Amaliy qism Elektron mundarija yaratish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy topshiriq
Amaliy qism Elektron mundarija yaratish Mundarija - bu hujjat sarlavhasi ro’yxatidir. Mundarija yaratishning eng oson usuli - struktura tabaqasi yoki sarlavhalar stilining tanlangan formatlarini qo’llashdir. Buning uchun, matndagi hamma sarlavhalarni topish va unga mos stil bilan belgilash zarur. Keyin, kursorni mundarija qo’yiladigan joyga joylashtirib “Oглавление” tugmasini bosing va menyudan bir nomli bandni tanlang. Ochilgan oynaning (1- rasm) “Oглавление” bandida mundarija parametrlarini sozlang.
Kursorni mundarija o’rnatilishi kerak joyga qo’ying. “Ссылки” menyusidan “Оглавление” bandidan “Автособираемое оглавление” buyrug’uni tanlang.
Natijada, quyidagicha standart elektron mundarija hosil bo’ladi.
3-rasm. “Оглавление” so’zi o’rniga “Mundarija” so’zini yozib, uning formatini to’g’rilaymiz. “Элементы оглавления не найдены” so’rovini mundarija bandlari bilan to’ldirish uchun, kerakli mavzu belgilanib, “Ссылки” menyusidagi “Добавить текст” “Уровен 1” tanlanadi. “Уровен 1” 1-darajali mavzuni bildiradi.
4-расм. Keyin “Элементы оглавления не найдены” so’rovini ustiga kursor qo’yilib “Обновить таблицу” buyrug’i tanlanadi.
5-rasm.
Natijada quyidagicha mundarija hosil bo’ladi. 6-rasm.
Mundarijaga keying mavzularni joylashtirish uchun, keyingi mavzular ham belgilanib, yuqoridagi buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Faqat “Обновить таблицу” buyrug’i berilganda “Обновить целиком” bandi tanlanishi kerak.
7-rasm. Natijada quyidagicha “Elektron mundarija” hosil bo’ladi.
8-rasm. Mundarija va matn formatini to’g’rilab quyamiz. Ikkinchi va undan keyingi darajali mavzular quyidagicha o’rnatiladi. Belgilanadi va “Ссылки” menyusidagi “Добавить текст” “Уровен 2” tanlanadi.
9-rasm. 10-rasm. Uni joylashtirish uchun, “Обновить таблицу” buyrug’i berilganda “Обновить целиком” bandi tanlanishi kerak. Natijada quyidagi ko’rinish paydo bo’ladi.
11-rasm. Ko’p varaqli hujjatlarda “Eletron mundarija” foydalanuvchilarga qulaylik beradi. CTRL tugmasi orqali kerakli mavzuga tezkor utish imkonini beradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling