Amaliy mashg’ulot rejasi
Download 364.13 Kb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyoriy sug’urta
Majburiy sug’urtada davlat tashabbuskor bo’lib chiqadi. Sug’urtachi va sug’urtalanuvchi
qayta bitim talab qilinmaydi. Ammo har bir ishtirokchiga majburiylik printsipi amal qiladi, ya’ni sug’urtalanuvchi sug’urta badali to’lashi shart. Sug’urtachi esa ko’zda tutilgan sug’urta holatlarida ko’rilgan zararni to’lashi lozim. (Misol uchun havo, temiryo’l, dengiz, avtomobil transportlarida baxtsiz hodisalardan yo’lovchilar shaxsiy sug’urtasi majburiydir. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga majburlar, Davlat soliq xizmati xodimlari, militsiya va yong’in xizmati xodimlari, bojxona organlari mansabdor shaxslariga davlat shaxsiy sug’urtasi majburiy; alohida xavfli sharoitda ishlovchi korxonalar xodimlariga ham sug’urtalash majburiy; fuqarolarga tegishli mulk (uy, garaj, bog’cha uylari) sug’urtalanishi majburiydir; ekologik sug’urta majburiy; radiatsiya zarari tavakkalchiligi va boshqalardan davlat shaxsiy sug’urtasi majburiy). Majburiy sug’urta bir qator printsip (tamoyil) larga asoslanadi. Majburiylik printsipida sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida qayta bitim talab qilinmaydi, chunki majburiy sug’urta qonun bilan belgilanadi. Butunlay qamrab oladigan sug’urta printsipi va qonunchilikda ko’rsatilgan ob’ektlar sug’urtalanuvchini majburiy sug’urtaga tegishli hamma ob’ektlarni sug’urtalashini, sug’urtachi esa ularni sug’urtaga qabul qilishini ko’zda tutadi. Ixtiyoriy sug’urta ixtiyoriy ravishda o’tkaziladi. Ya’ni u sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Chunki sug’urta o’tkazishning umumiy shartlari va tartiblarini belgilovchi ixtiyoriy sug’urta tartiblari, sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq sug’urtachi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda qonun bilan sug’urtaning ko’proq umumiy shartlari, sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuziladigan shartnomada kelishib olinadi. Download 364.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling