amaliy mashg’ulot ta energiya manbaiga eg bo’lgan tarmoqlangan o’zgarmas tokli elektr zanjirlariga oid masalalar yechish


Download 31.6 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1271410
Bog'liq
4-mashgulot


4-amaliy mashg’ulot
1 ta energiya manbaiga eg bo’lgan tarmoqlangan o’zgarmas tokli elektr zanjirlariga oid masalalar yechish
4.1. Elektr zanjiri tarmog’i EYuK E=100 V va ichki qarshiligi R0=0.5 Om bo’lgan ta’minot manbaiga ketma-ket ulangan 9.5 Om li qarshiliklardan tarkib topgan. Bu tarmoqning uchlariga A va B nuqtalarga yana 2 ta tarmoq ulangan bo’lib, ulardan biri qarshiliklari 25 Om dan bo’lgan 3 ta ketma-ket ulangan tarkibiy qarshilikdan, ikkinchisi esa 50 Om li qarshilikdan iborat. Elektr zanjiri sxemsini tuzing. Tarmoqlardagi tok kuchlarini, zanjir elementlaridagi kuchlanishlarni, energiya manbai chiqishidagi hamda tugun nuqtalardagi kuchlanishlarni toping. Zanjirni hisoblash to’g’ri bo’lganligini tekshirib ko’rish uchun quvvatlar balansi tenglamasini tuzing.
4.2. Rasmda tasvirlangan zanjirda Rp reostat qarshiligini o’zgartirib tok kuchini 0.25 dan 2 A gacha bo’lgan oraliqda boshqarish mumkin. Zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun ko’p chegarali ampermetrdan foydalaniladi. Ampermetr o’lchash mexanizmining nominal toki In=0.5 A, qarshiligi esa Rn=1 Om. Shu ampermetr yordamida 0.75, 1.5 va 2.5 A toklarni o’lchashni ta’minlab beruvchi shuntlar qarshiliklari Rsh ni toping.

4.3. Rasmda tasvirlangan zanjirda Rp reostat yordamida tok nazorat qilinganida R qarshilikdagi kuchlanish keng oraliqda o’zgaradi. Uni o’lchash uchun 4.2-masalada foydalanilgan ampermetrdagi kabi shunday mexanizmga ega bo’lgan ko’p chegarali voltmetr ishlatiladi (o’lchash mexanizmining nominal toki In=0.5 A, ichki qarshiligi Rn=1 Om). 75, 150 va 300 V li kuchlanishlarni o’lchashni ta’minlash uchun voltmetrning qo’shimcha qarshiligi Rd qiymatlarini toping.



4.4. Ampermetr-Voltmetr usulida qarshilik o’lchaganida rasmlarda tasvirlangan 2 ta sxemadan foydalaniladi. Bu sxemalarning har birida noaniq qarshilik Rx voltmetr va ampermetr ko’rsatishlari nisbati orqali topiladi. Bu har bir sxemalar yordamida qarshilikni o’lchashning xususiyatlarini ko’rib chiqing va katta va kichik qarshiliklar Rx ni o’lchash uchun qaysi sxema yaxshiroq ekanligini asoslab bering. Har bir sxemadan foydalanib 10 va 100 Om qarshiliklarni o’lchash xatoliklarini aniqlang va har biri uchun o’lchash sxemasini tanlang. Har ikkala sxemada ham qarshiliklari RA=0.5 Om va RV=1000 Om bo’lgan ampermetr va voltmetrlardan foydalaniladi.

4.4.-masalaga oid rasm. Ampermetr-voltmetr usulida qarshilikni o’lchash sxemalari: a) ampermetr o’lchanayotgan qarshilik bor tarmoqdagi tokni o’lchaydi; b) ampermetr zanjirdagi umumiy tokni o’lchaydi

4.5. 3 xildagi U1=10 V, U2=14.5 V, U3=20 V li kuchlanish va I2=15 mA, I4=10 mA, I6=5 mA tokli elektron qurilma zanjirlarini ta’minlovchi Rasm (a)dagi kuchlanish ajratkichining qarshiligi va iste’mol quvvatini aniqlang. Ta’minot manbai kuchlanishi U=U3=20 V ni ishchi va bo’sh rejimlar uchun bir xilda deb qabul qiling.



4.5-masalalaga doir. Kuchlanish ajratkichning sxemasi: a) iste’molchilar ulangan ishchi rejimda; b) bo’sh rejimda
4.6. Rasmda tasvirlangan ko’prik zanjiridagi barcha toklarni aniqlang. E=63 V, R0=0.5 Om, R1=30 Om, R2=20 Om, R3= 25 Om, R4=15 Om, R5=10 Om.



4.7. Rasmda tasvirlangan zanjirda manba EYuK E=20 V, R1=R2=100 Om, R3=250 Om. Zanjirning barcha qismlaridagi toklar va quvvatlarni aniqlang. Quvvatlar balansi tenglamasini tuzing.

4.8. Rasmda tasvirlangan zanjirdagi R2 qarshilikdagi tok kuchi 1.2 A ga teng. Qarshilikning quyidagi qiymatlari uchun energiya manbai EYuK toping: R1=20 Om, R2=10 Om, R3=7 Om, R4=5 Om, R5=10 Om, R0=0.5 Om.

4.9. Rasmda tasvirlangan zanjirda tok kuchi I qanday o’zgarishi va H3 lampa yoqilganidan keying H1 va H2 yoritkich lampalar yorqinliklarini aniqlang. Bu yerda Rl – liniya simlari qarshiligi.



4.10. Rasmda tasvirlangan zanjir elementlari parametrlari E=120 V, R1=10 Om, R2=40 Om, R3=14 Om, R4=80 Om, R5=50 Om. Zanjirning barcha tarmoqlaridagi toklarni aniqlang.

Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling