Amaliyot ishi № tasvirlarning turlari va tasvir fayllar bilan


Download 18.03 Kb.
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi18.03 Kb.
#1697396
1   2   3
Bog'liq
3-amaliyot ishi

HISTEQ – gistogrammani ekvalizatsiyalash (tekislash) operatsiyasini bajarish.
Ushbu yondashuvda tasvir kontrastini oshirish dastlabki tasvir elementlari jadalligi qiymatlarini taqsimlash gistogrammasini o’zgartirish yo’li bilan sodir bo’ladi. Shuningdek gistogrammalar ko’rinishini o’zgartirishga boshqa yondashuvlar ham mavjud.
ADAPTHISTEQ – gistogrammani kontrast-cheklangan soddalashtirilgan tekislanishini bajarish. Bu yerda tasvirlar kontrastini oshirish uslubiyoti tasvirning lokal (mahalliy) atroflari gistogrammalarini tahlili va ekvalizatsiyasiga tayanadi.
IMADJUST, HISTEQ funktsiyalari yordamida tasvirlarga ishlov berish samaradorligini qisqacha tahlilini o’tkazamiz. Ushbu funktsiyalar asosida usullar: IMADJUSTda – tasvir elementlarining yorug’liklar diapazonini o’zgartirish, HISTEQ da – gistogrammani ekvalizatsiyalash yotibdi. Mazkur usullar(funktsiyalar)dan har biri muayyan kamchilikni bartaraf etishga yo’naltirilgan, shuning uchun xatoliklarning bunday turi mavjud bo’lgan bunday klass(sinf)dagi tasvirlarni samarali ishlash uchun qo’llanilishi mumkin.
Gistogramma atamasi ilk bora Pirson tomonidan 1985 yilda foydalanilgan. Gistogramma tanlangan o’zgaruvchilar chastotalari taqsimlanishining grafik ko’rinishi bo’lib xizmat qiladi, unda har bir interval (klass) uchun balandligi klass chastotasiga mutanosib bo’lgan ustun chiziladi. Nimrang tasvirning umumiy gistogrammasini qurish uchun odatda tasvir (gistogrammalar oraliq(interval)lari 1 ga teng) yorug’ligining (jadalligi) 256 ta darajasi ishlatiladi, har bir ustunning balandligi esa – bu tegishli yorug’lik(jadallik)ga ega bo’lgan tasvir piksellarining sonidir.
Berilgan tasvir uchun yorug’likning maksimal va minimal yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan darajalarini hisoblash mumkin, va o’shanda yorug’lik darajalari diapazoni (doirasi) 256 ta darajadan kamroq qilib olinishi mumkin.

Qorong’i uchastkalarda mayda detallar yomon ko’rinadigan va tasvirlarning o’zlari past kontrast bilan tavsiflanadigan tasvirlar kontrastini oshirish maqsadida gistogramma ko’rinishini o’zgartirish usullaridan foydalanadilar. Ushbu usullarning mohiyati dastlabki tasvir yorug’ligini shunday qilib o’zgartirishdan iboratki, yorug’liklarni taqsimlanish gistogrammasi ma’qul shaklga ega bo’lishi kerak.


Odamning ko’z bilan qabul qilishi nuqtai nazaridan maqbuli bo’lib elementlari yoruqliklarni bir tekis taqsimlanishiga ega bo’lgan tasvir xizmat qiladi. Yaxshilangan tasvirni gistogrammani tekislash yo’li bilan, ya’ni ishlangan tasvir yorug’liklarini bir tekisda taqsimlanishiga erishishga intilgan holda oladilar. U.Frey gistogrammaning yaxshilangan tasvir yorug’liklarini taqsimlashning eksponentsial yoki giperbolik shaklini ta’minlagan ko’rinishini o’zgartirish usulini tadqiq qildi. D.Ketcham suriluvchan “lokal” gistogrammani qo’llagan holda, tasvirning ba’zi bir uchastkasi uchun olingan ushbu usulni takomillashtirdi.
Ushbu o’zgartirish past kontrastli detallar uchun ko’z bilan ko’rish sifatini yaxshilash uchun samarali. Shuningdek oldindan berilgan taqsimotli tasvirlarni olishga olib keladigan, gistogramma ko’rinishini o’zgartirishning bir qator ma’lum bo’lgan usullari mavjud.
Gistogrammani o’zgartirishning bayon qilingan usullari global bo’lishi, ya’ni o’zgartirish uchun tasvirning lokal doiralari foydalanilgan bir paytda, barcha tasvir va suriluvchanlari haqidagi ma’lumot foydalanilishi mumkin. Yuqorida ko’rib chiqilgan yondashuvlar tasvirlarni o’zgartirishning gistogrammali usullarini keng klassi(sinfi)ga asos bo’lib xizmat qiladi.
Gistogrammali o’zgartirishlar usullarini yaratishda asosiy bosqich bo’lib tasvir elementlari yorug’liklarini taqsimlash gistogrammasini to’g’ri qurilishi xizmat qiladi. Buning uchun ko’p hollarda ichiga o’rnatilgan IMHIST funktsiyasidan foydalaniladi.
Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling