muhokama qiling.
  • 5. Hayotning tuzilish darajalarini Iyerarxiya tamoyiliga ko‘ra biologik sistemalar sifatida o‘rganishning ahamiyati haqida xulosa chiqaring.

1.10 AMALIY MASHG‘ULOT. DNK VA RNK TUZILISHIGA DOIR MASALALAR YECHISH

  • Maqsad: DNK va RNK tuzilishiga doir masalalar yechish, azotli asoslarni, nukleotidlarni, fosfodiefir bog’larni, vodorod bog’larni va DNK, RNKni uzunligini topishni o’rganish.
  • Nuklein kislotalar polimer bo`lib, ularning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi.
  • Har bir mononukleotid 3 ta komponentdan tuzilgan.
  • DNK va RNK da nukleotidlar tarkibi quyidagicha bo’ladi.
  • DNK va RNK da nukleotidlar komplementarligi quyidagicha bo’ladi.

Ish tartibi:

  • Ish tartibi:
  • 1. DNK va RNKni qiyosiy taqqoslash.
  • 2. DNK va RNK tuzilishiga doir masalalar yechish usullarini o’rganish.
  • 3. DNK va RNK tuzilishiga doir masalalar yechish.
  • 4.Xulosa.
  • 1. DNK va RNKni qiyosiy taqqoslang va jadvalni to‘ldiring.

2.9 AMALIY MASHG‘ULOT. ENERGIYA ALMASHINUVIGA DOIR MASALALAR YECHISH

  • Maqsad: Energiya almashinuvi bo‘yicha masalalar yechish, energetik almashinuv bosqichlari, tayyorgarlik bosqichi, glikoliz, va kislorodli parchalanishda energiyaning hosil bo’lishiga doir masalalar yechishni o’rganish.
  • Hujayradagi jarayonlar normal kechishi uchun zarur bo’lgan energiya, hujayrada energiyaga boy turli moddalarda zaxira holatida to’planadi. Shunday moddalardan biri ATF (adenozintrifosfat kislotasi)dir.

2.11 AMALIY MASHG‘ULOT. OQSIL BIOSINTEZI JARAYONINI MODELLASHTIRISH

  • Maqsad: Oqsil biosintezi jarayonini modellashtirish asosida tushinish va amalda bajarib ko‘rish.
  • Oqsil biosintezi transkripsiya va translyatsiya jarayonlaridan iborat. Yadroda RNK-polimeraza fermenti yordamida DNKdan i-RNK sintezlanadi, Bu jarayon transkripsiya deyiladi.
  • Yangi sintezlangan i-RNK yadro poralaridan chiqib, sitoplazmadagi ribosoma bilan birikadi. Ma’lumotlarni nukleotidlar tilidan aminokislotalar tiliga o‘girilishi translyatsiya deyiladi.

Bizga kerak: Karton qog‘oz, rangli qog‘ozlar, qaychi, kley Xavfsizlik qoidalari: Qaychidan foydalanganda ehtiyot bo‘ling.

4.2 AMALIY MASHG‘ULOT. TO‘LIQ VA CHALA DOMINANTLIK BO‘YICHA MASALALAR YECHISH (DI, POLIDURAGAY CHATISHTIRISH)

  • Maqsad. To‘liq va chala dominantlik bo‘yicha masalalar yechish, dominant, retsessiv, gomozigota, geterozigota tushunchalarini o’zlashtirish, mono, diduragay chatishtirishga doir masalalar yechishni o’rganish.
  • 1– topshiriq. G’ozaning malla rang tolasi oq tolasi ustidan chala dominantlik qilganligi uchun F1 bo’g’in novvotrang tolali forma hosil bo’ladi. Agar F1 duragaylari o’zaro chatishtirilsa F2 da qanday natija kutish mumkin.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling