Amaliy mashG’ulotlar materiallari 1-Amaliy mashg’ulot mikroskopning tuzilishi. Mikroskop bilan ishlash qoidalari. Ishdan maqsad


Download 247.36 Kb.
bet2/2
Sana18.10.2023
Hajmi247.36 Kb.
#1707986
1   2
Ishni bajarish tartibi: 1. Mikroskopni stol ustida shtativ dastasini o’zingizga qaratib qo’ying. Buyum stolchasi markazidagi teshikcha ustiga kichik ob’ektivni qo’ying. Keyin okulyarga chap ko’z bilan qarang va ko’zguning botiq tomonini yorug’lik manbaiga yo’naltirib, yorug’liknig tekis aks etishini kuzating.
2. Perparat shishasini buyum stolchasiga shunday qo’yingki, tekshirilayotgan ob’ekt okulyarga yoki stolcha markazidagi teshikchaga to’g’ri bo’lsin. So’ngra kichik ob’ektiv yordamida fokus oralig’i to’g’irlanadi. Buning uchun avvalo buyum stolchasiga qarab turib, mikrometrik vint yordamida ob’ektiv qoplag’ich oynasiga tegmaydigan qilib tushiriladi. Keyin okulyar orqali qarab, mikrometrik vintni asta-sekin o’zingiz tomonga buring va tubusni yuqoriga ko’taring. Natijada ob’ektning aksi ko’rina boshlaydi. Keyin mikrometrik vint bilan fokus oralig’ini yanada aniqroq to’g’irlab, ob’ekt ravshanlashtiriladi.
3. Mikroskopning katta ob’ektivida kuzatish uchun tubusni ko’tarmasdan, revolverni burab, zarur bo’lgan ob’ekt qo’yiladi. So’ngra okulyar orqali qarab turib, mikrometrik vint bilan tubus pastga tushiriladi va fokus aniqlashtiriladi.
Nazorat savollari
1. Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan?
2. Mikroskopning optik qismiga nimalar kiradi va vazifasi?
3. Mikroskopning yoritgich qismiga nimalar kiradi va vazifasi?
4. Mikroskopning mexanik qismiga nimalar kiradi va vazifasi?
5. Mikroskop bilan ishlash qoidalari qanday tartibda bo’ladi?
6. Zamonaviy mikroskoplar va ularning avzalliklari nimada?
7. Qanday mikroskop turlarini bilasiz.
8. Interferentsion va faza kontrast mikroskoplar haqida ma’lumot bering.
9. Polyarizatsion va lyuministsent mikroskoplaryordamida nimalar ko’riladi.
10. Qorong’u maydonli va ultrabinafsha mikroskoplarning ishlash printsiplari.
Download 247.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling