Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish
Download 1.86 Mb.
|
S-D1-ma\'ruza-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nyu York
7.5. Satrlarni o’qish
Satr ma’lumotni klaviatura orqali, cin ob’yektini qo`llagan holda o`qishi mumkin. Misol sifatida quyidagi kodni ko`rishimiz mumkin: 1 string shahar; 2 cout << "Shaharni kiriting: "; 3 cin >> shahar; // shahar satrini o`qish 4 cout << "Sizning kiritgan satringiz: " << shahar << endl; Uchinchi satrda shahar ga satrli ma’lumot klaviatura orqali o`qiladi. Satrni o`qish uchun bunday yo`l tutish oson. Lekin bu yerda bir muammo bor. Kiritish bo`sh joyli belgi bilan tugaydi. Agar biz Nyu York satrini kiritmoqchi bo`lsak, boshqa bir alternative yo`lni tanlashimiz kerak. C++ string kutubxona faylida getline funksiyasini taqdim qiladi. Uning yozilish sintaksisi quyidagicha: getline(cin, s, belginingDelimitlanishi) Bunda funksiya belgining delimitlanishiga kelganda o`qishni to`xtatadi. Belgini delimitlovchi o`qiladi, ammo satrga yozilmaydi. Uchinchi argument, belginiDelimitlovchi ‘\n’ asl holat qiymati (default value)ga ega. Quyidagi kodda satrni o`qish uchun getline funksiyasidan foydalanilgan: 1 string shahar; 2 cout << "Shaharni kiriting: "; 3 getline(cin, shahar, '\n'); // getline(cin, shahar) bilan bir xil 4 cout << "Siz kiritgan satr: " << shahar << endl; Madomiki, getline funksiyasida uchinchi argumentning asl holat qiymati '\n' gat eng ekan, 3-satrni quyidagi bilan almashtirib yozish mumkin: getline(cin, shahar); // Satrni o`qish 7.1-kodli ro`yxatda foydalanuvchini ikkita shahar nomini kiritishga undovchi va bu shaharlarni alifbo tartibida ekranga chiqaruvchi dastur berilgan. 7.1-kodli ro`yxat. IkkiShahar.cpp 1 #include 2 #include <string> 3 using namespace std; 4 5 int main() 6 { 7 string shahar1, shahar2; 8 cout << "Birinchi shaharni kiriting: "; 9 getline(cin, shahar1); 10 cout << "Ikkinchi shaharni kiriting: "; 11 getline(cin, shahar2); 12 13 cout << "Shaharlarning alifbo tartibida joylashuvi: "; 14 if (shahar1 < shahar2) 15 cout << shahar1 << " " << shahar2 << endl; 16 else 17 cout << shahar2 << " " << shahar1 << endl; 18 19 return 0; 20 }
Har doim, dasturda satr qo`llanilganda string kutubxonasiga murojaat qilish lozim (2-satr). Agar 9-satrni cin >> city1 bilan almashtirsak, shahar1 ga bo`sh joy tashlab satr yoza olmaymi (ya’ni bir nechta so`zdan iborat bo`lgan satrni). O`qilayotgan satrli ma’lumot bir nechta so`zlardan tashkil topgan bo`lsa, uni getline funksiyasi yordamida o`qitish lozim (9-11-satrlar). Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling