Amaliy mashg’ulotlari mavzulari «Mashina detallari»


Download 157.37 Kb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi157.37 Kb.
#1252822
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Amaliy mashg


Amaliy mashg’ulotlari mavzulari
«Mashina detallari» fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarning asosiy maqsadi talabalarda mashina detallari va qismlarini hisoblash bo’yicha masalalar yechishda ko’nikma hosil qilishga yordam berishdan iborat. Amaliy mashg’ulotlarda talabalar mashina detallari va qismlarini hisoblashda ularning hisobiy sxemalarini qabul qilish, ishchanlik qobiliyatini ta’minlovchi ko’rsatkichlarni hisoblash, uslubiy qo’llanmalar, konstruksiyalar bo’yicha atlas va standartlar bilan ishlash kabi ko’nikmalarga o’rganishadi.
«Mashina detallari» fanida ko’riladigan masalalarning ba’zi bir xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Masalalarda ko’pincha hamma holatlarni hisobga olish qiyin bo’lgani uchun berilgan ma’lumotlar yetarlicha bo’lmaydi. Bunday hollarda yetishmagan ma’lumotni hisoblovchi o’z tajribasiga suyangan holda tanlashi lozim. Bu tajriba konstruksiya qismlari va detallarini hisobiy sxemalarini to’g’ri qabul qilish, ularning ishchanlik qobiliyatini ta’minlovchi ko’rsatkichlarni to’g’ri hisobga olish, yetishmagan ma’lumotlarni tavsiyanomalar, ma’lumotnomalar, grafiklardan tanlashda hamma yoki asosiy holatlarni hisobga olish kabilarni o’z ichiga oladi;
2. Masalalarni yechishda aniq matematik ifodalar bilan birga tuzatuvchi yordamchi koeffisiyentlardan foydalanish zarur bo’ladi. Bu koeffisiyentlarni tanlashda holatlarni to’g’ri hisobga olish, ba’zan esa ularni interpolyasiya yo’li bilan topish zarur bo’ladi;
3. Masalalarni yechishda ular ko’p yechimga ega bo’lish mumkin. Bu yechimlar hisoblovchi tanlagan koeffisiyentlar, hisobiy holatlar, hisobiy sxemalarga bog’liq bo’ladi. Mana shu to’g’ri yechimlar to’plamidan eng maqbulini yoki zarurini toppish hisoblovchining tajribasiga bog’liq. Yuqorida ko’rsatilgan holatlarning hammasi hisoblovchidan ma’lum tajriba talab qiladi.Mana shu tajribani talabalar mustaqil ishlash davrida hosil qilishlari zarur.
Talabani mashina detallari bo’yicha amaliy mashg’ulotlardan mustaqil ishlashga o’rgatishda o’qituvchi tashkiliy va uslubiy yo’l-yo’riqlar bilan talabaga yordam berishi mumkin. Tashkiliy ishlardan ba’zi birlari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1) amaliy mashg’ulotlarda mustaqil ishlash; 2) uyda yechish uchun masalalar berish; 3) uy vazifasi sifatida hisobiy-grafik ishlarini berish; 4) o’tilgan mashg’ulotlar bo’yicha nazorat ish olish; 5) individual mashg’ulotlar tashkil qilish. Bu ko’rsatilgan ish usullari hamma bir xil yoki majburiy bo’lmay, ba’zi o’qituvchilar o’z tajribalariga, talabalarning tayyorgarligiga bog’liq ravishda boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.



Download 157.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling