Amaliy topshiriq
Download 1.17 Mb.
|
AMALIY ISH
Terminal bilan ishlash.
Terminal - bu konsolga taqlid qiladigan grafik dastur.Bunday dasturlar grafik rejimidan chiqmasdan buyruqlarni bajarishga imkon beradi.Terminal konsolga nisbatan qo'shimcha funktsiyaga ega (sichqonchani boshqarish, kontekst menyusi, aylantirish paneli, yorliqlar, bir nechta oynalarni ishga tushirish, asosiy menyu, grafik sozlamalar). Terminalni quyidagicha ishga tushirishingiz mumkin: 1)Asosiy menyu → Qidiruv satriga Terminal so'zini kiritish yoki Ctrl + Alt + T tugmalar birikmasini bosish 2)Приложения → Стандартные → Терминал 3)Asosiy menyu → Ilovalar → Tizim → Terminal Terminal ishga tushirilganda har doim qaysidir katalog nomini ko’rsatadi. Odatda, bu joriy katalog-foydalanuvchining uy katalogidir, lekin, albatta, uni o'zgartirish mumkin. Ayni vaqtda qaysi katalogda ekanligingizni aniqlash juda oddiy, ya’ni terminal taklifnomasiga qarab, har bir satr boshida avtomatik ravishda paydo bo’ladigan belgilarga qarang. Terminal ishga tushirilganda, foydalanuvchining uy papkasi joriy katalogga aylanadi va shuning uchun ~ belgisi joriy foydalanuvchining uy papkasi manzilining sinonimi bo'ladi. Terminalni ishga tushirgandan so'ng, buyruqlar kiritiladigan qator ko'rinadi, masalan: Vladimir @ Zotac-Zbox-Nano: ~ $ Vladimir - foydalanuvchi nomi @ - foydalanuvchi va kompyuter nomi orasidagi ajratuvchi Zotac-Zbox-Nano-kompyuter nomi : - ajratuvchi ~ - buyruq qaysi papkada bajariladi, ~ bu foydalanuvchi papkasi, agar ls buyrug'i ishlatilsa, ushbu papkadagi fayllar ro'yxatini ko’rish mumkin bo’ladi. $ - belgisi oddiy foydalanuvchi huquqlari bilan buyruqni bajarishga taklifnoma (# administrator huquqlariga ega buyruqlarni bajarishga taklifni bildiradi). 23-rasm.Terminal oynasi Terminalda Nusxa ko'chirish / joylashtirish buyruqlari- standart Ctrl+C va Ctrl+V tugmalari ishlamaydi, bularning o'rniga eski Ctrl + Insert va Shift + Insert yoki Shift tugmasini qo’shib: nusxalash uchun Ctrl+Shift+C va Ctrl + Shift + V kombinatsiyalaridan foydalanadi. Ko'pchilik qo'llanmalar va ko'rsatmalarda terminal buyruqlariga duch kelish mumkin. Bu juda ko'p grafik qobiqlarning mavjudligi bilan bog'liq va ularning har biri uchun qandaydir harakatni qanday bajarish kerakligini tushuntirish juda qiyin bo'lishi mumkin. Terminal hamma uchun bitta va hamma qobiqlarda bir xil buyruqlar ishlaydi (albatta, qobiqni o'zini sozlash buyruqlaridan tashqari). Bundan tashqari, sichqoncha bilan nimani, qayerda va qanday bosish kerakligini tushuntirishdan ko'ra, bitta buyruq berishni tushuntirish ancha oson. Ko'pincha ko’p buyruqlar biror joydan ko’chirib olib kelinmasdan qo'lda yozilishi kerak bo’ladi. Bunda Terminalning avtoto'ldirish deb nomlangan ajoyib funktsiyasi yordamga keladi. Misol uchun Terminalga apt-g kiritib,Tab tugmachasi bosilsa, Terminal avtomatik ravishda buyruqni to’ldiradi va apt-get ko’rinishga keltiradi. Terminalda buyruqlarni to'ldirish deyarli hamma joyda ishlaydi va nafaqat buyruqlar uchun, balki ularning argumentlari va fayl nomlari uchun ham. Terminalni ochib, Ctrl + R tugmalar birikmasini bosib, kerakli buyruqni yozilgandan keyin Terminal oldindan yozilgan buyruqlardan avtomatik ravishda mos variantlarni almashtiradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling