Amaliy mashg’ulot N8. Ekspluatatsiya qilinayotgan metal oraliq qurilmalarning asosiy nuqson va shikastlanishlarini aniqlash


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1435016
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot N8



Amaliy mashg’ulot N8. Ekspluatatsiya qilinayotgan metal oraliq 
qurilmalarning asosiy nuqson va shikastlanishlarini aniqlash. 
Metall oraliq qurilmalarning eng ko‘p tarqalgan asosiy shikastlanishlari 
quyidagilar hisoblanadi: korroziya, parchin mixli va boltli birikmalarning buzilishi, 
charchoq va mexanik shikastlanishlar.



Korrozion shikastlanishlar. Korrozion shikastlanishlarning rivojlanish darajasi 
metall sifati, ko‘priklar oraliq qurilmalarining antikorrozion qoplamasi va joriy 
saqlashga bog‘liq. 
Metall korroziyasi metallning atrof muhit bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirida sodir 
bo‘ladi, hamda yuzasida sodir bo‘ladigan galvanik elementlarining uzaro ta’siri 
mahsuli hisoblanadi. Po‘lat ko‘priklar uchun elektr kimyoviy korroziyaning 
rivojlanishi ko‘proq xarakterli. 
Korroziyaga uchragan metall ko‘priklar elementlari texnik holatini diagnostika 
qilish jarayonida, qoidaga ko‘ra, dastlab korroziya turi aniqlanadi. Bu elementlar 
ko‘taruvchanlik xususiyati va yuk ko‘taruvchanligiga korrozion shikastlanishlarning 
ta’sirini aniqroq topish, hamda ko‘proq asoslangan ta’mirlash-tiklash chora-
tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Metall ko‘priklarning korrozion 
shikastlanishlari korroziyaning har xil turlariga bo‘linadi (rasm).
Ekspluatatsiya 
jarayonida 
metall 
oraliq 
qurilmalarda 
ko‘rsatilgan 
korroziyalarning to‘la kompleksi sodir bo‘ladi (rasmlar). Korrozion shikastlanishlar 
elementlarning ko‘ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, yuk ko‘taruvchanligi va 
uzoqqa chidamliligini kamaytiradi. Korroziyaning rivojlanish tezligi metallning 
kimyoviy tarkibi, muhitning tajovuzkorlik turi, namligi, harorati, antikorrozion 
himoyasi, kuchlanganlik holatlariga bog‘liq. 


Mahalliykorroziya 
 
Lokal (ma’lumbirjoy) (pitting) 
korroziya 
 
 
 
Oraliqqurilmaningyaralikorroziy 
Oraliqqurilmaningyalpikorroziyasi 
Korroziyaga ko‘proq butun devorli oraliq qurilmalar bosh to‘sinning ustki 
belbog‘lari va shaparakli bosh fermali qatnov qismi ayniqsa ko‘prik brusining 
tayanish joylarida, hamda ko‘p darajada ifloslanishga uchragan element va 
tugunlarda duchor bo‘ladi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling