Amaliy mashg’ulot Mavzu: Baholash turlari va mezonlari


Download 21.06 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi21.06 Kb.
#1051959
  1   2   3   4
Bog'liq
2-АМАЛИЙ ИШ


-Amaliy mashg’ulot
Mavzu:Baholash turlari va mezonlari.

Maqsad: Talabalarga texnologiya fanidan baholashninig haqqoniyligi va tabaqalashtirilganligi haqida tushuncha berish, texnologiya fani darslarida e’tiborga olinadigan omillar bilan tanishtirish.
Natija: Talabalarda baholashning haqqoniyligi haqida tushuncha hosil bo’ladi va mehnat ta’lim darslarida baholash mezonlarini o’rganadilar.

1 - ilova

Baholashning haqqoniyligi va tabaqalashtirilganligi
Bahoning haqqoniyligi, ayrim o’quvchilar mehnati natijalarini taqqoslash imkonini beruvchi miqdor va sifat ko’rsatkichlari (buyumning aniqligi, buyumlar miqdori va hokazolar)ga asoslanadi. Bahoning yagona talablar asosida qo’yilishi ham uning obyektivligidir. Ana shu talablar quyidagilardan iborat:
1. Ishlash aniqligi. Aniqlik – har qanday mahsulotni, shu jumladan, tikuvchilik sanoati mahsulotlarini tayyorlashga qo’yiladigan talabdir.
2. Vaqt me’yori. Me’yorlash xususida mehnat topshirig’ini bajarishni vaqt bo’yicha chegaralash o’quvchilar mehnat operasiyalarini bajarish usullarini egallab olganlaridan keyin amalga oshirilishi kerak. Bunda o’quvchilar bir yo’la ham ishning sifatli bajarilishini kuzatishni, ham uni ma’lum muddatda bajarishga intilishni uddalay olmasligi va ta’limning birinchi bosqichida vaqt me’yori kiritilsa, miqdor ko’rsatkichlari sifat hisobiga ortishidan kelib chiqadi.
3. O’quvchilarning bilimlari. O’quvchilarning amaliy ishlari ularning bilimlariga asoslanib tashkil qilinadi. Shu sababli ularning faoliyatini baholashda o’quvchilar dastur materialini qanday hamda va qanchalik chuqur o’zlashtirganini hisobga olish kerak.
4. Mehnat usullarini to’g’ri bajarish. O’quvchilar asbobni ushlash, ish holatida turish, asbobning ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga tutish haqidagi ko’rsatmalarni qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarini to’g’ri bajarish ko’nikmalari o’qituvchi tomonidan baholanadi.

Download 21.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling