Amaliy mashg‘ulot. Matematika statistika elementlarini modellashtirishga oid
misollar bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Talabalarda Matematika statistika
elementlarini
modellashtirishga oid misollar yechish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini hosil
qilish.
1. Tanlama.
Statistik tahlil qilish uchun dastlab statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak.
Statistik ma’lumotlar kuzatuvlar yoki tajribalar o‘rtacha yoshi,
oilalardagi
bolalarning o‘rtacha soni va boshqa tomonlarini bilish uchun aholini ro‘yxatdan
o‘tkazish ishlari olib boriladi. Bunda mamalakatdagi barcha kishilar va oilalar
haqidagi ma’lumotlar hisobga olinadi. Bu esa
ular asosida chiqarilgan
xulosalarning to‘la va aniqroq bo‘lishini ta’minlaydi. Lekin hamma vaqt ham
barcha ma’lumotlarni yig‘ishning iloji bo‘lmaydi.
Masalan, bizni har bir paxta ko‘chatidan olinadigan hosilning o‘rtacha
og‘irligi qizi qtirsin (yoki katta partiyada keltirilgan har bir detalning talabga javob
berishligi yoki har bir ishlab chiqarilgan elektr lampochkasining o‘rtacha
ishlash
vaqti). Bu holda barcha paxta kuchatlari (yoki detallar yoki lampochkalar) haqida
ma’lumotlarni yig‘ish (har birini tekshirish) juda ko‘p mehnat va mablag‘ni talab
qiladiki bu esa maqsadga muvofiq emas.
Yuqorida keltirilgan misollarda masalan, barcha paxta ko‘chatlarini emas
balki bir qismini (masalan 1 gektar) tanlab olish, barcha detal yoki lampochkalarni
emas, balki bir qismini (masalan 100 ta yoki 300 tasini) tanlab olish va ular haqida
kerakli ma’lumotlarni yig‘ib xulosalar chiqarish mumkin.
Albatta, chiqarilgan xulosalarning to‘la va aniqroq bo‘lishi, ko‘p
jihatdan
tanlanmaning qanday tanlanishiga bog‘liqdir.
Tanlamalar olingandan keyin undan olingan ma’lumotlar quyidagi ko‘rinishda
yoziladi.
x
1
, x
2
,…,x
n
(1)
budan keyin biz tanlanma deganda ana shu (1) ma’lumotlarni nazarda tutamiz.
Tanlanmadagi elementlar soni n tanlanma deyiladi. Tanlanmadagi
x. variantlar
deyiladi.