Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija
Amaliy mashg’ulоt № 11 Mavzu: Bir o’lchamli massivlar bilan ishlash
Download 0.8 Mb.
|
Amaliy mashgulot sanoq sistema
Amaliy mashg’ulоt № 11Mavzu: Bir o’lchamli massivlar bilan ishlash.MASHG’ULOTNING MAQSADI: C# da massivlar bilan ishlashni o`rgatish. MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari. MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi. MASHG’ULOTNING BОRISHI: a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash. b) Yo’qlama qilish. c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash. g) Yangi mavzuning bayoni: C# da massivlar haqida ma’lumotlar berish. d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish. O’rganganlari ustida mashq qilish. e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish. Amaliy mashg`ulot mavzu bayoni: Bir o‘lchovli massivlardan dasturlashda qolganlariga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Bir o‘lchovli massivlarni turli xil e’lon qilish mumkin: tip[] massiv_nomi; tip[] massiv_nomi = new tip [ o‘lchami ]; tip[] massiv_nomi = { elementlar qiymati-initsializatorlar }; tip[] massiv_nomi = new tip [] { initsializatorlar }; tip[] massiv_nomi = new tip [ o‘lchami ] { initsializatorlar }; Misollar: // 1 elementlar berilmagan, initsializatsiya qilinmagan. Massivdan elementlar initsializatsiya qilinmaguncha foydalanib bo‘lmaydi. int[] a; // 2 Elementlar qiymati 0 ga teng int[] b = new int[4]; // 3 new avtomatik bajariladi va elementlar sonidan kelib chiqib o‘lcham belgilanadi int[] c = { 61, 2, 5, -9 }; // 4 elementlar sonidan kelib chiqib o‘lcham avtomatik ravishda aniqlanadi int[] d = new int[] { 61, 2, 5, -9 }; // 5 massiv foydalanuvchi tomonidan to‘liq yozilgan int[] e = new int[4] { 61, 2, 5, -9 }; 6 ta butun tipli elementlardan tashkil topgan massivning manfiy qiymatli elementlari yig‘indisi, soni va massivning eng katta elementini topish dasturi keltirilgan. using System; namespace ConsoleApplication1 { class Class1 { static void Main() { const int n = 6; int[] a = new int[n] { 3, 12, 5, -9, 8, -4 }; Console.WriteLine( "Joriy massiv:" ); for ( int i = 0; i < n; ++i ) Console.Write( "\t" + a[i] ); Console.WriteLine(); long sum = 0; // manfiy elementlar yig‘indisi int num = 0; // manfiy elementlar soni for ( int i = 0; i < n; ++i ) if ( a[i] < 0 ) { sum += a[i]; ++num; } Console.WriteLine( "Manfiy elementlar yig‘indisi = " + sum ); Console.WriteLine( " Manfiy elementlar soni = " + num ); int max = a[0]; // Eng katta element for ( int i = 1; i < n; ++i ) if ( a[i] > max ) max = a[i]; Console.WriteLine( " Eng katta element = " + max ); } } } Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling