amaliy mashg’ulot. Mavzu: Vektorli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari Maqsad: Corel drawda ishlashni o`rgatish. Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar
Download 1.21 Mb.
|
TurAT-9
9-AMALIY MASHG’ULOT. Mavzu: Vektorli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari Maqsad: Corel DRAWda ishlashni o`rgatish. Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar, Windows 7 OS va CorelDRAW dasturi Amaliy mashg`ulot ishi bayoni. 1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi. Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin: A) Belgilash B) O`chirish V) Nusxa olish va nusxani qo`yish. G) Bir nechta obyektlarni belgilash. D) Kattalashtirish va kichraytirish. E) Obyektni siljitish. J) Belgilashni olib tashlash. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz. Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi. «Uskunalar majmuasi» 1-rasm. Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin. Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qo`yish mumkin. Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi. Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi. Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi. Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya. Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida). 2-rasm. Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada 2-rasmda ko`rsatilganidek ular ustida markerlar hosil bo`ladi. Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi. Bir narsani aytib o`tish joizki, belgilangan obyektlarni aylantirish ham mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada 3-rasmda ko`rsatilgan holat vujudga keladi. 3-rasm. Rasmda ko`rinib turganidek Markerlar boshqa ko`rinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turgan holda obyektlarni hohlagan burchakka burish imkoniyati bo`ladi. Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya. Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qo`shimcha uskunalar qatori paydo bo`ladi. Bu uskunalar yordamida obyektlarni kattaligini o`zgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish holatlarini, burchak ko`rinishlarini ham o`rnatish mumkin. (4-rasm) +уроллар =атори 4-rasm. Obyektlar yaratilgandan so`ng, chegaralarga va ichki qismiga rang berish mumkin. Bu ishlarni har xil usullar yodamida bajarish mumkin. Obyektning chegaraga va ichki qismiga rang berish uchun Corel Draw oynasining o`ng qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalanish mumkin. Ranglar palitrasi 6-rasm. O`quvchilar obyektni belgilab kerakli rang ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borib chap tugma bir marta bossa, natijada obyektnigg ichki qismi kerakli rangni oladi, tashqi chegaraga rang berish uchun esa yuqoridagi ishlar bajariladi, faqatgina chap tugma o`rniga o`ng tugmani bosiladi. Rangdan tashqari obyektlarga har xil fonlar berish mumkin. Bu to`g’risida xozir to`xtalib o`tamiz. Buning uchun Corel Draw oynasida qo`shimcha oynani hosil qilish kerak-Objekt Properties oynasini. (bu oynani quyidagicha hosil qilish mumkin: obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, o`ng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan-Properties buyrug’i tanlanadi. (7-rasm)) Objekt Properties 7-rasm. - Objekt Properties oynasida mavjud bo`lgan tugma, bu tugma yordamida obyektlar ichki qismiga fon berish mumkin. Bu tugma bosilgandan so`ng, qo`shimcha tugmalar hosil bo`ladi: (Uniform fill)-obyektlarga bir xil rang berish imkonini beradi. (Fountain fill)-obyektlarga ikki turdagi ranglar, va ranglar shtrixovkalarini beradi. (Pattern fill)-har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi. (Texture fill)- har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlish imkonini beradi. (Postckript fill)-tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi. (No fill)-ichki rangni yo`q qiladi. O`quvchilar Corel Draw dasturida kontur parametrlarini berish va ularni boshqarishning har xil usullarini bilishlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kontur tushunchasiga bog’liq ayrim tushunchalarni yoritb o`tamiz: Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling