Amaliyot davrida talabaning vazifasi
Download 70.26 Kb.
|
Amaliyot davrida talabaning vazifasi-hozir.org
Amaliyot davrida talabaning vazifasi AMALIYOT DAVRIDA TALABANING VAZIFASI Amaliyot dasturiga binoan topshiriqni to’liq bajarish. Korxona va tashkilotlarning ichki mexnat intizomiga rioya qilish. Mexnat muxofazasi qonunlari va texnika (elektr, yong’in, yo’l xarakati) havfsizligiga hamda ishlab chiqarish sanitariya qonun qoidalariga qat’iy itoat qilish. Belgilangan tartib bo’yicha ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalarida texnik va mehnat xavfsizligiga oid tashkillashtirilgan ishlarda ishtirok etish va sinovlardan o’tganligini rasmiylashtirish. Hisobot (o’quv amaliyot) uchun kerakli ma’lumotlar yig’ish. Amaliyot davrida bajarilayotgan ish va uning natijalariga javobgarlikni sezish. Amaliyot dasturida ko’rsatilgan topshiriqlarga yozma shaklda javob tayyorlash, hisobotni topshirish. Korxona va tashkilotlarda amaliyot o’tayotgan talabani ichki mexnat intizomini buzmaslik, buning uchun korxona yoki tashkilot buyrug’i bilan jazolanishi mumkinligini bilish. Izoh: Talaba amaliyot dasturini bajarmasa yoki qoniqarsiz baho olsa, yozgi ta’tilda amaliyot o’tkazish uchun qayta jo’natilishi, ayrim xollarda talabalar safidan chiqarilishi yoki kursda qoldirilishi mumkin. Texnika xavfsizligi yo’riqnomasidan o’tkazish va ro’yxatga olish tartibi: "O’quv guruhi amaliyotga chiqish oldidan ishlab chiqarish raxbari talabalarga texnika havfsizligidan yo’riqnoma o’tadi va guruh jurnaliga rasmiylashtiradi. Talabalar amaliyotni o’tash uchun korxonaga kelgandan so’ng, ularga korxonada texnika havfsizligidan yo’riqnoma beriladi va muhirlangan maxsus jurnalga korxona bo’yicha ma’sul shaxs tomonidan qayd etiladi. Amaliyot boshlanishida talabalarga tegishli tsex va bo’lim boshliqlari tomonidan texnika havfsizligi yo’riqnomasi o’tiladi va ro’yxatga olinadi. Amaliyot davrida ish sharoiti, mehnat usullari yoki ish o’rni o’zgarsa talabalarga albatta o’zgarishlarni hisobga olgan xolda texnika havfsizligidan yo’riqnoma beriladi va ro’yxatga olinadi. Download 70.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling