Amaliyot daftarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
KUNDALIK NAMUNA
__________________________________________________________________
159 TARBIYAVIY TADBIR SENARIYSI 160 “Namuna” “Assalom, Navro‘z!” nomli bayram tadbiri. Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va navro‘z bayramiga oid shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga mahalla vakillari, VEN noziri, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etadilar. Bayram tadbirlaridan aval sinflararo “Bahor taomlari - Navro‘z ko‘rki” nomli tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda barcha sinf o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan bahor taomlarini dasturhonga tortadilar. Hakamlar hayati taomlarni turlariga, sifatiga, mazzasiga dasturxonning bezalishiga ko ‘ra baholaydilar. So‘ng bayram tadbiri namoish etiladi. 1-boshlovchi: Assalomdan boshlaymiz kirish so‘zimiz. O‘zbekiston deya atalur bizning yurtimiz, Ko‘hna Farg‘onaning farzandi o‘zimiz. Kelajagi porloq yurtim senga assalom. 2-boshlovchi Assalom, azizlar, qalbi quyoshlar. Mehringiz nuridan bahramand yoshlar, Biz sizga keltirdik bir oliy iymon, Bir oliy iymonkim otashin salom. Assalomu alaykum, deymiz maktabning go‘zallikda tengi yo‘q, sho‘x va shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib ta’zim aylaymiz aziz va mo‘tabar ustozlarga, maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizga. 1-boshlovchi: Biz O‘zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va ustozlarini kirib kelayotgan navro ‘zi ayyom bilan chinqalbimizdan muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak bo ‘lsin deymiz. Bahmal yopib yillarga, Adir dala qirlarga Gullar olib qo‘llarga Navro‘z keldi azizlar. 2-boshlovchi: Quyosh separ nurlarin Yerga zarrin nurlarin, Erkalatib hurlarin, Navro‘z keldi, azizlar! Bugungi “Assalom, Navro‘z“ deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni maktabimiz rahbari Nabiyev Abdumomin Nazirovichga beramiz. Hozirgi navbatni 9-g sinf o‘quvchisi Tursunova Sevaraning “Orombaxsh” raqsiga beramiz. Hozirgi navbat 9-g sinf o‘quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga Navro‘zoy, Bahoroy va Dehqon bobolarni davraga taklif etamiz. 161 1-boshlovchi: Navro‘z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayoir. Uni hamma bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham sog‘inishgan.Chindan ham ostonamizni hatlay-hatlay deb turgan navro‘zni sog‘indik.Uni har yilgidek o‘zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz. Chunki navro‘z biz sevib va kutib nishonlaydigan bayramlardandir. 2-boshlovchi: Navro‘z yasharish bayrami tabiatning uygo‘nishi bilan bog‘liq bo‘lgan kun. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya ‘niy navro‘z bayrami sifatida sharq xalqlari tomonidan nishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling