Amaliy topshirig‟i mavzu: “ muzey fondlarini to’plash


Download 249.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi249.92 Kb.
#1182726
Bog'liq
ELYOR MUZEYSHUNOSLIK AMALIY



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
tarix YO„NALISHI 3-kurs tolibi 
xusanov elyor
NING 
MUZEYSHUNOSLIK, ARXIVSHUNOSLIK 
FANIDAN tayyorlagan 
 
AMALIY TOPSHIRIG‟I 
 
MAVZU:
 

MUZEY FONDLARINI
TO’PLASH
” 
 
 
 
 
JIZZAX – 2022
 
 


MUZEY FONDLARINI TO’PLASH. 
Reja: 
1.Muzey fondi tushunchasi. 
2.Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish. 
3.Fond ishlarining asosiy yo’nalishlari. 
4.Muzey ashyolarini o’rganish uslubiyati. 
5.Muzey fondlarini to’ldirish. 
6. Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo’yish. 
Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funktsiyasi 
bajarilishining muvafaqiyatli bo’lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va 
emotsional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog’liq ya’ni 
muzey predmetlarining o’ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarni aks ettirishini 
to’g’ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog’liq. Muzey fondlarini saqlash, 
tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan to’g’ri foydalanish kerak bo’ladi. 
Fondlar orqali o’gmish, bugun va kelajakni bog’lash mumkin. Fond ishlarida boshqa 
yirik davlatlarda bo’lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik uslubiyatlari asosiy o’rinni 
egallaydi. Tarixiylik printsipi orqali muzey ashyolari jamiyatning tarixiy 
rivojlanishining jonsiz guvohi va natijasi sifatida o’rganiladi. Tarixiy
qonuniyatlarga alohida 
e’tibor beriladi. 
Tarix yo’nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy — iqtisodiy 
jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar 
kiradi. 
Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni 
kompleks 
hujjatlashtiradi.1) 
Moddiy. 
2) 
Tasviriy. 
3) 
Yozma. 
4) 
Fonoyozuv,kinofilm.(manbalar) 
Muzey uchun nafaqat semantik informatsiya, balki e’tibor jalb qilish, ya’ni 
attraktiv jihati hamda to’lqinlantira olish (hayajonlantirish) — ya’ni ekspressiv jixati 
ham bo’lishi kerak. 
Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish. 


Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo’lib ularning ijtimoiy 
ahamiyati bir —biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir —biridan 
farqlanadi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo’ladi. Ularning: 
1. — dan muzey ashyosi ekanligiga; 
2. —dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e’tibor beriladi. 
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta ahamiyatga egadir. 
Fond predmetlari o’zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular materiallar 
turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va fonoyozuvlar) 
joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori alohida shaxsga tegishliligi bilan bir —biriga yaqin 
bo’ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informatsiya qimmati (uning sifati,
hajmi) ga ham e’tibor 
beriladi. 
Bir yoki bir necha belgisining o’xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir — biriga 
yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kollektsiyalari deyiladi. Masalan 
ularga o’zbek va g’arbiy Evropa matolari, sharq qurollari, qishloq xo’jalik qurollari va 
boshqalar misol bo’la oladi. Kollektsiyaning muzeyga xosligi uni son va sifatdan 
to’laligiga bog’liq. Kollektsiya shuningdek o’zaro tarixiy jarayonlarning u yoki bu 
jihatini hujjatlashtirishga ham bog’liq. Masalan g’arbiy Evropa matolari va sharq 
qurollari O’zbekistonning chet el bilan olib boradigan aloqalarini aks ettirishi 
kerak. Bir kollektsiyadagi jarayonlar boshqa kollektsiyadagi mazmunni 
to’ldirishi kerak. 
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani echadi. 
Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun ahamiyatini 
ko’rsatadi, alohida muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jihatlarini 
tashkillashtirishda kerak bo’ladi; 
Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi 
jihatlarini o’rganadi. 
Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy — yordam fondiga 
bo’linadi. Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi. 
Muzey fondlari 2 ga bo’linadi: 
5. Muzey ashyolari fondi. 
6. Ilmiy 
— 
yordam 
fondlari. 
Muzey ashyolari fondi: 


Asosiy fond va almashuv fondiga bo’llnadi. 
a) Asosiy 
fond: 
kollektsion 
va 
dublet 
fondiga 
bo’linadi; 
Kollektsion 
fond: 
yirik 
va 
tipik 
predmetlariga 
bo’linadi. 
Dublet fondiga yirik va tipik predmetlar kiradi. 
b) Almashuv fondiga: noyo’nalish predmetlari va ortiqcha 
dublet nusxa fondlari kiradi. Noyo’nalish fondida ham yirik va
tipik predmetlar fondi kiradi O’zaro bir —biriga yaqin 
predmetlar va ularni chuqur o’rganishga maksimal yo’nalish bera
olish, o’rganish, to’ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlari 
strukturasi deyiladi. 
1. Aniq 
asosda bo’linadi. Masalan shisha predmetlarni bir 
vaqtning o’zida ham materiali, ham rangiga qarab bo’lib 
bo’lmaydi. 
2. 
Manbalarni turiga qarab bo’lib bo’lmaydi. 
3. Fondlarga 
bo’lishda 
ular 
bir 
—biridan 
farq 
qilishi 
kerak. 
Misol uchun rasm solingan piyola bir vaqtda ham 
moddiy,
ham tasviriy manbaga kirmasligi kerak. 
4. Misol 
uchun 
qurollar 
sovuq 
va portlovchi qurollarga bo’lib 
uning aniq tiplari bo’linmaydi. 
Moddiy, tasviriy, yozma manbalarga fonoyozuv va kinohujjatlarga qarab 
bo’linadi. 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston muzeylarida to’xtovsiz davom etgan 
yig’uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy — tarixiy, etnografik, zoologik, 
botanika va badiiy xarakterga ega bo’lgan katta miqdordagi asl muzey ashyolari 
to’plandi. Yig’ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun dastavval 
ularni muzey xodimlarining o’zlari o’rganib chiqishlari taqozo qilinadi, chunki 
har bir yodgorlikning haqiqiyligi va ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini 
belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo’lishi lozim. 
Barcha mamlakatlarda bo’lgani singari, O’zbekistonda ham muzey 
fondlarini to’ldirish va ularning ilmiy bo’lishiga katta e’tibor beriladi. 
To’ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo’naltirilgan 
bo’lishida ko’rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali 
ilmiy tekshirishning yagona yo’lidir. Ekspeditsiya — lar to’xtovsiz ravishda yangi 
materiaAlar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga 
ko’tarish qiyin. Kam o’rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy 


mutaxassislarga ega bo’lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga erishadilar. 
Bunday ekspeditsiyalar o’tkazishdan oldin muzey fondlaridagi materiallar 
bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o’rganiladi, boshqa muassasalar: fanlar 
akademiyasi, qo’shni respublikalar akademiyalari ilmiy — tadqiqot institutlariga 
o’xshash obro’li muassasalar bilan zarur koordinatsiyalar amalga oshiriladi. 
Ekspeditsiyalar institut va muzey xodimlarining birgalikda ishtirok etishi uchun 
zarur ko’nikmalarni rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy 
yondoshishni o’rgatadi, o’zaro hamkorlik tajribasini hosil qiladi. Ekspeditsiya - 
yig’uv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo’ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi. 
Bunday ish rejalari ekspozitsiya vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo, fondlar ahvolini 
hisobga olish bilan uzviy bog’liq holda tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u 
bajarishi lozim bo’lgan ishlarning ilmiy rejasini aks ettiruvchi yig’uv ro’yxat — jadvali 
tuziladi. Etnografiya kollektsiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro’yxatdan 
o’tkazilib tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi hamda turmush tarzi bilan uzviy 
bog’liq holda, muayyan vaziyatda o’rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki 
hodisa (turar joy, kiyim - kechak, kasb —kor, oila va boshqalar) dala sharoiti 
jarayonida tarixan o’rganiladi. 
Materialni qat’iy ilmiy asosda tanlash yig’uv —to’plov ishining majburiy shartidir. 
Dala sharoitida eksponat haqida: predmet va uning ayrim qismlari nomlari 
(tayyorlagan odam tilidagi mahalliy nomi), nima uchun tayyorlanganligi va 
foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti singari barcha ma’lumotlar 
to’planadi. Demak, dala sharoitida kollektsiya to’plash ilmiy — tadqiqot ishlari bilan 
chambarchas bog’liqdir. 
Dala sharoitida yig’uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, axborot 
beruvchilar bilan suxbatlar o’tkazish va materialni ekspeditsion lavha, kundalik 
fotosurat sifatida ro’yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki uning joylardagi 
yordamchilari tomonidan to’ldirilgan anketadan yordamchi usul sifatida foydalaniladi. 
Muzey kollektsiyalarini to’plash — ilmiy izlanish samarasidir. Buyumni 
majmuaga qo’yish uchun inventar kitobiga yozish kerak. Ammo oldin uning nimaligini 
aniqlash, mazmunini bilish, xdqiqiyligiga ishonch hosil qilish, unga to’liq nom berish 
lozim. Muzey fondlarida shunday buyumlar borki, ularni aniqlash va o’rganish uchun 
yillab vaqt sarflanadi. Shuning uchun ko’pincha muzey buyumlarini o’rganuvchi 
fanni «buyumshunoslik» deb ataydilar. Buyumni inventar kitobiga yozishdan oldin 
uning muallifini, materiali va texnikasini, mazmuni, ahvoli va qaerdan kelganligini 
bilish lozim. 
Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to’ldirishdir. Bunda buyumlar haqidagi 
ma’lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharhlar beriladi. Namuna uchun bir necha ilmiy 


pasportni keltiramiz. Buyumning nomi - chopon. Inventar nomeri 322, qayd qilish 
kitobi nomeri 3-1. Bo’lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi -34 —yashik. ^ 
Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to’ni, hunarmandchilik maxsuloti. 
Asosi va arqog’i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari va 
englari yo’l — yo’l qizil matodan, yoqalari oq hoshiyali havorang chitdan tikilgan. 
Yoqasining cheti, etaklari va engining uchi binafsharang ipak jiyakdan iborat. Eng 
ichiga ham ana shunday jiyakning parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari va eng qaytarmasi 
binafsharang ipak hamda qora ip bilan baxyalangan. Baxya yirik yirik qavilgan. 
Chopon qo’lda tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipida baxyalangan. 
O’lchami: uzunligi 1,38, engi - 0,72, qaytrmasi - 0,32, etagi - 1,95 sm. 
Saqlanish darajasi: yangi. 
Olingan joyi va vaqti: O’rta Osiyo muzeyi topshirig’iga muvofiq M.F.Gavrilov 
tomonidan tuzilgan predmetlar ro’yxati. To’ldirilgan vaqti: 8.11.31 y. Tuzuvchii: 
M.Bekjonova. 
Buyumning nomi — chinni tovoq. 
Tasviri: shakli tsilindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo’rtgan. Oq fonga rangli 
emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan. Ikki yonida 
ushlagich uchun ikki o’yiq bor. Satxi qovoq hosili yig’ish manzarasini aks ettiruvchi 
bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3, boshqasida 4 dehqon shakli, ular 
ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida zangori shakllar mavjud. Tovoq 
qopqog’ining ustida it shakli va janr manzarasi aks etgan. Ikkinchi tovoq ham huddi 
birinchisiga o’xshaydi, lekin undagi janr manzaralari yaltiroq tasvirda berilgan. 
Har ikkala tovoq ham bir hil hajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik 
diametri 130 mm. 
Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; 
ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari 
(Daouguan 1821-1851 yillar). 
Saqlanish darajasi: yaxshi. 
Olingan jotsi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so’mga sotib olingan. 
Ma’lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko’p yillik shaxsiy kuzatauvlar. 
Eslatma: Evropa bozorlariga chiqariladigan mahsulotlarning xarakterli namunasi. 
To’ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov. 


Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy 
zaminidir. Bu — muzey ekspozitsiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish 
hamda etnografiya, san’atshunoslik, arxeologiya bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar 
uchun izoh xizmatini o’taydi. 
Umuman 
muzey 
fondlarini 
komplektlash 
muzey 
faoliyatining 
asosiy 
ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur’atlarda butun muzey faoliyati 
jarayonida davom etadi. 
Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt — lashga muzeyning funktsiyasi 
bo’lgan sotsial axborotlarni to’plash, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning usuli 
sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial muhitdan turli davrga oid va turli 
maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida 
muzey to’plamiga kiritish yo’li bilan olib boriladi. 
Topib olingan muzey predmetlari muzey to’plamining yadrosini — muzey fondi 
predmetini hosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining fundamentiga aylanadi. Bu 
fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo’ljallab tuziladi. 
Komplektlash 
jarayonida 
predmetlarning 
muzey 
uchun 
qimmati 
aniqlana 
boshlaydi. 
Buning 
uchun 
predmetlarning 
o’z 
axborotlari 
va 
predmet 
amal 
qilgan 
muxitdan 
predmet 
haqida 
olingan 
yordamchi 
axborotlar 
o’rganiladi. 
Bu 
predmetlar, 
yo’ldosh, 
davrdosh 
axborotlar, 
ularning 
hayotiy 
aloqalarini, 
ular 
ortida 
turgan 
insonlarning 
o’zaro 
munosabatlarini 
to’laroq 
ochishga 
yordam 
beradi. 
Masalan, kumush samovar o’zining ko’rinishi bilan uning nima maqsadga 
mo’ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi haqida guvohlik beradi, lekin uning amal qilish 
tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegishli ekanligi haqida maxsus jalb 
qilingan qo’shimcha manbalar ma’lumot beradi. 
Yo’ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo’lishi mumkin (biografik 
ma’lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi mumkin 
(tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida suratga olish); 
yoki olingan materialni o’rganish jarayonida qayd qilinishi mumkin (tanlab olingan 
predmetaing an’anaviy joylashishi haqida xikoya qiluvchi dehqon chaylasi 
intererining maketi). 
Yo’ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti qimmatiga ega 
bo’lmagan predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar fondini to’ldiradi. Yo’ldosh 
axborotlarning bir qismi og’zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, 


guvohlarning, avlodlarning ma’lumoglari va u kechiktirmasdan maxsus 
formadagi xujjatda yozma ravishda qayd qilinadi.) 
Aytilganlardan xulosa qilib muzey fondlarini komplektlashga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri, jamiyat 
rivojini xujjatlashtirish jarayonining muxim .zvenosidir. U o’tmishga va hozirgi kunga 
tegishli bo’lgan haqqoniy predmetlarni ajratib olish, ularni muzey predmetiga, 
davrining hujjatiga, mangu asrashga mo’ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish 
orqali amalga oshiriladi. 

Download 249.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling