Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda


Download 136.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi136.07 Kb.
#1134037
Bog'liq
Amaliy sanʼat - Vikipediya



Amaliy sanʼat
Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda
amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari
(asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va
boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy meh-nat sohalarini oʻz ichiga oladi. Amaliy sanʼat
asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-
yumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni
paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir
etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham
qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish,
unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi
ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan
erishiladi: 1) shakli od-diy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli
chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol
oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning
ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli
shakllar koʻpincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil boʻlayotgan bezak
uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga
aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik,
rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qoʻllaniladi.
Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, toʻr; gilam,
mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uygʻunligi av-valo badiiy buyumning badiiy va
amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum
tuzilishida namoyon boʻladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum koʻlami va xusu-siyati, uning
Ushbu maqolani Bezak sanʼati (https://uz.wikipedia.org/wiki/Bezak_san%CA%BCati)  bilan birlashtirish
taklif etiladi.
Ko‘proq o‘rganish


amaliy va badiiy vazifasi bilan uygʻunlashtirishning zarurligi tas-viriy boʻlaklarni oʻzgarishiga,
talqinda shartlilikka va narsa qismlarini oʻxshatib yaratishga olib keladi.19-asr 2- yarmidan ilmiy
adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh,
metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish,
toʻqish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov be-
rishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin
yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy
xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda boʻlgan uning mod-diy madaniyatini
ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuzaga
kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jugʻrofiy sha-roiti, xalqining mashgʻuloti, etnik va
milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qoʻshni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim
rol oʻynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan
yerlarda jundan mato toʻqish, moʻynadoʻzlik, kigiz bosish, gi-lamchilik va sh.k. rivojlangan,
Amaliy sanʼat asarlarining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan.Oʻzbekiston hududidan
mezolit dav-riga oid qadimgi san’at yodgorliklari to-pilgan. Neolit davri sopol idishlari qoʻlda
yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qoʻl bilan chizib) tu-shirib bezatilgan.
Fargʻona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikka oid jez davri quyma
badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik
handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Fargʻona vodiysi, Surxonda-ryo viloyati oʻtroq dehqon
aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar
bilan bezalgan; Amudaryo boʻyi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tas-virlar
jigarrang, oq za-minga chizil-gan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi
uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yoʻl-yoʻl tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi
Tozabogʻyop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 – 2-asrlar
yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlan-gan (Qovunchi
madaniyati idish dastasi-dagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolcha-yondan topilgan
taqinchoqlardagi boʻrtma tasvirlar). Ilk oʻrta asr (5 – 8-asrlar) amaliy bezak san’ati Sugʻd, Tohari-
ston, Xorazm va Fargʻonadagi davlatlar madaniyati bilan bogʻliq ravishda rivoj-langan. Ganch
oʻymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yogʻoch oʻymakorligi (Sur-xondaryo viloyati)da naqshga
mavzuli mu-jassamotlar aralashtirib berilgan, yassi boʻrtma bezaklar oʻrnini hajmli shakllar
egallagan. Handasiy va us-lublashtirilgan oʻsimliksimon naqsh asoslari yanada
mukammallashtiril-gan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Va-raxsha rasmlarida tasvirlangan rang-
barang kiyimlar shu davrda badiiy toʻqimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo
viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa
manzilgohidan 4 – 6-alarga ovd qadimgi ajoyib kiyimlarning oʻziga xos namunalari topil-gan,
bundan qadimgi fargʻonaliklar kiyi-mi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum boʻladi.
Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Fargʻona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus
pichoq topili-shi Oʻzbekistonda, umuman butun Turki-stonda deyarli bir vaqtda, ya’ni 5 – 6-


asrlarda bu oyoq kiyimning urf boʻlganini koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi, Buxoro, Samarqand,
Xorazm, Toshkent, Surxon-daryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari
boʻlgan. Pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi
sifatida qoʻllanilib kelingan. 6 – 12-asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq
yasash usuli va bezaklarining oʻzgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur
asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 – 17-asrlar) yonga osib yuriladigan pi-choklarning turli
xil namunalari tas-virlangan. 7 – 9-asrlarda toʻqimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan
tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. Oʻsimlik va handasiy naqsh-bezaklariga
boy, jonzodlar tas-viri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi
matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj
bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri
joylashtirilgan.5 – 10-asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi – ostadonlar tayyorlash rivoj
topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va
xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa oʻsimliklar oʻyma, boʻrtma va boshqa
usullarda ishlangan. 6 – 10-asrlardan shisha idishlar koʻplab ishlandi; koʻzacha, qadaxlar,
siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, koʻk, yashil), rangsiz shishalardan
tayyorlanib, boʻrtma, bos-391ma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Koʻplab rang-barang
shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan,
yogʻoch va marmardan panjaralar ishlan-gan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yogʻoch oʻymakorligi
bilan bir qatorda gʻisht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi. 12-asrda me’morlikda oʻyma
terrakota-dan, sirlangan gʻishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin
bilan qoplab, bino ichi ganch oʻymakorligi, boʻyama naqshlar bilan bez-atilgan.Islom dini qaror
topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar
yaratishga intilish kuchaydi. 9 – 10-asrlar me’-moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsi-mon
shakllarning turli koʻrinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi oʻrinda turgan. Girih san’ati
yuksaldi. Rang-li sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand,
Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab,
boʻyab, ustidan sirlash usuli oʻzlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir
qoplangan yoki 2–3 xil rangda sir dogʻlari oqizilgan idishlar ishlangan boʻlsa, 10–11-asrlarda
idishning oq yoki gʻisht rang kizil za-miniga rangli angob bilan aniq naqsh mu-jassamoti
tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qoʻrgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob
idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli
bezakning aniq ish-lanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok
barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslu-blashtirilgan
oʻsimliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tu-shirilgan: yashil, yorqin havorang
sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham koʻp ishlangan.
12-asrdan koshindan noziq yupqa idishlar koʻplab ishlana boshlandi.Badiiy metall buyumlar
oʻrta asr uslu-bida yaratilgan. Idishlar (koʻza, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan


yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan oʻsimliksimon
naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va
boshqa usullarda ishlov beril-gan. Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon
(1390) bezaklari, oʻyib naqshlangan eshik (1397), ku-mush qadab nafis ishlangan shamdonlar
oʻsha davr Ax.ning nodir namunalari-dir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha
va koʻzachalar) va badiiy toʻqimachilik rivojlangan. 13 – 14-asrlarda moʻgʻullar istilosi va undan
keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda oʻsimlik va chizma naqshlar bilan bezalgan;
yashil-qora va feruza-havorang boʻyokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki
shaffof sir bilan qoplangan.Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada
ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot
abzallari, idishlar ish-lab chikarilgan. Registon, Shogʻizinda, Oqsaroy kabi yirik me’moriy ansam-
bllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh
va boʻyama naqshlar bilan, 15-asr 2- yarmidan tilla halli boʻrtma "kundal" naqshi bilan
bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, boʻyama naqshlar ish-
langanligi qayd qilingan.Shayboniylar hukmronligi (1500– 1601) va Ashtarxoniylar (1601 –
1753) davrida Oʻzbekiston hududida tinim-siz urushlar boʻlib turgan. Shuning uchun ham badiiy
hunarmandlik poy-taxt – Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda – Samarqand, Toshkent,
Xi-vada toʻplangan, xattotlik, kitobat san’-ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qoʻlyozmalar
yaratish san’ati rivojlangan. 392Ustalar qoʻlyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq oʻsimlik
va handasiy naqshlar bilan toʻldirib bezashgan. Oʻzbekistonning barcha markazlarida ip, ipak,
jun matolar (atlas, zandonachi, bax-mal, boʻz, shohi, olacha, parcha) va tayyor bu-yumlar (roʻmol,
dasturxon, salla, belbogʻ, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18-asrlarda toʻqimachilik
markazlari Buxoro, Margʻilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda
popur (popop) chokli soʻzanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun
zardoʻzi buyumlar tayyorlangan. 18 –19-asrlarda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini
koshin, tosh, ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik
san’ati yuksak darajaga koʻtarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari
vujudga keldi (qarang Qoʻqon kan-dakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak
san’atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.Yozma manbalardan 18-asrda iroqi
doʻppilar koʻplab tiqilgani ma’lum. 19-asr 1- yarmi va oʻrtalariga oid kashtalarda (Buxoro,
Samarqand, Nurota) chaman-zorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda "abr" bezakli matolar toʻqila
boshlangan.Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Fargʻona vodiysida
koʻnchilik qadimdan rivojlangan. Tur-li xil koʻn mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va
boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar
tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan,
ba’-zilari boʻyalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qoʻyib,
popuklar, qoʻngʻiroqchalar qoʻshib tikilib buyumning badiiyligi oshi-rilgan. Ayniqsa qogʻoz-
hujjatlar so-lib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushi-rilib,


hoshiyasiga noziq oʻsimliksimon naqshlar berib bezatilgan.18–19-asrlar zargarlari qadimgi
zargarlik san’ati an’analarini davom etti-rishdi. Yozma manbalarga koʻra 18-asr zar-garlari oltin
va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurollar, ot abzallari, zeb-ziynat
buyumlari ishlagan. 19-asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi
qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari
yaratishgan. Ularga bolgʻalab (zarb berib), hallab oʻyib, boʻrttirib naqsh yasab, bosib (siqib),
qoliplash usullarida ishlov berilgan.19-asr oʻrtalarida Rishton qishlogʻi qu-lollari elga mashhur
boʻldi. Shu davrda Abdujalil, Toʻxta, Abdulla kabi ustalar ishlab oʻziga xos Rishton kulollik
uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga koʻk boʻyoq bilan bezak chizilgan.
Bezak mujassamoti do-ira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi
yirik serbarg gullardan iborat boʻlib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan toʻldirilgan.
Toʻrsimon hoshiya naqshlar orasiga an’anaviy koʻzchalar qoʻyilgan. Rishton buyumlari qatori
Vardonze, Gʻijduvon, Kattaqoʻrgʻon, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari oʻziga xos
shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan.20-asr boshlarida Oʻzbekiston
amaliy bezak san’ati qadimgi an’analarga asoslan-gan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan
boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Fargʻona an’anaviy
toʻqimachilik san’ati oʻrganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yi-rik gulli
matolaridan bino ichini bez-aydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar,
dasturxonlar ish-lab chiqarildi. An’anaviy chitgarlik (A. Abdugʻafurov, K. Qoʻziyev, Gʻ. Qoʻziyev),
gi-lamchilik va palos toʻqish (G. Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini
yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bez-393aklar berish rasm
boʻldi. 19-asr an’analarini kashtachi K. Musajonov, opasin-gil Rajabovalar (Chust "tus" doʻppilari,
Shahrisabz "iroqi"larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Is-moilov va boshqa
davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalash-tirilsa ham qadimgi an’anaviy
usullarda ishlandi. 30- yillar oʻrtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Toshkent toʻqimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Margʻilon shoyi toʻqish
kombinati sun’iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60–70- yillarda Margʻilon "Atlas"
birlashmasi, Naman-gan shoyi toʻqish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida
yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirgʻa va mayda gulli "terma" paloslar (T. Joʻrayev, B.
Mirzayeva, O. Xolmatova), zardoʻzi doʻppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V.
P. Stolya-rov), soʻzana, palak, gulkoʻrpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an’-anaviy
sopol ushpulaklar (U. Joʻraqulov, H. Rahimova) qatori begʻubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar
(A. Muxtorov) yara-tildi.Ac. soʻnggi 80 – 90- yillar ichida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda
rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini oʻz ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar,
badiiy ma-tolar) va mahalliy (sopol, yogʻoch buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardoʻzlik va
boshqalar) sanoatni oʻz ichiga olgan badiiy sanoat; koʻrgazma, interer va manzara-li kulollik
buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san’atida an’anaviy boʻlmagan buyumlar
yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bogʻliq malakali yakka tartib-dagi mualliflik bezak san’ati.Xalq


A.S.ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta ti-klash va taraqkiy ettirishda "Us to"
birlashmasi (1978) muhim rol oʻynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yogʻoch va ganch oʻymakorligi,
naqqoshlik, zargarlik san’ati, zardoʻzlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy
toʻqimachilik, nosqovoq, toʻqima roʻzgʻor buyumlari, chinni, shisha buyumlar tay-yorlash va
boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch oʻymakorligini me’moriy bez-aklarda qoʻllash
bu toʻrning barcha makta-blari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab
an’analarini uygʻunlashtirib, oʻta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mu-jassamotiga
kiritmoqda. Badiiy hayotda roʻy berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy
an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy boʻlmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak
san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy toʻqimachilik, chinni, shisha, kulollik bu-yumlari koʻrgazmalarda
tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish
vosi-tasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy boʻlmagan kulollik, gobelen tayyorlash
rivojlanmoqda, ustalarning ishlari koʻrgazmalarda namoyish etilmoqda. 70-yillardan kulollik
asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar doʻstligi
saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metro-politeni bekatlari va boshqa Oʻzbekiston
respublikasi mustaqilligi As.ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san’atlar
maktablarining noyob an’analarini avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, millim tasviriy, ama-
liy, miniatyura san’atining nodir dur-donalarini dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, nafis
san’atlar sohasidagi il-miy izlanishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, zamon talablariga mos
badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy
tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi
(1997-yil 23-yanvar qarori). "Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy san’atini yanada
rivojlantirishni dav-lat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tad-394birlari toʻgʻrisida"gi (1997-yil
31-mart) qarori milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy
sanʼatning ahamiyatini oshirish, qoʻlda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy
an’analarini va oʻziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan
ma-dad koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an’anaviy Amaliy sanʼatning yangidan
tiklanishi va rivojlanishi har yili Navroʻzda oʻtkaziladigan Amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmasida
namoyon boʻlmoqda. Amaliy sanʼatning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar
oʻrtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼatning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy us-
lublar almashinuvi san’atning boshqa turlari bilan bogʻliq ravishda davom etadi.Akbar
Hakimov.Ismoilov Muhammadqodir
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Amaliy_sanʼat&oldid=2831484
" dan olindi

Download 136.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling