Amaliy mashgʻulotlar uchun topshiriqlar, keys stadi, vaziyatli masalalar va testlar
Download 22.46 Kb.
|
1-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-masala. 1.
- 3-masala. 1.
AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR, KEYS STADI, VAZIYATLI MASALALAR VA TESTLAR 1-mavzu. Marketing va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari Topshiriqlar 1-masala. 1. Quyidagi firmalar faoliyati qaysi marketing konsepsiyasiga asoslanadi? a) firma ov, baliq ovi va turizm uchun kiyim-bosh va aslaha-anjomlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Yangi modellar ishlab chiqishni firma bozor talablariga asoslangan holda amalga oshiradi. b) firma sotuvning agressiv shakllariga amal qilgan holda, ushbu bozordagi talabni o‘rganmasdan kanselyariya tovarlari ishlab chiqaradi. 2. Firmada kompleksli marketing joriy etishga xizmat qiladigan 5ta eng muhim omilni sanab bering.
2-masala. 1. Quyidagi firmalar faoliyati qaysi marketing konsepsiyasiga asoslanadi? a) mebel fabrikasi sifati unchalik yuqori bo‘lmagan, arzon mebel ishlab chiqaradi, biroq firma mahsuloti savdo tarmog‘ida keng namoyon qilingan. b) qurilish firmasi shahar markazidagi dang‘illama binolar fasadini ta’mirlash bilan shug‘ullanadi. Ishga faqat shu shaharda istiqomat qiladigan ishchilar yollanadi. 2. Marketing vujudga kelishining iqtisodiy shart-sharoitlarini sanab bering.
3-masala. 1. Quyidagi firmalar faoliyati qaysi marketing konsepsiyasiga asoslanadi? a) kompaniya o‘z tovarlarini muntazam takomillashtirgan holda tele va videoapparatura ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firma menejmenti tovarga talabni emas, balki faqat tovar siyosatini takomillashtirish xaqida o‘ylaydi. b) firma ov, baliq ovi va turizm uchun kiyim-bosh va aslaha-anjomlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Yangi modellar ishlab chiqishni firma bozor talablariga asoslangan holda amalga oshiradi. 2. Sanoat va servis iqtisodiyotini farqlab turadigan asosiy xusussiyatlarni sanab bering.
4-masala. Marketing evolyusiyasi va uning rivojlanishi asosiy bosqichlarini ochib bering Marketing mohiyati va ahamiyatini tavsiflang Marketing rivojlanishiga davrlar bo‘yicha yoyiq tavsif bering Umumlashtiruvchi xulosani ifodalang (jadval/tuzilmaviy-mantiqiysxema/klaster ko‘rinishida taqdim eting). 5-masala. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning rivojlanishi asosiy bosqichlarini tavsiflang Beshta asosiy konseptual yondashuv va ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni ochib bering. Marketing konsepsiyasi rivojlanishida har bir bosqich mazmunini tushuntirib bering. 3. Umumlashtiruvchi xulosani ifodalang (jadval/tuzilmaviy-mantiqiysxema/klaster ko‘rinishida taqdim eting) 6-masala. Marketing «miks» tushunchasi. Marketing asosiy elementlari «Marketing-miks» tushunchasiga ta’rif bering. Marketing asosiy elementlarini tavsiflang. Umumlashtiruvchi xulosani ifodalang (jadval/tuzilmaviy-mantiqiysxema/klaster ko‘rinishida taqdim eting) 7-masala. O‘zbekiston iqtisodiyotida marketingdan foydalanish amaliy tajribasini ochib bering O‘zbekistonda marketingni qo‘llash amaliyoti. Respublikada marketing rivojlanishiga xos bo‘lgan xususiyatlar va qiyinchiliklarni ajratib ko‘rsating Umumlashtiruvchi xulosani ifodalang (jadval/tuzilmaviy-mantiqiy sxema/klaster ko‘rinishida taqdim eting) Download 22.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling