Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, amaliy mashg’ulot materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish


Download 73.29 Kb.
bet1/4
Sana13.03.2023
Hajmi73.29 Kb.
#1266203
  1   2   3   4
Bog'liq
1-амал

1 - amaliy mashg’ulot.
Avtomatlashtirish sohasidagi loyiha ishlarini bajarish tartiblari. Meyoriy, standart va ko’rsatma hujjatlar tarkibi (2 soat)




Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, amaliy mashg’ulot materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

Yangi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to‘xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan bevosita bog‘langandir.


Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo‘llash, ma’naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy siklini shartli tarzda to‘rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash bosqichlari o‘zlashtiriladi.
Bu fanni o‘rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak:

  • meyoriy, standart va ko‘rsatma hujjatlar tarkibi bilan

  • avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan

  • loyihalash uchun zarur bo‘lgan topshiriqlarni tuzish

  • ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari

  • texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash

Bu fanni o‘zlashtirish o‘quv rejasida nazarda tutilgan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan:

  • avtomatik boshqarish nazariyasi

  • sanoat elektronikasi

  • avtomatikaning texnik vositalari

  • metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari

  • soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish.




Download 73.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling