Amaliy va tatbiqiy mazmundagi masalalar kasbiy kompetetnsiyalarni shallantrirish omili sifatida
Download 67.21 Kb.
|
09.03.2023. Tayyor Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar.
AMALIY VA TATBIQIY MAZMUNDAGI MASALALAR - KASBIY KOMPETETNSIYALARNI SHALLANTRIRISH OMILI SIFATIDA Barakayev Murod – p.f.n., professor v.b. (Nizomiy nomidagi TDPU) O’rinov Halimjon – II bosqich tayanch doktorant ( Farg’ona DU) Annotatsiya. Maqola bo’lg’usi matematika o’qituvchilarida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga bag’ishlangan. Unda bo’lg’usi matematika o’qituvchilarida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishda amaliy va tadbiqiy masalalarning o’rni ochib berilgan va unga oid masalalardan namunalar keltirilgan. Tayanch tushunchalar. Kompetentsiya, kasbiy kompetentsiya, masala, amaliy mazmundagi masala, tanbiqiy mazmundagi masala. maktab matematika kursini amaliyotga yo‘naltirgan holda o‘qitishda o‘quvchilarni metodik nuqtai nazardan tayyorlash jarayonida matematikadan nazariy bilimlarni egallaganlik darajasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki, masalani yechish jarayonida, uning shartini o‘rgangan holda matemetik modelini qurishda va masalani yechishda foydalaniladigan matematik bilimlarni qay darajada egallaganligi muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchisi o‘quvchilarni masalalar yechishga o‘rgatish jarayoni bo‘yicha yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab etiladi. Amaliy mazmundagi masala faoliyatning ma’lum bir turi hisoblanib, uni yechishning matematik modellashtirish bosqichini quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq: masala shartidagi matematik bo‘lmagan tushunchalar mazmunini aniqlash; masalani yechish uchun uning matnidan muhim bo‘lgan real narsalarni ajratib ko‘rsatish va ularning xossalarini aniqlash; masala shartidagi obyektlar orasida aloqalar o‘rnatish; masala shartidan tanlab olingan obyektlar va munosabatlar uchun matematik ekvivalentlarni tanlash. [1; 2; 4] Turli manbalardan ma’lum bir turdagi amaliy mazmundagi masalalarni tanlash yoki mustaqil ravishda shunday mazmundagi masalalarni tuzish uchun bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilar yetarli metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bir qatorda ular amaliy mazmundagi masalalar mazmuniga qo‘yiladigan quyidagi talablar haqida tayyorgarlikka ega bo‘lishi [2; 3]. masala matnida aniq amaliy mazmunning mavjudligi; masala matnida matematikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini aks etishi; masala matnining biror amaliy faoliyat sohalari bilan bog‘liq bo‘lishi; talabalar tomonidan masala mazmunidagi matematikaga oid bo‘lmagan materiallarni tushunish imkoniyati; masala mazmuninig ijodiy qiymati va uning tarbiyaviy ta'siri; masalani yechish uchun oldindan ma’lum bo‘lgan matematik bilimlarni qo‘llash kerak bo‘ladigan obyektning xossalarini mavjudligi; masalani yechishning matematik mazmuni va h.k. Amaliy mazmundagi masalalarni tanlash yoki tuzish bo‘yicha talabalarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini quyidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi: Download 67.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling