Amaliy mashg‘ulot
Kompozitsion materialdagi komponentlar massasini hisoblash
Download 81.45 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechimi
Kompozitsion materialdagi komponentlar massasini hisoblashAvvalo KM dan tayyorlangan plastinaning kerakli hajmini VKM ( m3) aniqlanadi. VKM = l b h , Bu yerda l, b, h — KM plastinaning uzunligi, kengligi, qalinligi. KM qalinligi sinov standartidan kelib chiqib tanlanadi (h =2-8 mm). Material hajmini bilgan holda uning massasini aniqlanadi: mKM, kg. mKM=pKM* VKM Bu yerda pKM-zichlik KM, kg/m3. Material zichligi pKM (kg/m3) komponentlar nisbatini bilgan holda o‘rtachasi olinadi. pKM =pа*Рa+pс*Pс, Bu yerda ра -armatura zichligi, kg/m3; pc - bog‘lovchi zichligi, kg/m3; Pa, Pc- armatura va bog‘lovchining hajmiy miqdori. To‘ldirish darajasi texnologik jarayonlar uchun massa ulushlarda, hisoblash uchun hajmiy ulushlarda olinadi. Komponentlarning massaviy S va hajmiy R miqdorlari o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi tengliklar orqali ifodalanadi. Bunda material tarkibida g‘ovaklar yo‘q deb hisoblanadi, ya’ni nolga teng. Komponentlarni massasi (g) ularning massa nisbatlaridan topiladi: ma=mKM*Ca, mc=mKM*Cc Bu yerda ma, mc - to‘ldiruvchi va bog‘lovchi massasi, kg; Ca, Cc- to‘ldiruvchi va bog‘lovchining massaviy miqdori. KM tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan to‘ldiruvchi qavatlari soni Na aniqlanadi: Na= ma| m1c Bu yerda ma-armatura massasi,g; m1c=γa-l b-bir qavat armatura massasi, g, hisob yo‘li yoki o‘lchab olish orqali aniqlanadi; γa- armatura materialini yuza zichligi, g/m2. Hisoblashdan keyin texnologik chiqindilar hisobga olinadi, ya’ni 20% bog‘lovchi qo‘shiladi. Boshqa turdagi KM uchun ham xuddi shunday hisob ishlari olib boriladi. Olingan natijalar KM olishning texnologik kartasiga yozib boriladi. Misol. Shisha tolali kompozitning hossalarini hisoblash. Uzluksiz va yo‘naltirilgan shisha tolalar bilan mustahkamlashtirilgan kompozit (c) tarkibi quyidagicha: 69 GPa elastiklik moduliga ega shisha tolasi - 40 hajmiy % (f-faza); poliester smolasi - 60 h.% (qotgandan keyin elastiklik moduli - 3,4 GPa) (m-faza). a) uzunlik bo‘yi kompozitning elastiklik modulini aniqlang; b) ushbu uzunlik bo‘yi kompozitga 50 MPa kuch 250 mm2 yuzaga ta’sir etganda, har bir tola va matritsa fazasiga ta’sir etayotgan kuchlanish hajmini aniqlang; c) b- da keltirilgan kuch kompzitning turli fazalariga ta’sir etish kuchini hisoblang. Yechimi:kompozitning elastiklik moduli quyidagicha hisoblanadi: Ed = (3.4 GPa )(0.6 ) + (69 GPa)( 0.4 ) =29.6 GPa bu masalani yechish uchun tolaga tushgan kuch va matrisa kuchlanishi nisbati hisoblanadi Ff/Fm= (69Gpa)(0,4)/ (3.4 GPa *0.6 ) yani: Ff =13.5 FmDownload 81.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling