Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija


Amaliy mashg`ulot mavzu bayoni


Download 0.8 Mb.
bet24/56
Sana18.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1680455
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
Amaliy mashgulot sanoq sistema

Amaliy mashg`ulot mavzu bayoni:
Qisqa shartli operator(?:operatori)
Ushbu operator bilan biz avvalgi ma’ruzalarimizda tanishib o‘tgan edik. Ushbu operatorni ternar operator ham deb ataladi. Odatda ternar operatoridan shartga mos ravishda bajariluvchi operatorlar soni bittadan ko‘p bo‘lmaganda foydalanish qulaydir.
Sintaksisi: <shart ? [rost bo‘lsa, operator]:[yolg‘on bo‘lsa, operator]>
Masalan:
int i=10;
Console.WriteLine(i==10 ? “i = 10”:“i <> 10”);
Console.WriteLine(i<20 ? “i < 20”:“i >= 20”);


Shartli konstruktsiyalar
Shartli konstruktsiyalar dasturning ishini muayyan shartlarga qarab yo'llardan biriga yo'naltiradigan ko'plab dasturlash tillarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.
C # tilida quyidagi shartli tuzilmalar qo'llaniladi: if..else va switch..case.


switch-case konstruksiyasi
switch-case konstruksiyasini variant tanlash operatori deb ham atash mumkin. Agar argumentni solishtiriluvchi qiymatlari bir nechta bo‘lsa, ushbu operatordan foydalanish juda qulaydir.
Sintaksisi:
...
switch(argument)
{
case :
[operator(lar)..];
break;
case :
[operator(lar)..];
break;
...
[default: [operator(lar)..]; break;]
}
Bu yerda:
<> - ichidagi element majburiy ekanligini bildiradi;
[] - ichidagi element majburiy emasligini bildiradi;
argument – qiymati tekshiriluvchi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas yoki ifoda;
[operator(lar)..]- shartga mos ravishda bajariluvchi operator(lar);
a1, a2..- tekshiriluvchi shart, ya’ni argument a1(mos ravishda a2 ga, a3 ga va h.) ga teng bo‘lsa;
default – case lar yordamida tekshirilgan birorta shart bajarilmasa, bajarilishi lozim bo‘lgan kodni bildiradi.
break – dastur, konstruksiya ichidagi keyingi qatorlarni bajarishga o‘tib ketib qolmasligini ta’minlash uchun konstruksiyadan chiqib ketish maqsadida ishlatiladi. Ushbu operator o‘rnida goto operatoridan ham foydalanish mumkin.
Ishlash rejimi quyidagicha: switch xizmatchi so‘zidan keyin yozilgan qavs ichidagi ifodani tekshiriladi. Ushbu ifoda qiymati navbatma-navbat case metkasi bilan berilgan qiymatlar(a1, a2 va h.)ga solishtiriladi. Agar ular teng bo‘lsa,shu case bloki ichida yozilgan operator(lar) bajariladi.
Misol:
Console.WriteLine("Y yoki N tugmalaridan birini bosing");
char selection;
selection = Console.ReadKey().KeyChar;
switch (selection)
{
case "Y":
Console.WriteLine("Siz Y tugmasini bosdingiz!");
break;
case "N":
Console.WriteLine("Siz N tugmasini bosdingiz!");
break;
default:
Console.WriteLine("Siz boshqa tugmani bosdingiz!");
break;
}

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling