Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija
Download 0.8 Mb.
|
Amaliy mashgulot sanoq sistema
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI
- Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.
- Konsolnoye prilojeniye
Amaliy mashg’ulоt № 3.Mavzu: Visual Studio muhitida ishlash. Consoleda kiritish-chiqarish. C# dasturlash tilida chiziqli dasturlarni tuzish.MASHG’ULOTNING MAQSADI: C# da chiziqli dasturlarni tuzishni o`rgatish. MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari. MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi. MASHG’ULOTNING BОRISHI: a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash. b) Yo’qlama qilish. c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash. g) Yangi mavzuning bayoni: Visual Studio muhitida ishlash. Consoleda kiritish-chiqarish. C# dasturlash tilida chiziqli dasturlarni tuzish haqida ma’lumotlar berish. d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.O’rganganlari ustida mashq qilish. e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish. Amaliy mashg`ulot mavzu bayoni: Visual Studio.NET majmuasi o‘zida bir necha dasturlash tillarin mujassamlashtirgan. Visual C# da ilovalar yaratish uchun Visual Studio.NET ishga tushirilgandan so‘ng ekranga chiqqan oynaning yuqori menyusidan Fayl Sozdat Proyekt…buyruqlar ketma-ketligi tanlanadi(1- rasm). 1- rasm Ekranga chiqqan yangi oynaning chap tarafidan Visual C# bandi, o‘ng tarafga chiqqan ro‘yxatdan esa qanday ilova yaratish kerak bo‘lsa shunga mos muhit tanlanadi(2- rasm ). 2- rasm Boshlang‘ich xolda ishlash va tushunish qulay bo‘lishi uchun konsolli ilovalar yaratishni ko‘rib o‘tamiz. Buning uchun o‘ng tarafdagi ro‘yxatdan Konsolnoye prilojeniye ni tanlab, Imya – maydoniga yaratayotgan dasturimiz fayli nomini beramiz, Rapolojeniye - maydoniga ushbu fayl qayerga joylashishi kerakligini ko‘rsatamiz va OK tugmasini bosamiz. Endi Visual C# interfeysi(muhiti)ga qisqacha izoh berib o‘tamiz(3-rasm). Oynaning yuqori qismida (Fayl, Pravka, Vid,Refaktoring, Proyekt...va x.)bosh menyusi va uning ostida qulaylik uchun instrumentlar paneli(toolbars) joylashgan. O‘ng yuqori buchakda joylashgan Obozrevatel resheniy(Solution Explorer) oynasi proyektni boshqarish imkonini beradi. Agar ushbu oyna ishchi oynada yo‘q bo‘lsa, uni Vid menyusining Obozrevatel resheniy bandi orqali chiqarib olinadi. Ushbu oynada proyekt tarkibiga kiruvchi barcha resurslar ro‘yxati aks etadi. Oynaning ostki qismida joylashgan Okno sinfov vkladkasiga o‘tib, proyekt tarkibiga kiruvchi barcha sinflar va uning ajdodlari ro‘yxati ko‘rish mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling