Amaliy mashg‘ulot payvandlash generatorlarini o‘rganish


Download 0.81 Mb.
bet1/2
Sana26.04.2020
Hajmi0.81 Mb.
#101609
  1   2
Bog'liq
11-12-Amaliy

AMALIY MASHG‘ULOT

PAYVANDLASH GENERATORLARINI O‘RGANISH

Payvandlash generatorlari (6-rasm) avtonom payvandlash toki manbasi sifatida elektr ta’minotiga payvandlash apparatlarini ulanmaydigan sharoitlarda qo‘llaniladi.

Dizel genertorlar (dizel elektrostansiyalar) asosiy yoki rezerv energota’minlash uchun avtonom manba sifatida keng qo‘llaniladi.

Bu generatorlar boshqalardan volt-amper tavsifi bilan farq qiladi, bunda chiqish tok qiymati qancha katta bo‘lsa chiqish kuchlanishi kichik bo‘ladi. YOyning statik ravon bo‘lishi shartiga ko‘ra generator pasayuvchan tashqi tavsifga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ular oshirilgan yuklama tavsiflari hisobidan qayta ishga tushish rejimi ruxsat etiladi. Payvandlash generatorlari ekonomik bo‘lgani sababli ekspluatatsiya qilish uchun o‘rtacha quvvatligi ham etarlidir.


6-rasm. Payvandlash generatori


Payvandlash generatorini ishlash prinsipi ichki yonuv dvigatel valini aylanish mexanik energiyasini aniq ma’lum kuchlanishli elektr energiyasi tokiga o‘zgarishiga asoslanib payvand yoyini ravon yonishi ta’minlaydi. Payvandlash generatorlarini e’tiborli tomoni shundaki, aylanuvchi yakorini tashqi uzatma orqali xarakatga keltiriladi.

Payvandlash generatorlari qo‘llaniladigan yoqilg‘i turi bo‘yicha tasniflanadi: benzinli va dizelli payvandlash generatori.

Payvandlash generatorlarining tuzilishi va ishlashi. Sanoatnmiz pay- vandlash generatorlarining uch tipini mustaqil va parallel uyg‘otish cho‘lg‘amli, magnitsizlovchi ketma-ket cho‘lg‘amli hamda qutblari ajratilgan xillarini ishlab chiqarmoqda.

Mustaqil uyg‘otish cho‘lg‘amli va magnitsizlovchi ketma-ket cho‘lg‘amli gene ratorlar (rasm) asosan bir-biridan quvvati hamda konstruktiv tuzilishi

Bilan farq qiladi.

PSO-120, PSO-300A, PSO-5OO, PSO-800, PS-1000, ASO-2000 payvandlash o‘zgartgichlarida qo‘llanadi.



Generator sxemasida a) ikkita uyg‘otish cho‘lg‘ami: turli qutblarda joylashgan mustaqil N hamda ketma-ket S cho‘lg‘amlar ko‘rsatilgan. Mustakil cho‘l­g‘am zanjiriga RT reostati ulangan. Ketma-ket cho‘lg‘amdan katta tok o‘tgani uchun u katta kesmli shinadan tayyorlangan. Uning o‘ramlari bir qismidan


a — prinspial elektr sxema.6 — tashqn xarakteristikasi.

kavsharlangan sim (pereklyuchatel P ga) chiqarilgan.

Ketma-ket cho‘lg‘amning magnit oqimi mustaqil uyg‘otish cho‘lgami hosil qilgan magnit oqimiga qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Bu oqimlarning o‘zaro ta’siri natijasida natijalonchi oqim vujudga keladi. Salt ishlaganda ketma-ket cho‘l- g‘am ishlamaydi.

Generatorning salt ishlash kuchlanishi uyg‘otshi cho‘lg‘amidagi tok bilan aniqlanadi. Bu kuchlanishni magnitlovchi cho‘lg‘am zanjiridagi tok katta­ligini reostat RT bilan o‘zgartirib rostlash mumkin.

Ketma-ket ulangan cho‘lg‘amda nagruz­ka bo‘lganida karama-qarshi yo‘nalishda magnit oqimi hosil qiladigan payvand­lash toki vujudga keladi. Payvandlash toki ortishi bilan qarama-qarshi ta’sir etuvchi magnit oqimi ortadi, ish ku chlanishi esa kamayadi. SHunday qilib, generatorning pasayuvchi tashqi xarakte­ristikasi hosil bo‘ladi .

Tashqi xarakteristikalar mustaqil uyg‘otish cho‘lg‘amidagi tokni rostlash bilan hamda magnitsizlovchi cho‘lg‘am uramlar sonini almashlab ulash bilan o‘zgartirilishi mumkin.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling