Amaliy mashg’ulot mavzulari bo`yicha keys to`plami


Download 14.86 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1781622
Bog'liq
Keys

AMALIY MASHG’ULOT MAVZULARI BO`YICHA KEYS TO`PLAMI



Keys-stadi metodi O‘quvchilar yozma nutqini o‘stirish ularga o‘z xalqi adabiy tilini o‘rgatish demakdir. Ularni adabiy til talaffuz me’yorlarida so‘zlashga odatlantira borish nutq o‘stirishning asosiy maqsadi sanaladi. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshira borish, adabiy til me‘yorlarini egallatish, o‘quvchi uchun yangi bo‘lgan har bir so‘zning talaffuzini o‘rgatish, fikrni og‘zaki va yozma holda tinglovchiga yetkaza olish malakalarini hosil qilish bu kursning vazifasi sanaladi. Savol: O`quvchilar nutqini o`stirish qachondan boshlanadi? Savol: O`quvchi nutqini o`stirish o`qituvchi nutqining ahamiyati qanday? O‘quvchilarning nutqini o‘stirish ishi boshlang’ich sinfdan boshlanadi. Nutqni shakllantirish va rivojlantirish uchun grammatikaning hamma bo‘limlarida ishlash zarur. Natijada nutqiy ko‘nikmalar shakllana boradi. Nutqiy ko‘nikmalarga nutqning ixcham, soda, ravon bo‘lishi kiradi: o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish so‘z boyligini oshirish ishlari birinchi darajali vazifa qilib qo‘yiladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchi nutqining ta’siri kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham, o‘qituvchi o‘z nutqiga katta e’tibor qaratishi zarur.
2-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi metodi Nutq og’zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o‘z ichida gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o‘z -o‘ziga qaratilgan nutq saialadi va uni nazorat qilib bo‘lmaydi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Savol:Nima uchun ona tili darslarida ichki nutqni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratiladi? Savol: Og’zaki nutq nimasi bilan ahamiyatli? Fikrni bir joyga to‘plash , nimalar xususida fikr yuritish kerakligini belgilash, bayon qilinadigan asosiy fikrning1 mohiyatini anglash, ichki nutqni rivojlan tirishda muhim omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlarning hammasi ichki nutq holatida boshlanib, keyin gashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, insho, bayon yozishdan oldingi jarayon ichki nutq namunasidir. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega. 3-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi Tizimni ayni holatda lingvistik mashqlarni barcha elementlarga ko’ra tahlil etish amrimahol. Shu sababli, lingvistik mashqlarning asosiy elementlarini uning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilamiz.Lingvistik mashqlar avvalo ochiq tizimdir. Savol: Ochiq tizimning qanday afzalliklari bor? Zero hozir o’tkaziladigan mashq oldingi mashqlarning davomi, bundan keyin o’tkaziladigan mashqlar uchuntayyorgarlik bosqichi sanaladi. Mashq qilish jarayonida bolalarning o’qish faoliyati o’tmishdan hozirga, undan kelajakka tomon harakat qiladi. O’rganilgan bilimlardan ularning amaliyotga tatbiq etilishiga qarab borishiga kelajakdagi istiqboli uchun zamin tayyorlaydi. Mashq qilish jarayonining mohiyatini anglash maqsadida mashqning turg’un asosiy tarkibiy qismlarini uning variantlari sifatida ajratamiz. 4-AMALIY MASHG’ULOT Keys stadi. O’quvchilarning yosh va materialning xarakterihar bir darsda ko’rgazmali qurollar foydalanishni taqazo etadi; o’quvchi qancha yosh bo’lsa materialni ko’rgazmalilik orqali o’rgatishga shunchalik zaruriyat tug’ladi. Ikkinchidan, o’quvchiga ko’rsatillmagan fakt va material ko’pincha mavhum bo’ladi. O’quvchi yangi fakt va hodisani ko’rib idrok etsa uning mohiyatini tezroq anglaydi. O’uvchi ko’rish orqali ham predmet- hodisa haqida, ham ularning tildagi ifodasi haqida bilim oladi. Savol: Ko`rgazmalilikka qanday ijodiy yondashish maqsadga muvofiq? Darsda predmetni ko’rsatish imkoni bo’lmasa, illusttiratsiya, sixema, tablitsiya, albomlar, orfografik va izohli lug’atlar, kartalar , rasm. Foto, diofilmlar, kinofilmlar va boshqalarda foydalanish mumkin. 5-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi metodi “Innovatsiya” lotin tilidan olingan bo`lib, yangilik kiritish degan ma`noni bildiradi. Yangilik kiritish dinamik tizim bo`lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishiuning atrof-muhit bilan o`zaro bog`liqligini ifodalaydi. Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash keng samara beradi. Savol: Ona tili darslarida qo`llaniladigan axborot texnologiyalar nimalardan iborat? Innovatsion texnologiyalarning o`qituvchi faoliyatidagi o`rni qay darajada? 6-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi. Ona tilita’limi jarayonida integrative yondashuv har bir o‘quvchining shaxsiy-individual xususiyatlari, uning qiziqishlari, dunyoqarashi, mustaqilijodiy o‘ziga xosliklari e’tiborga olinishi kerak. Ayni paytda amalga oshirilgan bu pedagogik tadbirlar natijasida o‘quvchining aniq natijaga ega bo‘lishi kafolatlanishi ham shart.Fanlararo aloqalarga oid mashq va topshiriqlar noaniq, mujmal, tushunarsiz bo‘lmasligi, aksincha, ular o‘quvchilar uchun tushunarli, aniq, bajarish yo‘llari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Eng muhimi, ularni o‘quv materiali mazmuni bilan uyg‘unlikda keltirish kerak.Fanlararo aloqalarni amalga oshirishda ham uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga, oddiydan murakkabga tomon borish tamoyiliga to‘la rioya etilishi shart Savol: Fanlararo aloqadorligi o`quvchilarda qanday tushuncha va talablarni shakllantiradi? O‘quvchilar oladigan bilimlarning mustahkam, egallashlari lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarning barqarorligiga, bir so‘z bilan aytganda o‘quvchi shaxsining yuksak ma’naviyat egasi bo‘lishiga xizmat qiladi. SHu maqsadda fanlararo aloqalar jarayonida jalb etiladigan materiallar o‘quvchilarning aqliy-bilish faoliyatigagina emas, balki ularning ma’naviyaxloqiy, siyosiy-iqtisodiy, mehnat, badiiy-estetik, ekologik va boshqa tarbiyalariga ta’sirini ham nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonlarning barchasida o‘quvchining shaxsiy tashabbusini, ijtimoiy faolligini amalga oshirish asosiy o‘rin tutadi. 7-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi. Ona tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi Ko’pgina rivojlangan davlatlarda kompleks loyihalarga asoslangan o’quv rejalari tuzilib, unda hayotning turli sohalariga asoslangan o’quv rejalari tuzilib, unda hayotning turli sohalariga oid bilimlar - o’quv mavzulari va o’quv predmetlari bir kompleksga birlashtiriladi, yaxlitlanadi. Ona tilini o’rganishda yillik reja, tematik reja, kundalik dars rejasidan foydalaniladi Savol: Ona tili ta’limini o`qitishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini qanday tasavvur qilasiz? Yillik reja dastur va darsliklar asosida tuzilib, malaka oshirish institutlari orqali tarqatiladi. Mazkur reja asosida yarim yillik va choraklik rejalar o’qituvchilar metod birlashmasi tomonidan tuziladi. Ushbu rejalarga (til materiallaridan ba’zilarini olib tashlash yoki yoki qo’shishdab tashqari) ijodiy- metodik o’zgarishlar kiritilishi mukin. 8-AMALIY MASHG’ULOT Keys-stadi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan bir qator ish turlari, jumlada, ko’chirib yozish, izohli yozuv, saylanma diktant, muayyan andozaga qarab bajariladigan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik tahlillari, berilgan she’riy matn mazmunini nasriy yo’l bilan bayon qilish kabi topshiriqlar o’quvchilardan bilimlarni xotirada tiklashni talab etadi. Savol: Ona tili o’qitishda qo’shimcha materiallar bilan ishlash tajribasini qanday tasavvur qilasiz? 9-AMALIY MASHG’ULOT Keys- stadi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan bir qator ish turlari, jumlada, ko’chirib yozish, izohli yozuv, saylanma diktant, muayyan andozaga qarab bajariladigan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik tahlillari, berilgan she’riy matn mazmunini nasriy yo’l bilan bayon qilish kabi topshiriqlar o’quvchilardan bilimlarni xotirada tiklashni talab etadi. Savol: Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan mustaqil ish turlariga nimalar kiradi? Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari: a) Nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish; b) Ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish; c) Berilgan gaplar yoki matnning mazmunini saqlagan holda shaklni o’zgartirish; d) Berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi. 10-AMALIY MASHG’ULOT Keys- stadi. Ona tili darslarini samaradorligini oshirishda darslarni rejalashtirish muhim ahamiyatga ega.Yillik o‘quv taqvimiy-mavzu rejalarni tuzish, shu asosda darslarga tayyorgarlik ko‘rish va dars ishlanmalarini tayyorlash.Dars taqvimi va texnologik xaritani yaratish.O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati va dars jarayonining to‘g‘ri loyihalashtirilish usullarini qo‘llash.Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to`g’ri belgilash.Dars konspekti o‘qituvchining asosiy ish hujjati sifatida. Savol: O`quvchilar darslarni rejalashtirishni qachondan boshlaydi? Savol: O`quvchi bilimini o`shirishda rejalashtirishni ahamiyati qanday? O‘qituvch darssamaradorligini o‘shirish ichunrejalashtirishni yillik o‘quv taqvimiy-mavzu rejalarni tuzish, shu asosda darslarga tayyorgarlik ko‘rish va dars ishlanmalarini tayyorlash.Dars taqvimi va texnologik xaritani yaratish.O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati va dars jarayonining to‘g‘ri loyihalashtirilish usullarini qo‘llash.Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to`g’ri belgilash.Dars konspektini tuzish kabi ishlar orqali amalga oshiradi.
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling