Amaliyotchi : B. Azimqulov Sinf rahbari : Q. Muhibulloyev Maktab direktori: H. Nurulloyev
Download 16.57 Kb.
|
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi : B.Azimqulov Sinf rahbari : Q.Muhibulloyev Maktab direktori: H.Nurulloyev
- Tavsifnomasi
- Tavsifnoma Termiz Davlat Universitetiga taqdim qilish uchun berildi . Maktab direktori: H.Nurulloyev O`IBDO` : M.Abdulov MMIBDO` : F.Nasriddinov
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta`lim yo`nalishi 5 – bosqich B – 118 guruh talabasi Azimqulov Boymurodning 8 –“A” sinfga bergan Tavsifnomasi 8 –“A” sinf o`quvchilari na`munali, odobli, intiluvchan sinflardan biri hisoblanadi. Sinfda jami 16 ta o`quvchi bor. Ularning 10 tasi o`g`il bolalar 6 tasi qiz bolalar. O`quvchilarning hammasi tojik. Sinf o`quvchilari hamma fanlardan a`lo va yaxshi baholarga o`qishadi. Sinfda a`lo baholarga o`qiydigan o`quvchilar ko`p. Bundan tashqari fan to`garaklari va qo`shimcha darslarga, qolaversa sport yo`nalishida oliy orinni egallaydigan yigit qizlar bor. Darsga bolalar doim formada kelishadi. Davomat ham doimo to`liq darajada. Xonalari doimo toza va ozoda xolatda bo`ladi. Ular tartibli , intizomli bo`lib boshqa sinflarga o`rnak bo`lib kelayapti. Barcha tadbirlarda faol ishtirok etibgina qolmay faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelmoqdalar. Ular barcha darsliklar bilan to`liq ta`minlangan. Bilim olishda tengdosh sinflar bilan doim raqobatlashib kelishyapti. Sinf rahbari Muhibulloyev Qurbonali Habibulloyevich yosh malakali ustozlardan hisoblanadi, sinfni to`g`ri tarbiyalab ularga to`g`ri yo`l ko`rsatmoqda. Men bu singa maktabning eng namunali sinfi bo`lib qolishini tilayman. Amaliyotchi : B.Azimqulov Sinf rahbari : Q.Muhibulloyev Maktab direktori: H.Nurulloyev Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta`lim yo`nalishi 5 – bosqich B – 118 guruh talabasi Azimqulov Boymurodning 8 –“A” sinf o`quvchisi Ne`matova Aminaga bergan Tavsifnomasi 8 –“A” sinf o`quvchisi Ne`matova Amina Sa`di qizi 15.12.2008 yilda Boysun tumanida tug`ilgan, millati tojik. Bu qiz sinfning eng a`lochi, tartibli va na`munali xulqga ega o`quvchisi hisoblanadi. U ingliz tili va ona tili va matematika fanlariga qiziqadi. Kelajakda yaxshi jurnalist bo`lishni hohlaydi. Ne`matova Amina a`lo o`qishi bilan birga jamoat ishlarida faol va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. Sinfda sinf sardori etib saylangan va barcha vazifalarni a`lo darajada bajaradigan zukko o`quvchidir. Maktabda tashkil etilgan ko`plab to`garaklarda faol ishtirok etadi. Jumladan o`zi qiziqqan ingliz tili va matematika fan to`garaklariga boradi. Darsdan tashqari bo`sh vaqtlarida sport to`garaklariga boradi. Barcha o`qituvchilar va o`quvchilar bilan qilgan muomila madaniyati juda yuksak darajada namunalidir. Maktabda a`lochi va faol o`quvchilar qatoridadir. 44 – umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan ko`plab tadbir va musobaqalar g`olibidir. Men ishonamanki Amina yaxshi o`qib kelajakda Vatanimiz ravnaqi va taraqiyotiga hissa qo`shadigan barkamol inson bo`lib yetishadi. Men Aminaga omad va zafarlar tilayman ! Amaliyotchi : B.Azimqulov Sinf rahbari : Q.Muhibulloyev Maktab direktori: H.Nurulloyev Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta`lim yo`nalishi 5 – bosqich B – 118 - guruh talabasi Azimqulov Boymurodga 44 – sonli maktab ma`muriyati tomonidan Tavsifnomasi Azimqulov Boymurod To`raqulovich Boysun tuman 44 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 2023 yilning 27- fevraldan 29 – aprelgacha malakaviy amaliyotda bo`ldi . Azimqulov Boymurod amaliyot davrining barcha kunlarida maktabga muntazam keldi. Amaliyotchi amaliyot davrida 6- “A” sinfga sinf rahbarlik qildi va muntazam ravishda Biologiya darslarini o`tdi. U o`zlashtirishi yaxshi bo`lmagan o`quvchilar bilan individual tarzda ishlar olib bordi hamda ularning fanga qiziqishi ortishiga sabab bo`ldi. Boymurod Biologiya fan to`garaklarini tashkillashtirish va o`tishda ham o`zining mehnatini ayamadi. Amaliyotchi Azimqulov Boymurod To`raqulovich amaliyot davrida 6 – “A” sinf o`quvchilariga “Tabiiy fanlar” fanidan “Hayvonot dunyosi” mavzusida va 8 – “A” sinf o`quvchilariga Odam anatomiyasi fanidan “Bosh miyaning tuzilishi” mavzusida bir soatlik sinov va ochiq darslarni o`tdi. Azimqulov Boymurod To`raqulovich o`quvchilar o`rtasida hurmat qozondi va berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida ma`sulyat bilan bajardi. 44 – maktab jamoasi Azimqulov Boymurod To`raqulovichga kelajakda o`z kasbining yetuk va mukammakl mutaxassisi bo`lib yetishishiga yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ishonch bildiradi va omad tilaydi ! Tavsifnoma Termiz Davlat Universitetiga taqdim qilish uchun berildi . Maktab direktori: H.Nurulloyev O`IBDO` : M.Abdulov MMIBDO` : F.Nasriddinov Download 16.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling