Amaliyot yuzasidan yozgan hisoboti


Download 0.6 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1274742
Bog'liq
Shahribonu



TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI fakulteti
Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi” kafedrasi
60112600-“Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) yo’nalishi I-kurs 101-guruh talabasi Abduvaitova Shahribonuning
AMALIYOT YUZASIDAN YOZGAN HISOBOTI

27.02.2023
Soat 8:00 da 23-MTT bilan tanishdik. Amaliyot rahbarimiz Yodigarova tomonidan MTT qonun qoidalari, tartib va nizomlari bilan tanishtirildik. O’z vaqtida kelish lozimligi haqida ogohlantirildik. Yig’ishimiz kerak bo’lgan ball, va tayyorlaniladigan hujjatlar haqida tushuncha berildi. Amaliyot vaqtidagi o’zimizga biriktirilgan (3-gurux) bilan tanishdik. Guruh bolalari va tarbiyachisi bilan tanishib oldik.
1.Guruh tarbiyachisi nonushtadan so’ng bolajonlar bilan turli savol-javoblar orqali mashg’ulot o’tkazdi. Hafta kunlari takrorlandi. Bugun haftaning qaysi kuni ekanligi va ushbu kundagi mavzular haqida suhbatlashildi. Ertak nomlari so’raldi, har bir ertaklarning qahramonlari nomlari, ularning xususiyatlari, har bir ertakdan olinadigan ibratlar haqida suhbatlashildi.

2.So’ng biz bolajonlarga bahor haqida she’rlar yodlashga ko’maklashdik

3.So’ng ingliz tili o’qituvchisi keldi. Bolalar bilan salomlashdi. Kun mavzusini aytib, keyin ranglarni takrorlash maqsadida turli o’yinlar o’ynashdi. O’yin mazmuni: Stolga turli ranglardagi qog’ozlar qo’yildi. Guruh ikkiga ajratildi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqib, ustoz rang nomini ingliz tilida aytadi, qaysi bola avval aytilgan rangni ushlasa o’sha bolaga koptokcha berib borildi. O’yin oxirida guruhlardagi koptokchalar hisoblandi, va g’olib jamoa “olma” bilan taqdirlandi.

4.Bolajonlar bilan rasmlarni bir tekis bo’yashni o’rgandik. Ba’zi bolalar bilan xusnixatni chiroyli to’ldirishni o’rgandik.

5.Tushlikdan oldin bolajonlar bilan sayrga chiqdik. Hovlida aylandik. Biroz o’ynadik. Havo almashtirdik. Tushlik tayyor bo’lganida bolalar bilan qo’llarimizni yuvdik, stolga o’tirishdi.

6.Tushlikdan so’ng uxlashga yotishdi.


28.02.2023
1.Tartibga ko’ra soat 8:00 da 23-MTT ga kelib . So’ng hovlida bolajonlar bilan tonggi badantarbiya mashqlarini musiqa sadolari ostida bajardik. Shu yo’sinda kayfiyatimizni ham ko’tarib oldik.
2.Nonushtadan so’ng guruh tarbiyachisi qiz bolalarni raqs mashg’ulotiga olib ketdi. Biz sheriklarim bilan o’g’il bolalar bilan turli o’yinlar o’ynadik.
3.Topishmoqlarga javoblar topdik.
4.Bahorda tabiatimizda bo’ladigan o’zgarishlar, bahordan darak beruvchi gullar, birinchilardan bo’lib gullaydigan daraxtlar haqida suhbatlashdik.
5.Bolajonlarga ertak kitobdan ertaklar o’qib berdik. Ertak qahramonlari va ertakdagi voqealar haqida suhbatlashdik.
6.Tarbiyachi hamrohligida bolajonlar bilan mashqlar bajardik, kurash tushishdi.
7.Lego o’yinchog’i orqali turli xil narsalar yasashdi.
8.Tushlikdan oldin bolajonlar bilan sayrga chiqdik. So’ng tushlik qilishdi. Tushlikdan so’ng uxlashga yotishdi.





01.03.2023
1.Tartib bo’yicha (3-gurux) kelib, bolalar bilan tonggi badantarbiya mashg’ulotini birgalikda bajardik
2.Nonushtadan so’ng bolalar bilan ertak o’qidik. Ertak qahramonlari va ularning xususiyatlari haqida suhbatlashdik.
3.Rasmlarni bir tekis bo’yash mashqini bajardik. Ba’zi bolalarning yozuv daftarlaridagi harflarni birgalikda to’g’ri yozishga harakat qildik.
4.Bahor haqidagi, ona haqidagi she’rlarni qayta takrorlab, tadbir uchun berilgan she’rlarni yodlashga ko’maklashdik.
5.Xonaga bahor nafasini olib kirish maqsadida Rangli qog’ozdan gullar yasab ipga terib, derazaga osib qo’ydik.




02.03.2023
1.Tartibga ko’ra 23-MTT ga soat 8:00 da (3-gurux) kirib, hovlida musiqa sadolari ostida kayfiyatni ko’tarib, tonggi badantarbiya mashqlarini bajardik.
2.Qizlar bilan tarbiyachi bayram tadbiriga raqs tayyorlashdi.
3.Nonushtadan so’ng bolajonlar bilan tarbiyachi hamrohligida rangli qog’ozdan Lola gulini yasashni o’rgandik.
4.Rangli qog’ozdan gulchalar yasab, xonaga bahor nafasini olib kirish maqsadida derazalarga osib, yopishtirib chiqdik.
5.Bolalarga ustozi ingliz tili mashg’uloti o’tdi, unda bahor haqida ingliz tilida she’r yodlashdi.
6.Sheriklarim bilan hovliga sayrga olib chiqdik. So’ng tushlik qilishdi.



03.03.2023
1.Amaliyot rahbarimiz Yadigarova Sitora ta’kidlaganlariga amal qilgan holda 23-MTT ga soat 8:00 da (3-gurux) keldik.
2.Bolajonlar bilan tonggi badantarbiya mashg’ulotini musiqa sadolari bilan bajardik. Qizlar raqs mashg’ulotini takrorlashdi. Biz o’g’il bolalar nonushta qilayotganida nazorat qilib turdik.
3.Nonushtadan so’ng bolalarga “ Alifbo” qo’shig’ini video rolik orqali o’rgandik. Rolik 3 marta qayta qo’yib berildi. So’ng bolalardan so’rab oldik.
4.So’ng bolalar o’zlari mustaqil yodlagan she’rlarini tingladik. Maroq bilan aytib berishdi.
5. Ertak aytib beruvchi bolalarni tingladik. Tahlil qildik, bolalar kichik do’stining ertagiga qo’shimcha qilishdi.
6. Bayram tadbiriga tayyorgarlik ko’rish mashqlarini kuzatdik. Bolalar jajji tillari bilan chiroyli tanishtiruvlar, she’rlar aytib berdilar.
7.Bolalar bilan rasm bo’yash mashg’ulotini birgalikda bajardik. Gul yasadik. Yasagan gullarimiz bilan xonani yasatdik. Bolajonlar bilan sayrga chiqdik.
8.Tushlikdan so’ng shirin uyquga ketishdi.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling