Amaliy mashg’ulot N8. Ekspluatatsiya qilinayotgan metal oraliq qurilmalarning asosiy nuqson va shikastlanishlarini aniqlash
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulot N8
Amaliy mashg’ulot N8. Ekspluatatsiya qilinayotgan metal oraliq qurilmalarning asosiy nuqson va shikastlanishlarini aniqlash. Metall oraliq qurilmalarning eng ko‘p tarqalgan asosiy shikastlanishlari quyidagilar hisoblanadi: korroziya, parchin mixli va boltli birikmalarning buzilishi, charchoq va mexanik shikastlanishlar. Korrozion shikastlanishlar. Korrozion shikastlanishlarning rivojlanish darajasi metall sifati, ko‘priklar oraliq qurilmalarining antikorrozion qoplamasi va joriy saqlashga bog‘liq. Metall korroziyasi metallning atrof muhit bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirida sodir bo‘ladi, hamda yuzasida sodir bo‘ladigan galvanik elementlarining uzaro ta’siri mahsuli hisoblanadi. Po‘lat ko‘priklar uchun elektr kimyoviy korroziyaning rivojlanishi ko‘proq xarakterli. Korroziyaga uchragan metall ko‘priklar elementlari texnik holatini diagnostika qilish jarayonida, qoidaga ko‘ra, dastlab korroziya turi aniqlanadi. Bu elementlar ko‘taruvchanlik xususiyati va yuk ko‘taruvchanligiga korrozion shikastlanishlarning ta’sirini aniqroq topish, hamda ko‘proq asoslangan ta’mirlash-tiklash chora- tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Metall ko‘priklarning korrozion shikastlanishlari korroziyaning har xil turlariga bo‘linadi (rasm). Ekspluatatsiya jarayonida metall oraliq qurilmalarda ko‘rsatilgan korroziyalarning to‘la kompleksi sodir bo‘ladi (rasmlar). Korrozion shikastlanishlar elementlarning ko‘ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, yuk ko‘taruvchanligi va uzoqqa chidamliligini kamaytiradi. Korroziyaning rivojlanish tezligi metallning kimyoviy tarkibi, muhitning tajovuzkorlik turi, namligi, harorati, antikorrozion himoyasi, kuchlanganlik holatlariga bog‘liq. Mahalliykorroziya Lokal (ma’lumbirjoy) (pitting) korroziya Oraliqqurilmaningyaralikorroziy Oraliqqurilmaningyalpikorroziyasi Korroziyaga ko‘proq butun devorli oraliq qurilmalar bosh to‘sinning ustki belbog‘lari va shaparakli bosh fermali qatnov qismi ayniqsa ko‘prik brusining tayanish joylarida, hamda ko‘p darajada ifloslanishga uchragan element va tugunlarda duchor bo‘ladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling