Amaliy mashg’ulotlar. Lokal tarmoq ishini modellashtirish va ip addreslarni foydalangan holda tarmoqlarni qurish Ishni bajarishdan maqsad


Download 483.43 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi483.43 Kb.
#1506545
Bog'liq
amal -11-12


11-12-amaliy mashg’ulotlar.
Lokal tarmoq ishini modellashtirish va IP addreslarni foydalangan holda tarmoqlarni qurish
Ishni bajarishdan maqsad: Operatsion tizim bazasida lokal tarmog‘larni rejalashtirish, loyihalashtirish va sozlash usullarini oʻrganish.
Nazariy qism
Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilishda ikki xil turdagi masalani echish vazifasi turadi:
1. Kompyuterlar orasida fizik bog‘lanishni oʻrnatish.
2. Tarmoqni sozlash.
Kompyuterlar orasida fizik bog‘lanishni oʻrnatish tarmoq adapteri orqali amalga oshiriladi. Fast Ethernet adapterlari bir tezlikli (100 Mbit/s), shuningdek ikkita tezlikli (10 Mbit/s va 100 Mbit/s) qilib ishlab chiqariladi. Ikki tezlikli platalar (ularni odatda «10/100» deb belgilashadi) birmuncha narxi qimmat boʻladi, shunga yarasha ular xech qanday muammosiz xar qanday tarmoqda Ethernet/ Fast Ethernetda ishlashlari mumkin.
Tarmoqni asosan uch xil topologiyasi mavjuddir.
• shina (bus), xamma kompyuterlar bitta aloqa yoʻliga parallel ulangan va axborot xar bir kompyuterdan bir vaqtning oʻzida qolgan kompyuterlarga uzatiladi;
• yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan xamma tashqi kompyutrlar ulanadi, xar bir kompyuter aloxida oʻz aloqa yoʻllaridan foydalanadi;
• xalqa (kolso, zing), xar bir kompyuter xar doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta
oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya’ni xalqasimondir.

Ip addreslarni hostlarga bo’lish
Xamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga boʻlish mumkin:
• oʻralgan juft simli kabel (vitaya para, twisted pair), ular ximoyalangan yaa’ni ekranlashtiriladi (ekranirovannыe, shielded twisted pair, STP) va ximoyalanmagan ya’ni ekranlashtirilmagan (neekranirovannыe, unshielded twisted pair, UTP);
• koaksial kabellar (coaxial cable);
• optik tolali kabellar (optovolokonnыe kabeli, fiber optic).
Oʻralgan juftlik tarmoq qurilmalarining eng kam toʻplamining elementlari quyidagilardan tashkil topgan:
• RJ-45 UTP-razyomli tarmoq adapteri (tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar soniga teng);
• ikki uchida RJ-45 razyomli kabel boʻlagi (ulangan kompyuterlar soniga qarab);
• bitta konsentrator, qancha kompyuterlarni UTP-port JR-45 razyomi orqali birlashtira olsa.
Serverlarga talablar quyidagicha:
• eng tez ishlaydigan protsessor (yoki bir nechta protsessorlar).
• katta xajmdagi operativ xotira.
• katta hajmdagi tezkor qattiq disklar.
video monitorlar, klaviaturalar va sichqonlar serverning majburiy anjomlari hisoblanmaydi, chunki server, odatda, oddiy kompyuter rejimida hech qachon ishlamaydi.

Umumiy lokal tarmoqlar

Korporativ tarmoq
Download 483.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling