Amaliyot oʻtashi toʻG‘risida sonli shartnoma


 Amaliyotchi-talabaning majburiyatlari


Download 305.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi305.88 Kb.
#1138262
1   2   3
Bog'liq
Sirtqi 3-4-kurslarga AMALIYOT Shartnoma 2022.2023

2.3Amaliyotchi-talabaning majburiyatlari: 
2.3.1. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasining yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablari 
asosida mustaqil faoliyat olib borish uchun bilim va malakaga ega boʻlishi; 
2.3.2. Taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejasida belgilangan malakaviy o‘quv amaliyotni Qabul qiluvchi muassasada 
oʻtash; 
2.3.3. Malakaviy o‘quv amaliyot davrida “amaliyotchi portfoliosi”ni muntazam yuritib borish


2.3.4. Malakaviy o‘quv amaliyot davrida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni toʻliq bajarish; 
2.3.5. Qabul qiluvchi muassasaning ichki tartib qoidalariga rioya qilish; 
2.3.6. Malakaviy o‘quv amaliyot yakunida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni mas’ul kafedraga 
oʻrnatilgan tartibda hisobot topshirishi lozim. 
3. TOMONLARNING HUQUQLARI 
3.1. Universitetning huquqlari
3.1.1. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha ehtiyoj koʻp boʻlgan taqdirda Qabul qiluvchi 
muassasalarni tender asosida tanlash; 
3.1.2. Amaliyotchi talabaning malakaviy o‘quv amaliyotni oʻtashi va OTMni bitirgandan soʻng ish bilan
taʼminlanishi uchun Qabul qiluvchi muassasaning moddiy-texnik bazasini oʻrganish va shu asosida tegishli 
takliflar kiritish; 
3.1.3. Qabul qiluvchi muassasadan amaliyotchi talabalarning malakaviy amaliyot jarayoni haqida 
ma’lumotlar olish; 
3.2. Qabul qiluvchi muassasaning huquqlari
3.2.1. Universitet oʻquv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan oʻz 
takliflarini berish; 
3.2.2. Amaliyotchi talabaning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida qatnashish; 
3.2.3. Amaliyotchi talabaning malakaviy o‘quv amaliyoti davrida muassasaga kelmaslik, amaliyot 
dasturida belgilangan vazifalarni bajarmaslik va muassasaning ichki tartib qoidalariga amal qilmaslik 
holatlari kuzatilganda talabalarning amaliyotini bekor qilish hamda universitetga taqdimnoma kiritish; 

Download 305.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling