Amaliy mashg‘ulot О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


Download 81.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi81.1 Kb.
#1831193
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot O\'quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiYENASI MUSTAQIL ISH-конвертирован



Amaliy mashg‘ulot
 
О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash 
Talaba va о‘quvchilarning о‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt 
mos kelavermaydi. О‘sish va rivojlanish tо‘lqinsimon boradi. 
Maktab о‘quvchisi, kollej, litsey talabalarining normal о‘sishi va 
rivojlanishi haqida kо‘pgina son va sifat kо‘rsatkichlarni aniqlab 
sо‘ng aniq xulosaga kelish mumkin. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va 
funksional xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish 
kо‘rsatkichlari 
orasida 
antropometrik 
kо‘rsatkichlar 
(somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy о‘rinni 
egallaydi. 
Somatometrik 
о‘lchamlarga 
bо‘yning 
balandligi,kо‘krak qafasi aylanasi, bosh aylanasi,vazn 
о‘lchovlari kiradi. Somotoskopiya (tashqi kuzatish). Bunday 
tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, 
oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy kо‘rsatkichlar 
hisoblanadi.Fiziometriya,bunda о‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka 
oldi muskullar kuchi о‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish 
ma’lumotlari ma’lum yoshdagi kо‘p odamlarda о‘tkazilib, 
fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib boriladi. 
Bunday jadvallarda о‘rta ma’lumotlar keltirilgan. 
Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta
spirometr, qо‘l dinomometri, spirt, paxta. 

 
Ishning borishi:Somatometriya 
1. Bо‘yning о‘lchami (sm). Bо‘yning balandligi, rostomer-bо‘y 
о‘lchash asbobi yordamida о‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi 
bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari
dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik 
turganda bо‘y rostomer shkalasining chap qismidan 


aniqlanadi.О‘tirgan holda о‘lchanganda tekshiriluvchining 
kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi kerak. О‘tirgan 
holda odamning bо‘yi rostomerning о‘ng tomonidan 
о‘lchanadi. 
2. Kо‘krak qafasi aylanasi. Kо‘krak qafasining aylanasi uchta 
holatda - maksimal nafas olganda, nafas chiqarganda va 
pauzada о‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qо‘llarini yonga 
ochib turadi. Erkaklarda kо‘krak aylanasi о‘lchanganda (sm) 
lenta kurakning pastki uchiga va kо‘krak bezini о‘rtasiga 
qо‘yiladi. Ayollarda kо‘krakning yuqori qismidan aylantirib 
о‘lchanadi. 
3. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib о‘lchanadi. 
4. Vazn tibbiyot tarozisida о‘lchanadi. 

Download 81.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling