Amaliy topshiriq Hurmatli Talabalar!!! Har bir talaba Guruh royxatidan o’ziga tegishli raqam
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy topshiriq 4-k 7-s mat.nazariyasi
6-VARIANT
1. Uzunligi 32 sm bo’lgan AB kesma 3 bo’lakka bo’lingan bo’lib, ikki chetki bo’laklarining o’rtalari orasidagi masofa 20 sm. O’rtasidagi kesmaning uzunligini toping. 2. Perimetri 48 ga teng bo’lgan uchburchakning har bir tomoni to’rtta teng bo’laklarga bo’lindi. Bo’linish nuqtalari tomonlarga parallel kesmalar bilan tutashtirilgan. Bu kesmalar uzunliklari yig’indisini toping; 3. To’rtburchakning burchaklari kattaligi 1,2,4,5 sonlariga proporsio’nal bo’lsa, 4 soniga proporsio’nal bo’lgan burchagini toping; 4. Ko’pburchakning diagonallari soni 90 ta bo’lsa, tomonlari sonini toping 5. Doiraning yuzi 16π ga teng bo’lsa, doiraga tashqi chizilgan kvadrat yuzini toping 6. Muntazam piramidaning asosi tomoni 7 ga teng bo’lgan oltiburchak. Piramida yon yog’ining balandligi 12 ga teng bo’lsa, yon sirtining yuzini toping 7. Tola sirtining yuzi 48π ga teng silindrning hajmi ko’pi bilan qanchaga teng bo’lishi mumkin 8. Tomonlarining uzunliklari 90 dyum, 26 dyum va 80 dyum bo’lgan uchburchakning yuzi 1008 kvadrat dyumga teng. U holda, tomonlari 90 yard, 26 yard va 80 yard bo’lgan, tomonlari l20 dyum, 39 dyum va 135 dyum bo’lgan uchburchakning yuzini toping. 9. 10 futli devorni qoplashga yetadigan movut 150 dollar turadi. 15 futli devorni qoplash uchun xuddi shunday movutdan necha dolorlik olish kerak? (devorlaming balandligi bir xil). 10. Qishloqdan undan 27 km masofadagi shaharga velosipedchi jo‘nadi. Yo‘lning 1/3 qismini o‘tib, u qishloqqa qaytdi, u yerda yarim soat bo‘ldi va Shundan so‘ng yana shaharga jo‘nadi. Agar velosipedchining tezligi 15 km/soat bo‘lsa, u shaharga yetib borish uchun qancha vaqt sarflagan? 7-VARIANT 1. Umumiy uchga ega bo’lgan AB va AC nurlarning birida n ta 2-sida (n-1) ta nuqta belgilangan . Bir uchi AC nurdagi nuqtalarda, 2- uchi esa AB nurdagi nuqtalarda bo’lgan barcha kesmalar sonini aniqlang. 2. Uchburchak tomonlarining o’rtalarini tutashtirib, perimetri 65 ga teng bo’lgan uchburchak hosil qilindi. Berilgan uchburchakning perimetrini toping; 3. To’rtburchakning uchta ketma-ket tomonlari 2,3va 4ga proporsio‘nal, unga ichki chizilgan aylananing radiusi 1, 2 ga teng bo’lsa, to’rtburchakning yuzini toping. 4. Qavariq 13 burchakning nechta diagonali bor? 5. Radiusi 11 ga va markaziy burchagi 45 °ga teng bo’lgan doiraviy sekto’rning yoyi aylana shaklga keltirilgan. Shu aylananing radiusini toring 6. Prizmaning asosi tomoni 20 sm bo’lgan muntazam oltiburchak, yon yoqlari kvadratlardan iborot. Prizmaning katta diagonalini toping 7. Balandligi 5, yasovchisi 7 bo’lgan ko’nus yon sirtining yoyilmasi hosil qilgan sektor burchagini toping 8. Brigada 12 kunda buyurtmani bajarishi kerak edi. Har kuni normani 254 taga oshirib bajargani tufayli brigada 10 kunda bajaribgina qolmasdan balki normadan 42 ta ortiq detal tayyorladi. Brigada bir kunda qanchadan detal tayyorlagan? 9. Ikkita avtobus bir vaqtda shahardan 72 km masofadagi o’quvchi lageri tomon yo‘lga chiqdi. Birinchi avtobus lagerga ikkinchisiga qaraganda 15 minut oldin etib keldi. Agar avtobuslardan birining tezligi ikkinchisinikiga q araganda 4 km/soat ortiq bo‘lsa, har bir avtobus qanday tezlik bilan yurgan? 10. Bir bo‘lakda 5 m gazlama bor, ikkinchisida shunday gazlamadan 7 m bor. Agar ikkala bo‘lak uchun 168 ming so‘m to‘langan bo‘lsa, har bir bo‘lak qancha turadi? Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling