Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija


Amaliy mashg’ulоt № 11 Mavzu: Bir o’lchamli massivlar bilan ishlash


Download 0.8 Mb.
bet31/56
Sana18.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1680455
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Amaliy mashgulot sanoq sistema

Amaliy mashg’ulоt № 11

Mavzu: Bir o’lchamli massivlar bilan ishlash.


MASHG’ULOTNING MAQSADI: C# da massivlar bilan ishlashni o`rgatish.
MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
MASHG’ULOTNING BОRISHI:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: C# da massivlar haqida ma’lumotlar berish.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish. O’rganganlari ustida mashq qilish.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish.


Amaliy mashg`ulot mavzu bayoni:
Bir o‘lchovli massivlardan dasturlashda qolganlariga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Bir o‘lchovli massivlarni turli xil e’lon qilish mumkin:
tip[] massiv_nomi;
tip[] massiv_nomi = new tip [ o‘lchami ];
tip[] massiv_nomi = { elementlar qiymati-initsializatorlar };
tip[] massiv_nomi = new tip [] { initsializatorlar };
tip[] massiv_nomi = new tip [ o‘lchami ] { initsializatorlar };

Misollar:


// 1 elementlar berilmagan, initsializatsiya qilinmagan. Massivdan elementlar initsializatsiya qilinmaguncha foydalanib bo‘lmaydi.
int[] a;

// 2 Elementlar qiymati 0 ga teng


int[] b = new int[4];

// 3 new avtomatik bajariladi va elementlar sonidan kelib chiqib o‘lcham belgilanadi


int[] c = { 61, 2, 5, -9 };

// 4 elementlar sonidan kelib chiqib o‘lcham avtomatik ravishda aniqlanadi


int[] d = new int[] { 61, 2, 5, -9 };

// 5 massiv foydalanuvchi tomonidan to‘liq yozilgan


int[] e = new int[4] { 61, 2, 5, -9 };
6 ta butun tipli elementlardan tashkil topgan massivning manfiy qiymatli elementlari yig‘indisi, soni va massivning eng katta elementini topish dasturi keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{
static void Main()
{
const int n = 6;
int[] a = new int[n] { 3, 12, 5, -9, 8, -4 };

Console.WriteLine( "Joriy massiv:" );


for ( int i = 0; i < n; ++i )
Console.Write( "\t" + a[i] );
Console.WriteLine();

long sum = 0; // manfiy elementlar yig‘indisi


int num = 0; // manfiy elementlar soni
for ( int i = 0; i < n; ++i )
if ( a[i] < 0 )
{
sum += a[i];
++num;
}
Console.WriteLine( "Manfiy elementlar yig‘indisi = " + sum );
Console.WriteLine( " Manfiy elementlar soni = " + num );
int max = a[0]; // Eng katta element
for ( int i = 1; i < n; ++i )
if ( a[i] > max ) max = a[i];
Console.WriteLine( " Eng katta element = " + max );
}
}
}



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling