Amaliy topshiriq xarakteriga kora Psixodiagnostikmetodlari klassifikasiyasi


Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra


Download 1.23 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1544150
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat

Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra metodikalar:
obyektiv
(sinaluvchi yoki tadqiqotchining xohish-istaklariga va ongiga bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlardan foydalaniladi);
subyektiv
(tadqiqotchi yoki sinaluvchi ongi va istaklariga bog’liq ma’lumotlardan foydalaniladi) bo’ladi.yektiv metodlarni kiritish mumkin.
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish
Bu yo’nalish o’quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanuvchiligini (tarbiyaviy ta’sirlarga berilishi) ni o’rganishdan iboratdir.


Tashkiliy-metodik diagnostika
Pedagoglarning kvalifikasiyasini, ta’lim jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir.


Didaktik diagnostika
Pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (ta’lim jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Bunda talabalarning og’zaki va yozma javoblari hamda ulardagi tipik xatolar, sabablari, ta’lim faoliyatidagi salbiy o’zgarishlar o’rganiladi. Shuningdek, talabalardagi mehnat malaka va ko’nikmalarning rivojlanganlik darajasi hamda ta’lim olishga nisbatan moyillik diagnostika qilinadi.


Ijtimoiy-pedagogik diagnostika
Talabalarning pedagogik qarovsizligi va moslashganlik darajasini o’rganuvchi hamda tarbiyasi og’ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo’nalishdir. Diagnostika pedagoglar tomonidan maktab va o’quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayoni “oila sosiologiyasi va iqtisodi”, “huquq sosiologiyasi”, “dam olish sosiologiyasi”, “iqtisodiy sosiologiya” kabi sohalarda qo’llaniladigan metodikalar va ko’rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi.


Ijtimoiy-psixologik va pedagogik diagnostika
Bu yo’nalish sosiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o’z ichiga qamrab olgan. U talabalar, pedagoglar va ota-onalar guruhlarini o’rganishga; talabalarga ommaviy kommunikasiya vositalarining (radio, televideniye, gazetalar va hokazo) ta’sirini aniqlashga; talabalarning burch va huquqlari hamda o’zaro munosabatlarini yoritishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmuidir.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling