Amaliy mashg’ulot Zamonaviy shaharlarda tarnsport ta’minoti. (4 soat)


Download 75.36 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi75.36 Kb.
#184814
  1   2   3
Bog'liq
1-AMALIY MASHGULOT


  1. Amaliy mashg’ulot


Zamonaviy shaharlarda tarnsport ta’minoti. (4 soat).
Shaharda transport tizimi er osti va er usti transport inshootlaridan iborat.Ko‘chalar shaharlarning dastlabki paydo bo‘lishi bilan shakllanib boshlagan.Shaharda transport tizimini tashkillashtirish, shahardagi aholi zichligiga, har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soniga, tarixan shaharning shakllanishida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining qaysi sxema asosida shakllanganligiga bog‘liqdir. Zamonaviy shaharsozlikda transport tizimini mahbul echimini yaratish shaharni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shaharning transport infrastrukturasi, shahar tarkibi faoliyatini ta’minlovchi, bir-biri bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan yagona transport tizimini hosil qiluvchi tashqi va ichki transport tizimi elementlaridan iborat bo‘ladi. Shaharning transport infrastrukturasi quyidagilardan iboratdir:

- aholini shaharning barcha rejaviy tarkiblariga borishini va zaruriy yuklarni tashishni ta’minlovchi ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT);

- ko‘cha-yo‘l tarmog‘idan tashqari (er osti va er usti) dagi transport

tarmog‘i;

- shahar rejaviy tarkibiga bog‘langan tashqi (shaharlararo) transport;

- transport xo‘jaligiga xizmat qiluvchi inshootlar (transportlarni saqlash harakat tarkibini ta’mirlash parklari va depolari, yuklarni qayta ishlash tayanchlari yoki yuk tushirish maydonlari, energetika xo‘jaligi, vokzallar va h.k.).

SHahar ahamiyatidagi magistrallar va tezyurar yo‘llar, shaharga kirish va chiqish qulay holatda tashqi yo‘llar bilan bog‘lanishi kerak. Tashqi yo‘llarning qatnov qismi ikki tomondan obochina bilan chegaralanadi. Obochina yo‘lning qatnov qismi uchun tirgak vazifasini o‘tab, avtomobillarni vaqtinchalik tuxtashi uchun xizmat qiladi. Yo‘lning qatnov qismi va obochina erning polotna deb ataluvchi ko‘tarilgan qismida quriladi.

Avtomobil yo’llari, turli xil hududlarda o’tganda, ular o’zaro yoki temir yo’llar bilan kesishadi. Shuningdek turli xil to’siqlar: jarliklar, daryolar, ko’llar, dengizlar, tog’li hududlar va boshqalar bilan kesishadi. Bunday holatlarda avtomobillarni hech qanday to’sqinliksiz harakatlanishiga: quvurlar, ko’prik inshootlari, tonnellar, galereyalar, balkonlar va tirgak devorlar kabi muhandislik inshootlari barpo etiladi. Quvurlar avtomobil yo’llarini ostidan suvni o’tkazib berish uchun (suv o’tkazuvchi quvurlar), transport vositalarini, piyodalarni, qishloq joylarda esa qora mollarni o’tkazish uchun foydalaniladi. Ular tuproq ko’tarmasi (земленое полотно) o’zida o’rnatiladi. Ko’prik inshootlari jarliklar, suvli to’siqlar, va boshqa qatnov qismlari ustidan yo’lni o’tkazib berishga hizmat qiladi.





Download 75.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling