Amaliy topshiriq Hurmatli Talabalar!!! Har bir talaba Guruh royxatidan o’ziga tegishli raqam
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy topshiriq 4-k 7-s mat.nazariyasi
8-VARIANT
1. Ikki qo’shni burchaklar ayirmasi 18 0 Shu burchaklardan kattasini toping. 2. Tomonlari 3, 5 va 6 bo’lgan uchburchakning 5 ga teng tomon qarshisidagi burchak kosinusini toping 3. To’rtburchakning bir diogonali uni perimetri 25 va 27 bo’lgan ikkita uchburchakka ajratadi. To’rtburchakning perimetri 32 ga teng bo’lsa, o’tkazilgan diogonali uzunligini toping; 4. Agar ko’pburchakning tomonlari soni 30 ta bo’lsa, diagonallari sonini toping 5. Quyidagi 3x+2y=10 va x-y=0 ikki to’g’ri chiziqlarning kesishish nuqtasi markazi koordinatalar boshida bo’lgan aylana ustida yotadi. Shu aylana uzunligini toping 6. Uchburchakli muntazam prizmaning balandligi 12 ga, asosining yuzi 14 √3 ga teng. Prizma yon yog’ining diagonalini toping 7. Ko’nusning yasovchisi 8 bo’lib, asos tekisligi bilan 0 30 burchak tashkil etadi. Ko’nusning sirtini toping 8. Velosipedchi A qishloqdan B qishloqqa 27 km lik yo’l bilan bordi. Orqaga qaytishda esa, oldingi yo’lga nisbatan 7 km qisqa yo’l bilan keldi. U qaytishda tezligini 2 km soatga kamaytirgan bo’lsa ham borishga nisbatan 12 minut kam vaqt sarfladi. Vilosipedchi A qishloqdan B qishloqqa 27 km yolda qanday tezlik bilan borgan? 9. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlaridan biri ikkinchisidan 14 sm katta va uning diagonali 34 sm ga teng ekani ma’lum bo‘lsa, to‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlarini toping 10. O‘tqazish uchun 600 tup o‘rik va 400 tup olma ko‘chatlari keltirildi. Ular qatorlarga baravardan o’tqazildi. Bunda o‘rik o‘tqazilgan qator olma o‘tqazilgan qatordan 5 ta ko‘p bo‘ldi. O‘rik va olma o‘tqazilgan qatorlar alohida nechtadan bo‘ldi? 9-VARIANT 1. ABC burchakning B uchidan 5 ta nur o’tkazing. Bu nurlar hosil qilgan burchaklarni yozing ABC burchak bilan qo’shib hisoblaganda ular necta. 2. Tomonlari 13, 14 va 15 sm bo’lgan uchburchakning eng katta balandligini toping 3. Tomonlari 16 sm. va 9 sm. bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka tengdosh bo’lgan kvadrat tomonini toping. 4. Qavariq yetiburchakning barcha ichki burchaklarining yig’indisi necha gradus?. 5. Aylanada yotadigan va berilgan kesmaning uchlaridan teng uzoqlikda joylashgan nuqtani yasang 6. Muntazam piramidaning asosi tomoni 7 ga teng bo’lgan oltiburchak. Piramida yon yog’ining balandligi 12 ga teng bo’lsa, yon sirtining yuzini toping 7. Ko’nusning o’q kesimi tomonlari 9, 9, va 16 bo’lgan uchburchak bo’lsa, ko’nusning hajmini toping 8. Shaharlar orasidagi masofa 500 km. Poyezd yo’lning birinchi 200 km ni yo’lning qolgan qismiga nisbatan 10 km soat kam tezlik bilan bosib o’tdi. Agar bu butun yo’lni 5 soat 50 minutda bosib o’tgan bo’lsa, poyezdning boshlang’ich tezligini toping 9. ) 1-sinfdagi 30 ta o’quvchidan 10 o’quvchining har biri bir minutda 35 ta so’z, 15 o’quvchining har biri 30 ta so’z, 5 o’quvchining har biri esa 36 ta so’z o’qiy oladi. Sinfdagi har bir o’quvchi bir minutda o’rtacha necha so’z o’qiy oladi? 10. A punktdan 60 km/soat tezlik bilan yuk mashinasi jo‘nadi. 2 soatdan so‘ng uning ketidan A dan 90 km/soat tezlik bilan engil mashina jo‘nadi. A dan qanday masofada engil mashina yuk mashinasiga etib oladi? Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling