Amaliyot obyekti boʻlgan subyekt va uning iqtisodiy holati bilan tanishish, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili


Download 45.54 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi45.54 Kb.
#1270472
Bog'liq
Prakticum


Amaliyot obyekti boʻlgan subyekt va uning iqtisodiy holati bilan tanishish, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili
Moliya statistikasi nimani o‘rgatadi va uning o‘rganish obyekti nima? Qanday metodlar yordamida o‘z obyektini o‘rganadi? Moliya statistikasi bilan bog‘liq yuqoridagi ko‘plab savollarga adabiyotlardan aniq va yagona javob topish qiyin. Bunga sabab ko‘pchilik olim va mutaxassislar rejali va bozor iqtisodiyotining farqiga bormasligi hamda statistikaga 1954-yilda berilgan ta’rif – Statistika ijtimoiy fan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy tomonlarini sifat tomonlari bilan birgalikda konkret vaqt va sharoitda o‘rganadi – atrofida aylanishlaridir. Bizning fikrimizcha, yuqoridagi ta’rif statistikaning tub mohiyatini ochib bermagan va hech qachon bermaydi ham. Jahon statistiklari hozirgi paytda “statistika” atamasi to‘g‘risida ingliz tilining Oksford lug‘atidagi izohga qo‘shimcha holda “interpretatsiya” so‘zini kiritish orqali quyidagicha ta’riflaydilar: raqamli ma’lumotlarni to‘plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o‘rganuvchi fandir. Bundan tashqari, hanuzgacha “iqtisodiy nazariya” fanining tadqiqot predmeti, ilmiy izlanishlari va bozor iqtisodiyoti amaliyotda empirik bosqichdan chiqa olmayapti. Shu tufayli ba’zi ilmiy-o‘quv adabiyotlarda “Moliya” fanining predmeti bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya-kredit muassasalarida moliya, kredit-pul resurslari harakatining qonunlari (yig‘ilishi, taqsimlanishi va foydalanishi) yoki ijtimoiy mahsulotni (ayrimlarida milliy daromadni) taqsimlash va qayta taqsimlash unosabatlarini o‘rganishdan iborat deyiladi. Ma’lumki, BMTning milliy hisob-kitoblar tizimining 1993-yilgi tahririda milliy iqtisodiyot ichki iqtisodiyotga va qolgan dunyo iqtisodiyotiga bo‘lingan. O‘z navbatida, ichki iqtisodiyot beshta sektorga: nomoliyaviy korporatsiyalar, davlat muassasalari, uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar va uy xo‘jaligi sektorlariga ajratilgan.
Moliya-kredit muassasalari barcha sektorlarni o‘z ichiga ololmaydi. Bu hol moliya-kredit muassasalariga
kirmaydigan boshqa sektorlar, jumladan nomoliyaviy korporatsiyalar — moliyaviy resurslarni hosil qiladigan sektorning moliyasi e’tibordan chetda qoladi. Bundan tashqari, keyingi paytlarda mavqeyi oshayotgan uy xo‘jaligi moliyasi esa moliya darsliklarida deyarli ko‘rinmaydi va moliya kredit muassasalari tizimiga ham kirmaydi Yuqorida bayon qilinganlarni e’tiborga olgan holda moliyaga shunday ta’rif bersak bo‘ladi: moliya — milliy iqtisodiyot va uning soha, sektor, tarmoq, blok va boshqa agregatlari hamda ularning birlamchi va boshqa bo‘g‘inlarida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarish maqsadida pul mablag‘lari jamg‘armalarini vujudga keltirish, ulardan samarali foydalanish jarayonini o‘z ichiga oladi. Demak, moliya va statistikaga berilgan umumiy ta’riflardan kelib
chiqib, moliya statistikasi nimani o‘rganishi haqidagi savolga javob berishga harakat qilamiz. Moliya statistikasi tor va keng ma’noda tushuniladi. Hozirgi paytgacha moliya statistikasi deganda ayrimlar tor ma’noda Moliya vazirligiga qarashli organlarda bajariladigan statistik ishlarni tushunishadi. Masalan, davlat budjet daromadlari va xarajatlarini tuzish bo‘yicha to‘planadigan ma’lumotlar, uni tuzishda bevosita qatnashish, eng asosiysi, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining bajarilishi va dinamikasining statistik tahlili, budjet defitsiti va kamomadi hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni statistik
baholash va boshqa ishlar moliya statistikasi deyiladi. Ayrim kitob va darsliklarda moliya institutlarida (banklar, sug‘urta va lizing kompaniyalari, fond va valuta bozori organlari va h.k) bajariladigan hisobkitob ishlari moliya statistikasi deb talqin qilinadi. Adabiyot va ko‘pincha mutaxassislarning og‘zaki bahs-munozaralarida korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalari va barqarorligi tahlili ham moliya statistikasi deb tushuniladi. Yuqorida keltirilgan ta’riflar noto‘g‘ri, degan fikrdan yiroq va
jahonning taniqli statistiklarining takliflariga qo‘shilgan holda moliya statistikasining o‘rganish obyekti barcha moliya operatsiya va bitimlari (kengroq moliyaviy loyiha va dasturlar) dir, predmeti deganda esa shu operatsiya va bitimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hamda bitim qatnashchilarining foiz, norma, koeffitsiyent, chegirma va ustama diskont hamda dividend, renta va marja, baho yoki kurs shakllarida hisoblanadigan daromad va xarajatlarini hisoblash, shuningdek, tahlilini o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqacha aytganda, moliya statistikasi qisqa va aniq moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydigan metodlar yig‘indisidir. Moliya statistikasi faqat ommaviy hodisalar bo‘yicha xulosa chiqarib qolmay (ushbu fikrni statistika bo‘yicha chop qilingan adabiyotlarning 90 foizida uchratasiz), balki alohida operatsiya va bitim qatnashchilari bo‘yicha ham xulosa chiqarishi mumkin. Bu tamoyil moliya statistikasini boshqa statistika fanlaridan farqi va ustunligidir. Shunday qilib, darslik muallifi moliya statistikasini keng ma’noda tushunib, uni moliyaviy bozorning ko‘rgan manfaati va zarari nuqtayi nazaridan tahlil qilishda qo‘llanadigan statistik metodlar yig‘indisi deb anglaydi va darslikning barcha bo‘limlarida bu fikr ustuvorlik qiladi. Bu yerdan moliya statistikasi boshqa fanlar bilan bog‘liq emas, degan fikr kelib chiqmasligi kerak, aksincha, u iqtisodiy statistika va milliy hisoblar tizimi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, moliya statistikasining o‘rganish obyektlaridan biri davlat budjetidir. Ma’lumki, budjet daromadlari va ularni qayta taqsimlash yalpi ichki mahsulotning o‘zgarishi sur’atiga ta’sir qiladi, o‘z navbatida, YaIM davlat budjet daromadining asosiy manbayi hisoblanadi. Moliya statistikasi bank-kredit resurslarini, stavkalarini, lizing
summalarini, investitsiyalarning loyihaviy va haqiqiy samaradorligini, fond, sug‘urta, valuta bozoridagi manfaat, yo‘qotish va boshqalarni o‘rganadi. Moliya, kredit, sug‘urta, lizing, investitsiya hamda boshqa organlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotiga oid ma’lumotlar moliyaviy bozorni statistik tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Demak, moliya statistikasi bank ishi, moliya, sug‘urta, buxgalteriya hisobi, audit kabi fanlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy nazariya va statistika nazariyasi fanlari moliya tatistikasining nazariy va metodologik asosi bo‘ladi, chunki moliya bozoridagi qonun va kategoriyalar iqtisodiy nazariyada shakllantirilgandan so‘ng statistika metodlari yordamida miqdoriy o‘rganiladi va o‘lchanadi.

1.2. Moliya statistikasining metodlari va vazifalari. Moliya statistikasi o‘z predmetini o‘rganishda statistikaning umumiy metodlari va o‘zining maxsus metodlaridan foydalanadi. Umumiy metodlar statistika nazariyasi kursida batafsil bayon qilingan (statistik kuzatish, guruhlash, jamlash, statistik jadvallar va grafiklar, mutlaq, nisbiy


o‘rtacha miqdorlarni hisoblash metodlari, variatsiya metodi, dispersion va korrelatsion tahlil qilish, tanlab kuzatish, indeks va dinamik qatorlarni tahlil qilish va boshqa metodlar). Statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, statistika fani va faoliyatining yutuqlarini bayon qilishda 25-35 yil orqada qolganligini e’tiborga olsak, statistikaning zamonaviy (noan’anaviy, bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan) metodlarini ko‘rsatib o‘tish zarurligi anglashiladi. Bu metodlar: senz tadqiqotlari (undan moliya statistikasida ham foydalansa bo‘ladi), biznes tadqiqotlari (juda keng tarqalgan metod), chalasini hisobkitob qilish orqali hisoblash. Statistika faoliyatida YaIMni hisoblashda zarur bo‘lgan ma’lumotlarning qariyb 20 foizi shu usulda olinishini eslatish kifoya. Keyingi paytda jahon statistikasida biznes tadqiqotlari metodi keng qo‘llanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bu ilmiy- maliy ish bilan makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlari institutining ish faolligi va konyunktura bo‘limi 1997-yildan boshlab faol shug‘ullanmoqda. Bunda respublika qayta ishlash sanoati (673 ta korxona) va rangli metallurgiya tarmog‘idan 8 ta korxona qamrab olingan. Biznes tadqiqotda korxonaning moliyaviy ahvoli va ish faolligi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarda kutilayotgan o‘zgarishlar prognoz qilishda, ishlab chiqarish va sotish hajmi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, narxlar, o‘rtacha oylik, sof foyda, investitsiya va boshqa ko‘rsatkichlar tezkor usulda maxsus dastur asosida olinadi, ularga ishlov beriladi va interpretatsiya qilinadi. Statistik tadqiqotning bu usuli “Umumiy bozor”ga kiruvchi barcha mamlakatlar moliya statistikasida ham keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, bu fan moliya hisob-kitoblarini bajarishda turli maxsus metodlardan ham foydalanadi Bu metodlarni bilish ulardan eng samaralisini va aniq holat uchun eng qulayini tanlab olishni ta’minlaydi. Biroq bu metodlarning soni va qaysi vaqtda qo‘llanilishi qanday aniqlanadi? Bu savolga javob berish uchun ularning turlanishiga murojaat qilamiz. Moliyaviy hisob-kitob metodlari turli asoslarda turlanishi mumkin: tayinlanishi, hajmi qo‘llash davri, olinadigan natijalarning aniqligi, mazmuni va hokazo. Biroq bu yerda moliyaviy holatlar (operatsiya va
bitimlar yig‘indisi) turi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Moliyaviy hisob kitoblarda umumiy moliyaviy holatlar bilan bir qatorda aniq voqealar ham tahlil qilinadi. Bu yerda eng dolzarb masala – umumiy yoki aniq holat tahlil qilinishidan qat’iy nazar moliyaviy hisoblash sharoitlari isoblash metodlariga moslashtirilmaydi yoki o‘zgartirilmaydi, balki metodlar moliyaviy sharoitlarga moslashtirilishi kerak. Masalan, investorni, bankirni ishning umumiy natijasi yoki valuta kurslari va aksiyalarning umumiy o‘zgarishi qiziqtirmaydi, ularni investitsiyadan, yangi texnologiyadan, bergan kreditdan olinadigan aniq manfaatdorlik summasi qiziqtiradi. Yana ham aniqroq misol keltirish mumkin. Aksiyani yoki valutani sotuvchi yoki sotib oluvchi operatorlarni aksiyalar yoki valutalarning umumiy kursi emas, o‘zidagi valuta yoki aksiyani sotib olish va sotish kursi qiziqtiradi. Yakka tartibda yondashish tamoyili, ya’ni bitimdagi har bir qatnashchining hissasini aniqlash (har xil tartibda) bu hisoblarni shart sharoitlarni hisobga olish usulida bajarishga olib keladi, ya’ni aktuar hisob-kitoblar bilan shug‘ullanishni talab etadi. Moliyaviy hisoblash metodlarining turlanishi mavjud ma’lumotlarga ham bog‘liq. Bor ma’lumotlarga qarab metodlar qo‘llaniladimi yoki barcha metodlarni qo‘llash uchun maxsus ma’lumotlar to‘planadimi? Bu savolga javob berish oson emas. Ma’lumot bo‘lmasa, metodlarni qo‘llab bo‘lmasligi tushunarli. Shuning uchun ham, bizning davlatimizda boshqa mamlakatlar tajribasidan foydalanib, metodlardan foydalanish va ularni takomillashtirish bilan bir qatorda ma’lumotlar manbayi – hisobotlarning o‘zini ham takomillashtirish zarurati tug‘iladi. Chunki o‘tish davrida yangi-yangi
moliyaviy idoralar, yangi mulk egalarining paydo bo‘lish sharoitida
ularni hujjatlarga asoslangan moliyaviy hisob-kitoblarga o‘rgatish,
tuziladigan yoki amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha har bir bitim
qatnashchisining kutiladigan yoki haqiqiy manfaatini hisoblash yoki
rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliya hisob-kitob metodlarining yana bir (balki eng asosiy) xususiyati qo‘llanadigan ma’lumotlarning xususiy xarakteri, ularning takrorlanmasligi, almashtirib bo‘lmasligidir. Bilamizki, statistik ko‘rsatkichlar (andozali voqealar uchun yoki umumiy statistika fanlarida) ommaviy ma’lumotlar, hech bo‘lmaganda, tanlab kuzatish ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Moliya statistikasida esa alohida olingan kuzatish (bitta moliyaviy operatsiya yoki bitim) ma’lumoti statistik to‘plam sifatida qaraladi. Aynan shu to‘plam bo‘yicha tegishli xulosa chiqarilishi kerak (chiqariladi). Shunday qilib, biz moliyaviy hisoblashda mavhum (umumlashtirilgan) hisoblar bilan emas, moliyaviy manfaatlar mantiqi bo‘yicha ish tutamiz. Lekin bundan moliya statistikasi hodisa va voqealarning sifat tomoniga e’tibor bermas ekan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Aksincha, hisoblashni boshlashdan oldin o‘rganilayotgan har bir korxona va tashkilotning hisob-kitobda ishlatiladigan ko‘rsatkichlari sifat va mazmun jihatidan tahlil qilinadi.

Statistik kuzatish o’tkazilib o’rganilayotgan hodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p va turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to’plangan ma’lumotlarni bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash bilan hal etiladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Ular ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi operativ ma’lumotdir. Statistik svodkalash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi. Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi. Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k. Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi. 3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi. 4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.



Boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalga metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi. Guruhlash metodi statistikada ko’p yillardan (XVIII asr) beri qo’llanib kelinmoqda. Bu metodni qo’llashdan maqsad, to’plam birliklarini qanday bir bo’laklarga bo’lish emas,balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish, undagi mavjud tendentsiya va qonuniyatni baholash, miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlarga, sifat o’zgarishlardan miqdor o’zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir. Guruhlash metodi oldida o’rganilayotgan to’plam birliklarini tiplarga ajratish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni va to’plam tuzilishini o’rganish vazifalari ham turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan foydalanish orqali hal qilinadi. Aholini jinsi bo’yicha guruhlarga ajratish, sinflarga bo’lish, mulkni davlat va shaxsiy mulkka bo’lish va boshqalar tipologik guruhlashga misol bo’la oladi. Bu misollardan ko’rinib turibdiki, o’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari tipologik guruhlash yordamida sifat jihatdan bir xil guruhlarga, ya’ni tiplarga ajratiladi. Analitik guruhlashdan maqsad hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishdir. Masalan, chakana savdo do’konlarida muomala xarajatlari hajmi rentabellik darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun do’konlarni muomala xarajati hajmi bo’yicha guruhlarga ajratib har bir guruh uchun rentabellik darajasini hisoblaymiz. Agarda muomala xarajatlari oshib borishi bilan rentabellik darajasi oshib borsa, ular o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud, aksincha bo’lsa, teskari bog’lanish mavjud bo’ladi. Amaliyotda shunday qiyin va murakkab hodisalar uchraydiki, ularni chuqur o’rganish uchun ikki va undan ortiq belgilar bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Statistikada bunday guruhlash kombinatsion guruhlash metodi deb yuritiladi. Guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisini aniqlab olish muhimdir. Iqtisodiy fanlardagi nazariy holatlar va aniq tekshirishning vazifalariga tayangan holda, guruhlashni amalga oshirishda mavjud belgilardan eng hal qiluvchisi tanlanadi. Hal qiluvchi belgi bo’lib, o’rganilayotgan ob’ektni har tomonlama va aniq xarakterlovchi, uning o’ziga xos holat va xususiyatlarini tanlashda yordam beruvchi belgilarga aytiladi. Masalan, savdo korxonalari turli belgilar, savdo zalining maydoni, xodimlar soni va hokazolar bilan tasniflanishi mumkin. Lekin savdo korxonalari faoliyati (ish hajmi)ni baholashda tovar oboroti hajmi hal qiluvchi belgi hisoblanadi, chunki savdoning asosiy maqsadi tovar sotishdan iboratdir. Shunday qilib, guruhlash belgisini tanlashda, statistika quyidagi shartlarga e’tibor berishni taklif etadi: guruhlar negiziga doimo hodisani to’la-to’kis tavsiflab beruvchi muhim belgilarni asos qilib olish zarur; guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o’sha davrning mohiyatini ifodalovchi, zamonaviy masalalarni yorita oladigan belgilarga e’tibor berish zarur; hodisalarni guruhlashda belgilar soni etarli bo’lgani ma’qul. Guruhlash belgisi ifodalanishiga qarab atributiv va miqdoriy belgilarga, ta’siriga qarab omil va natijaviy belgilarga, ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab muhim va muhim bo’lmagan belgilarga bo’linadi. Guruhlash belgisi to’g’ri tanlangandan so’ng, eng muhim masalalardan biri, to’plam birliklarini guruhlarga ajratishdir. Bu erda guruhlar soni va oralig’i (intervali)ni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. Bu muammo miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlashga tegishlidir, chunki tipologik guruhlashda, odatda, guruhlar soni tekshirishning vazifasi bilan aniqlanadi. Masalan, aholini jinsi bo’yicha guruhlash vazifasi qo’yilsa, bu erda guruhlar soni aniq-ikkita. Banklarni kapital miqdori bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad, ulani katta, o’rtacha va kichik ekanligini aniqlash bo’lsa, guruhlar soni bu erda ham aniq -uchta. Xo’sh guruhlar soni qanday aniqlanadi Tayyor retsept yo’q. Odatda, hodisaning taqsimlanish xarakterini aniqlash uchun guruhlar soni ko’proq olinadi. Bu erda o’rganilayotgan belgining tebranishi (o’zgarishi) e’tiborga olinadi, ya’ni tebranish qancha katta bo’lsa, odatda, guruhlar soni ko’proq bo’ladi. Yana bir narsa. O’rganilayotgan to’plamdagi birliklar soni ham muhimdir. Agarda, ularni soni juda ko’p bo’lmasa, guruhlar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq emas, chunki guruhlarda to’plam birliklari soni kam bo’ladi va ularni ifodasi etarli tipik bo’lmasligi mumkin. Lekin bu qoidani mahkam ushlab olish ham noto’g’ridir. Bizga ma’lumki, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, yangi, ilg’or, zamonaviy hodisalar kamroq bo’ladi (chunki ular hali ommaviy emas, to’g’risini aytish kerak ularga xalq qo’rqibroq yondashadi). Guruhlash metodining vazifasi bu faktlarni ular qanchalik kam sonli bo’lishiga qaramasdan aniqlash vachuqur o’rganishdir.
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri korrelyatsion-regression tahlildir. Ko’pchilikning ta’kidlashicha, korrelyatsionregresion tahlilni qo’llash uchun quyidagi talablarni bajargan ma’qul: o’rganilayotgan to’plam iloji boricha katta bo’lgani yaxshi; o’rtalashtirilayotgan belgi miqdori ob’ektiv bo’lishi kerak; taqsimot qatorlari normal taqsimot qonuniga bo’ysunishi va iloji boricha unga yaqin bo’lishi kerak va h.k. Yana shu ham ma’lumki, korrelyatsion-regression tahlil asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi: omiliy belgi bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlash va aloqadorlik turini belgilash; belgilar o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash va uning parametrlarini hisoblash; bog’lanish zichligi va kuchini o’lchash. Korrelyatsion tahlil o’rganilayotgan belgilarni tanlashdan boshlanadi. Bu erda omil belgidan ko’ra natijaviy belgini tanlash muhimroqdir. Chunki regressiya tenglamasi shaklini tanlash natijaviy belgiga bog’liq. Natijaviy belgi tanlangandan so’ng, unga ta’sir qiluvchi omillardan eng muhimlari tanlab olinadi. Regressiya tenglamasiga kiritiladigan omillar o’zaro chiziqli funktsional bog’lanishda bo’lmaslagi kerak. Bunday xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun omillarning o’zaro bog’lanish kuchi tekshirib ko’rilishi taklif etiladi. Regressiya tenglamasi tanlangandan keyin unda ishtirok etayotgan omillarning natijaviy belgiga ta’sirining muximligi baholanadi. Agarda model va unga kiritilgan barcha omillar talab etilgan ehtimol bilan mohiyatli bo’lsa, u adekvat model deyiladi. Korrelyatsion tahlilda aloqa shaklini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Eng puxta, diqqat bilan bajarilgan hisob-kitoblar agarda aloqa shakli noto’g’ri tanlangan bo’lsa, keraksiz bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham bu ishni bajarishda o’rganilayotgan hodisaning mazmunini sifat jihatidan juda puxta tahlil qilish zarur. U belgining X ga bog’liqligi, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, to’g’ri va teskari bo’lishi mumkin. Agarda X belgining ortib borishi bilan U ortsa yoki X ning ko’payishi bilan U ko’paysa, ular o’rtasida to’g’ri bog’lanish, korrelyatsiya esa ijobiy deyishadi. Agarda X ning ortishi bilan U kamaysa yoki X kamayganda U ortsa, ular o’rtasida teskari bog’lanish, korrelyatsiya esa salbiy deyishadi. Bundan tashqari, X ning o’zgarishi bilan U ning o’zgarishi xarakteriga qarab to’g’ri chiziqli va egri chiziqli bog’lanish bo’lishi mumkin.

Raqamli Iqtisod



Raqamli iqtisod - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
1.Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
2.Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
3. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo’lishida
2. Bu yangi korporativ madaniyat barpo bo’lishida
3. Bu yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida
4. Bu katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlikka erishishda
5. Bu sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil bo’lishida
6. Bu ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida
7.Bu buyumlar interneti va masofaviy ta’lim (MOOC) ning keng miqyosda qo’llanilishida
8.Bu blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlarning hayotga tadbiq qilinishida
9.Bu mayning jarayoni hamda mustaqil biznez yuritish imkoniyatining yuzaga chiqishida
10. Bu yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining kengayishida
11. Bu katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayoning amalga oshirilishida
12. Bu mustaqil pul birligi va kriptovalyutalarning amaliyotga kirib kelishida
13. Bu elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishida
14. Va boshqa juda katta imkoniyatlar yuzaga kelishidadir. Raqamli texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
1-Bosqich:
1.Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
2. Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik
2-Bosqich:
1. On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
2.Bulutli va virtual texnologiyalar
3-Bosqich:
1.Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni) Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsata olamiz:
1. Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati
2. Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
3. Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model)
4. Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar
2. Turli xildagi raqamli texnologiyalar
3. Tezkor Internet tizimi
4 IP bloklar
5 Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko’rgan inson resurslari
6. Biznes modellar
7. Intellektual on-line ishlab chiqarish
8. Moliyaviy ta’minot
9. Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari

Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir qancha misollar keltirish mumkin: Ebay, Amazon, Google, Facebook, Yahoo!, Yandex, Alibaba, You Tube, ВКонтакте, Skype va yana boshqa loyihalar. Elektron biznes tashkil qilishni maqsad qilgan ekansiz, avvalo ushbu kompaniyalar orasida qanday umumiylik borligini bilib olishingiz kerak bo’ladi. Elektron biznes tashkil qilishning muvaffaqiyati - eng birimchi qadam qanday bo’lgani bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Eng avvalo, shuni ta’kidlashimiz zarurki, bunday kompaniyalarni tashkil qilganlar matematika, fizika va dasturlash fanlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar bo’lganlar va o’zlariga shunchalik ishonganlarki, ish jarayonida ro’y bergan qiyinchiliklar va bir qancha muvaffaqiyatsizliklar ham ularni bu ishdan chalg’ita olmagan. Hozirgi davrda ularning nomlari You Tube (Stiv Chen, Ched Xerli va Djaved Karim), Alibaba Group (Djek Maa), Google (Larri Pedj va Sergey Brin), Yahoo! (Djerri Yang va Devid Filo), Facebook (Mark Tsukerberg), Amazon (DJerri Yang), Whats App (Brayan Ekton va Yan Koum), Yandex (Arkadiy Voloj va Il’ya Segalovich), VKontakte (Pavel Durov) barchaga ma’lim va mashxurdir. Biznesning keyinchalik rivojlanishi unga Margaret Uitman (Amazon), Djon Donax’yu (eBay) va Erik Shmidth (Google) kabi bir qancha tadbirkor va boshqaruvchilarning jalb qilinishiga olib kelgan. Ba’zi paytlarda qandayidr masala va muammolarni hal qilish uchun ishlatilgan bir g’oya yoki yechim ham katta biznesning boshlanish nuqtasi bo’lib qolishi mumkin. Bunga misol sifatida YouTube ni keltirishimiz mumkin. Uning asoschilari katta hajmli videorolikni o’z tanishlariga uzatishda muammolarga duch kelib qolganlar va bu muammoni hal qilish uchun dastur, interfeys va dizayn tashkil qilganlar. Bunday ishlar video ishqobozlari uchun juda ham kerakli ekanligini bilib qolganlaridan so’ng esa, g’oyalarining tadbiqi sifatida YouTube ijtimoiy tarmog‘ini yaratganlar va natijada biznesda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bunday ko’pchilik kompaniyalarning bir necha bozor segmentlarida bo’lishi ularning xususiyatlaridan biridir. Masalan, oldin eBay kompaniyasi bozorning C2C segmentida ishlab turib, keyinchalik B2C segmentiga o’tib ketgan va bu bilan o’z raqobatbardoshliligini ancha oshirishga erishgan. Ko’pchilik kompaniyalar bozorga chiqishda foydalanuvchlarni jalb etish maqsadida ma’lum vaqt davomida o’z servislarni tekinga ishlatish imkoniyatini taklif etadilar.



Sun’iy intellect masalalari bilan shug’ullanadigan Facebook laboratoriyasi muhandislari 2017 yilning iyunida insonlar bilan savdolasha oladigan bot bo’yicha ma’lumotlarni oshkor qildilar. Quartzningyozishigako’ra, tizimnio’zitish jarayonida Amazon Mechanical Turk onlayn kraudsorsing platformasi yordamida yig’ilgan 5,8 mingta real insonlarning dialoglaridan foydalanilgan.Dialoglarni tahlil qilgan holda bot nafaqat muloqotlar olib borishni o’rgandi, balki kerak bo’lganda yolg’on gapirishni ham epladi. Muhandislarning fikrlaricha, sun’iy intellect nafaqat o’zi qiziqadigan narsalargagina e’tibor qaratdi, balki boshqa ma’lumotlarga ham qiziqa boshladi. Haridor bilan muloqotni tugatganidan so’ng, bot boshqa muammolarga ham qayta oladi. Ammo muhandislar bot yolg’on gapirishni insonlararo suhbat vositasida o’rgandimi yoki bu tasodifiy ravishda o’z-o’zicha o’rganish natijasida ro’y berdimi, buni aniq bila olmadilar. Sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida 2017 yilning noyabrida Financial Times sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida ham katta o’zgarishlar kilishi mumkinligi haqidagi maqolani chop etdi. Amazon, Google, Alibaba va shularga o’xshash texnologik gigantlarning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan xolda, soat va yuvelir mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar ham mijozlar safini kengaytirish uchun sun’iy intellect texnologiyalaridan foydalanishga harakat qila boshladilar. Masalan, messendjerlar asosida tashkil virtual suhbatdoshlar bunday brendlarga foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qonunlarni buzmasdan turib yig’ish uchun yordam bera oladilar. 2017 yil mart oyida Baselworld soatlar ko’rgazmasida yuvelir brendi de Grisogono haridorlarga Crazymals kolektsiyasidan qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashga yordam beradigan chat-botni taklif qildi. Bu chat-bot haridorlarga o’zi haqida so’zlab beradi, mojozlardan qiziqish doiralarini so’rab ko’radi va shundan so’ng, ularga qiziqishlariga bog’liq ravishda yuvelir mahsulotlarni taklif qiladi. Southpigalle kompaniyaning ta’sischilaridan biri Oliv’e de Koente so’zlariga ko’ra, hozirgi davrdagi murakkab iqtisodiy sharoit va tobora kuchayib borayotgan raqobat mijozlarni yo’qotmaslik uchun “lyuks” klassidagi brendlarga innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, virtual suhbatdoshlarni tadbiq qilishga undadi. Facebook ning 2016 yildagi izlanishlari natijalariga ko’ra, 50% dan ortiq respondentlarga qo’ng’roq qilgandan ko’ra, matnli elektron ma’lumotni jo’natgan ma’qul ekan. Financial Times ning ma’lumotiga ko’ra, sun’iy intellect nafaqat mijozlar bilan muloqotni yaxshilaydi, balki, brendlar uchun muhim ma’lumotlar manba’i hamdir. Chunki cookie fayllari vositasida yoki ko’rishlar tarixini tahlil qilgandan ko’ra, bu holatda ma’lumot mijozlarga to’gridan-to’g’ri jo’natiladi. Foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi statusi va demografik ma’lumotlar asosida olingan ma’lumotlar asosida brendlar mijozlarning intilishlarini, xoxishlarini, emotsiyalarini va tendentsiyalarni chamalab, mahsulotni boshqarish strategiyasiga kerakli o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Xuddi shu tarzda ma’lumotlarni qayta ishlash asosida Montblank kompaniyasi 2017 yilda Summit deb nomlangan “aqlli” soat ishlab chiqarid. Bu soatning tashqi ko’rinishi klassik ko’rinishda bo’lgani bilan u sun’iy intellect asosida ishlaydi va Google assistenti bilan jihozlangan hamda navigator, tarjimon va so’z orqali boshqariladigan yordamchi funktsiyalarini bajara oladi. Jenevada 2017 yilda bo’lib o’tgan ko’rgazmada Jaeger-LeCoultre brendi barcha ishtirokchilarni o’z mahsuloti bilan tanishtirdi. Ishtirkchilarga QR-kodli braslet berildi va u orqali iPhone ilovasi yordamida soatlarni tanlash taklif etildi. Ushbu texnologiya to’dirilgan reallik texnologiyasi yordamida kompaniyaga mijozlar haqida ma’lumot yig’ishga imkon berdi.

Elektron tijoratda ma’lumotlarni saqlash, o’qish va tanib olish uchun quyida tavsiflangan bir qancha kodlashtirish turlaridan foydalaniladi:


1.Shtrix-kodlar– bunda tovar oq va qora vertikal chiziqchalar shaklidagi grafik markirovka qilinadi va uning yordamida tovar haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda o’qish mumkin bo’ladi.
2.QR-kod – sensor tomonidan ikki o’lchamli tasvir sifatida aniqlaniladigan matritsaviy kod ko’rinishida bo’ladi. Bunda bitta kodga juda katta miqdordagi ma’lumotlarni hamda fotografiyalarni yozib qo’yish mumkin bo’ladi. Ma’lmotlar qancha ko’p bo’lsa, QR-kodning murakabliligi ham shuncha ko’p bo’ladi. Ma’lumotlarni o’qish uchun bir marta skanirovanie qilish kifoya bo’ladi.
3.NFC (Near Field Communication) – kontaktsiz ma’lumot uzatish tizimi bo’lib, bunda ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasida simsiz aloqa amalga oshiriladi.
4. 3D-interfeysning uch o’lchamli kubiklari – dinamik kubikning har bir tomonida ma’lum bir massiv informatsiya saqlanadi. Ular virtual hamda to’dirilgan voqe’lik tizimlarida ishlatilishi mumkin. Ushbu kodlarning birini tanlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalardan kelib chiqqan xolda optimal variantni tanlash tavsiya etiladi. Bu esa rahbarlar hamda biznes egalari bilan kelishgan xolda hal qilinadi. Xozirgi paytda reklamalarning yangidan-yangi turlari shiddat bilan rivojlanib bormiqda. Bular jumlasiga ijtimoiy tarmoqlardagi reklamani, elektron pochta orqali reklamani, qidiruv tizimlaridagi reklamani va YouTube orqali reklamani kiritish mumkin. Internet tufayli operativ, tezkor va aniq analitikadan foydalangan holda biznes samarador boshqaruv yechimlarini qabul qila boshladi. Buning natijasida oldin mavjud bo;lmagan yangi mutaxassisliklar, shu jumladan, SEO-mutaxassis (axtaruv optimizatsiyasi bo’yicha mutaxassis), SEO-kopirayter, SEO-rerayter, SMM mutaxassis (ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bo’yicha mutaxassis), content-menedjer, reklama kompaniyalarini sozlash bo‘yicha mutaxassis (Googe Ad|words), ma’lumotlarni elektron pochtadan jo’natish bo’yicha mutaxassis, infografika bo’yicha mutaxassis (vizualizator), HTML-koder, YouTube kanalida reklama qilish bo’yicha mutaxassis va boshqalar. Elektron biznesni, saytni, korporativ blogni reklama qilishning marketing strategiyasi kompaniyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishi, on-line va offline biznesda faoliyat ko‘ratishi va ularnda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarurdir. Elektron marketing (elektronic marketing, e-marketing) informatsion texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan xolda bozorda o’z egallagan joyini kengaytirishni, iste’molchilarning tovar va xizmatlardan qoniqishlarini oshirishni va foydani ko’paytirishni ko’zda tutadi. Marketingning 4Pkontseptsiyasini marketingni rejalashtirishning mahsulot (product), narx (price), reklama (promotion) va joy (place) kabi ko‘rsatgichlarini ko’zda tutadi. Elektron marketing uchun ushbu uchta elementlarning integratsiyasi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, muvaffaqiyatli kompaniyalarning saytlari barcha bunday 4P elementlariga ega:
1P (product) – sayt va uning dizayni raqamli maxsulotdir;
2P (price)–sayt mahsulot yoki xizmatning narxini ham ko’rsatadi, va demak u prays-list sifatida bo’ladi;
3P (promotion) – saytning qanchali muvaffaqiyatga erishishini uning usability darajasi (qulayligi, navigatsiyasi, dizayni) ko’rsatadi va shuning uchun bu uning reklama funktsiyasini bajaradi;
4P (place) – sayt va sayt bo’yicha navigatsiya savdo nuqtasining qayerda joylashganini ko’rsatadi va shuning uchun ham u mansulot yoki xizmatning tarqatilish kanalidir. Internet paydo bo’lishi bilan marketingning tabiati ancha-muncha o’zgarganiga qaramay, 4P kontseptsiyasi o’zining dolzarbligini yoqotmadi. Amaliyotda esa elektron biznes hamda elektron tijoratda 4P ning tashkil etuvchilari orasidagi farqlar ma‘lummiqdorda yo’qolib ketadi. Xamkorlir munosabatlari marketingi (partnership marketing) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha ko’paytiradi va bunda ko’shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar (personal va mijozlar) – participants, fizik atributlar - physical evidence hamda jarayonlar – process larni ko’rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o’rab-chirmashni o’z ichiga olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko’rsatish to’liq tsiklining barcha biznesjarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko’rish mumkin. Odatda hal qilinayotgan maqsadi, vazifalari va bajarayotgan funktsiyalari nuqtai-nazaridan marketing bo’limi har qanday turdagi tashkilotda quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iboratdir:
1. Analitika va izlanish –marketing izlanishlarini amalga oshirish, ma’lumot yig’ish, tahlil qilish va bozor analitikasi natijalarini interpretatsiya qilish.
2. Mahsulot yoki xizmat bahosini hosil qilish – bozorga yo’naltirilgan ravishda baholash strategiyasini ishlab chiqish va baho hosil qilish modellarini yaratish.
3. Sotuv jarayonini boshqarish;
4. Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish – reklama va PR.
5. Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish hamda franchayzing. Elektron biznesni amalga oshirish uchun kompaniya egallagan bozor segmentining xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhim deb hisoblanadi. Iste’molchilarni asosiy kor’satgichlari va iste’mol afzalliklari bo’yicha guruhlashtirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda unga yo’naltirilish (targetlashtirish) muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin. Demak, targetlashtirish – bunga muhtoj bo’lgan iste’molchlarga aniq va maqsadli ta’sir qilishni anglatadi. Bozorlar segmentlarini quyidagicha ko’rinishda tavsiflash mumkin: Jug’rofiy segmantatsiya–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha, istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar. Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan, potentsial iste‘molchilarga mehmonxanalar, restoranlar, parkovkalar joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez rivojlanayotgan va ommabop turidir. Demografik segmentatsiya – bunda iste’molchilar yoshi, jinsi vama’lumot darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bund marketologlar turli xildagi usullar yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar. Psixografik segmantatsiya – iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol modellari bo;yicha guruxlantiriladi.

Benchmarkingdan, ya’ni, biznes jarayonlarni rivojlantirish va uning ko’rsatgichlarini hamda tovar sorib olish jarayonini boshqarish; yaxshilas maqsadida jahondagi eng ilg’or kompaniyalar foydalanadigan mexanizmlarni o’rganish va ularni mahalliy sharoitlarga tadbiq qilish usulidan foydalaniladi. Bizning nazarimizda hozirgi davrda elektron tijorat tashkil qilish va uni yurgizish bilan bog’liq quyidagi tavakkalchiliklar mavjud:


1.Tovar yetkazib beruvchilarni topish va ular orasidan ishonchlilarini tanlash hamda tovarlar sotib olish va sotishni boshqarish bilan bog’liq tavakkalchilik;
2. Hizmat ko’rsatish vaqti imkon darajasida qisqartirilishi lozim, aks xolda sekin xizmat ko’rsatish mijozlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday muammodan qutulish uchu OZON elektron savdo tizimida internet magazinda sotilgan tovarlarni yetkazib berish turli usullar yordamida amalga oshiriladi, shu jumladan, zakazlarni topshirish punktlari orqali, „O-Kur’er“ deb nomlangan o’z hizmati orqali, DHL Express vositasida, EMS va Pochta Rossiya orqali;
3.Internet-magazinlardagi oldindan to’lov miqdorining juda past miqdordaligi – buning natijasida ombordagi tovarlaning aylanmasi kamayib ketadi. Masalan, Rossiyada oldindan to’lov miqdori 26% atrofidaligi (Rossiyada 2014 yil internet-savdosi. Yillik hisobot, DATAinsight, InSales, PayU, s.13) kuzatilgan. Demak, agarda kompaniya elektron savdo bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa, unga juda katta miqdordagi aylanma kapital kerak bo’ladi;
4.Elektron to’lovlarga bo’lgan ishonchning ancha pastligi, bu o’z navbatida bank kartalari orqali to’lovlarning kamligiga olib keladi;
5.Firibgarlik bilan bog’liq bo’lgan muammolar – tovarni sotib olgandan so’ng, har xil bahonalar bilan uni
qaytibberish, o’g’irlangan yoki boshqa insonlarning plastik kartalaridan foydalanish;
6.Informatsion tizim ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar;
7. Kompaniya o’z logistik tizimiga ega bo’lmagan xolda vujudga keladigan tovarni yetkazib berish bo’yicha muammolar. Haqiqatan ham, agar mamlakatda tovarlarni yetkazib berish bo’yicha tizim yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, elektron savdo ham risoladagiday faoliyat ko’rsata olmaydi;
8.Tashqi muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liq muammolar, shu jumladan, muhitning juda chalkash va murakkabligi, elektron tijorat bilan bog’liq normativ huquqiy bazaning mukammal emasligi va noaniqlik biznes yuritish uchun katta havflar tug’dirishi mumkin;
Download 45.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling