Amaliy mashg‘uloti – 1 Mavzu: Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i xolatini tahlil qilish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Download 188.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg‘uloti – 1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 584-son 26.07.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 295-son 19.05.2020 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 9 dekabrdagi PF- 5890-son Farmoni va «Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 9 dekabrdagi PQ- 4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 584-son 26.07.2018 AVTOMOBIL YO‘LLARI INFRATUZILMASINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Respublikada oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan va mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga, shaharlar va qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar iqtisodiy aloqalar intensivligini oshirishning va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili sifatida yo‘l-transport infratuzilmasini yanada jadal rivojlantirishni talab qiladi. Bu yo‘nalishda yirik infratuzilma ob’ektlarini qurish, zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, eng muhim tranzit transport yo‘llarini, shu jumladan «Toshkent — Termiz», «Samarqand — Buxoro — Olot», «G‘uzor — Buxoro — Qo‘ng‘irot — Beynau», «Toshkent — CHimyon — CHorvoq dam olish zonasi» transport yo‘llarini kompleks rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Sirg‘ali mavzesini aylanib o‘tadigan yangi yo‘nalish bo‘ylab Toshkent avtomobil halqa yo‘lida to‘liq qatnov ta’minlandi. Toshkent, Nukus, Buxoro shaharlarida murakkab transport chorrahalari, shuningdek yirik aholi punktlarini aylanib o‘tish yo‘llari qurildi. 2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi doirasida 4 ming kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari ta’mirlandi, shuningdek, 265 kilometrli umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qayta qurish ishlari bajarildi. SHu bilan birga, avtomobil yo‘llarini qulay va shinam qilish, yo‘l harakatini axborotlar bilan ta’minlash, yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani xalqaro standartlar talablariga muvofiq rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarga hanuzgacha lozim darajada e’tibor qaratilmayapti. Quyidagilar bunday holatning asosiy sabablari hisoblanadi: birinchidan, avtomobil yo‘llarini qulay va shinam qilish hamda rivojlantirishga doir normativ hujjatlar xalqaro standartlarning zamonaviy talablariga mos kelmaydi. Jumladan, 1970 — 80 yillarda ishlab chiqilgan amaldagi standartlarni yangilash, shu jumladan svetofor bilan tartibga solish, yo‘ldagi to‘siqlarni, yo‘l ustiga chiziqlar tortish va yo‘l belgilarini qo‘llashga doir standartlarni yangilash talab etiladi; ikkinchidan, yo‘l belgilarini ishlab chiqarish va o‘rnatishga doir ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga, yo‘l ustiga nur qaytaruvchi xususiyatga ega zamonaviy texnologiyalar asosidagi bo‘yoqdan, shuningdek, boshqa sifatli materiallardan foydalangan holda o‘chib ketmaydigan chiziqlar tortishga tizimli yondashilmayapti. Respublika avtomobil yo‘llarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 136 mingdan ziyod yangi ko‘rsatkichlar o‘rnatish zarurligi aniqlandi; uchinchidan, avtomobil yo‘llarini, ayniqsa xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarini ko‘rsatkich belgilari bilan, shu jumladan chet tillardagi ko‘rsatkich belgilari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar etarli darajada tashkil etilmagan; to‘rtinchidan, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish sohasida malakali kadrlar etishmaydi, yo‘l harakatini tartibga solish sohasida shu sohaga ixtisoslashgan etakchi xorijiy tashkilotlar bilan tajriba almashishni tashkil etishga doir ishlar tizimli olib borilmayapti. Yo‘l harakatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Download 188.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling