Amaliy qism


Download 28.03 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi28.03 Kb.
#1711810
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg 5

Amaliy mashg`ulot №:5. Funksiyalar. Qiymat qaytaradigan va qiymat qaytarmaydigan fitnksiyalar. Funksiya prototiplardan foydalanib, parametrlami qiymat va adresga binoan jo'natishga doir masalalar yechish.


Dastur tuzish jarayonida, uning turli joylarida ma’nosiga ko‘ra bir xil, mustaqil harakterga ega bo‘lgan va yechilayotgan asosiy masalaning biror qismini hal qilishni o‘z bo‘yniga olgan murakkab algoritmdan bir necha marotaba foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, matritsalarni ko‘paytirish, matritsani vektorga ko‘paytirish, Chiziqsiz tenglamani yechish, Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish, faktorial hisoblash, yig‘indi hisoblash va hokazo kabi masalalarni hal qilish algoritlari juda ham ko‘p masalalarni yechishning bosh algoritmlarida qayta-qayta, turli boshlang‘ich ma’lumotlar bilan qatnashishi mumkin. Bunday hollarda, malakali dasturchi dastur matnini ixchamlashtirish, dasturning ishonchlilik darajasini oshirish, dasturni taxrirlashni tezlashtirish va dasturning umumiyligini (universalligini) ta’minlash uchun protsedura va funksiyalardan kengroq foydalanib, mukammal dastur yaratishga harakat qiladi.
Protsedura va funksiyalar mustaqil dasturli ob’ektlar hisoblanadi. Bu mustaqil dasturli ob’ektni dasturchi o‘z hoxishiga va undan olinadigan natijalariga ko‘ra protsedura yoki funksiya ko‘rinishida aniqlashi mumkin. Odatda olinadigan natija yagona qiymatli bo‘lsa funksiyadan, olinadigan natijalar soni bir nechta bo‘lsa protseduradan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Protseduralar va funksiyalarni aniqlash asosiy funksiyadan oldin bajariladi. Protseduradan dasturda foydalanish uchun uning ismi va faktik parametrlar ro‘yxati yoziladi. Shunda protsedura o‘ziga belgilangan ishni bajarib, o‘zining faktik parametrlari orqali asosiy dasturga o‘z natijasini beradi.
()
{
;
}
Amaliy qism:
1–misol: Ikki sonni qo‘shish uchun funksiya yarating.
#include
using namespace std;
int a,b;
int add()
{
return a+b;
}
int main()
{
a = 5; b = 6; int c = add();
cout << c << endl;
return 0;
}
Yuqorida tuzilgan dasturda global o‘zgaruvchilar uchun qo‘shish funksiyasi yaratilgan, Ya’ni bu funksiya faqatgina shu dasturning global o‘zgaruvchilari a va b lar uchun o‘rinli bo‘ladi. Agar o‘zgaruvchilarning nomlari boshqa nom bilan atalsa unda bu funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydi. Bu funksiyaning ixtiyoriy o‘zgaruvchilar uchun qiymat qaytarishini ta’minlash uchun funksiyani parametrli qilib ye’lon qilishimiz kerak bo‘ldi.

Download 28.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling