Amaliyotchi psixolog faoliyatining umumiy masalalari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-slayd Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Psixologning maktabga moslashishi. 6.Maktab psixologinig kasbiy psixogigenasi.
AMALIYOTCHI PSIXOLOG FAOLIYATINING UMUMIY MASALALARI 1.Amaliyotchi psixolog faoliyati samaradorligini baholash muammolari. 2.Amaliyotchi psixolog faoliyatida o’z-o’ziga yordam muammosi. 3.Amaliyotchi psixolog ijodkor sifatida. 4.O’zaro ta’sir va hamkorlikka ehtiyoj. 5.Psixologning maktabga moslashishi. 6.Maktab psixologinig kasbiy psixogigenasi. • Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo’lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo’lishi va barcha ishlarni bajara olishi kerak. Har bir psixolog o’zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari negizida o’zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin. • Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, temperament, xarakter, energiyani sovg’a qilganki, ularning bari konkret insonning «rang, tovush, ta’m va hid» ini, uning psixoenergetik atmosferasini tashkil qiladi. Psixolog foydali va muvaffaqiyatli bo’lishi uchun o’zini «qo’l ostidagi ish quroliday» bilishi kerak. Psixolog maktabda o’zini qanday tutishi kerak: qattiq qo’lmi yoki yumshoqmi? Vaziyatga bog’liq ravishda, o’zining va sherigining maqsadiga ko’ra psixolog qattiq qo’l va yumshoq bo’lgan turli uslublarni egallashi lozim. Psixolog tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda, o’z individualligidan kelib chiqib, ish tutishi kerak. Ish texnikasini tanlash haqidagi savol bir muncha murakkab bo’lib, har qanday psixoterapevtik texnikada o’z uslubini aniqlash mumkin va o’z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash mumkin. O’z ishida psixoanalizni yoqtiradigan psixologlar transakt analiz bo’yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga qiziqadiganlar muloqot treningi guruhlarini zo’r bazo’r o’tkazadilar. Urinib ko’rish va xato orqali «o’z texnikasini» topish mumkin. O’zingizni kuchli va bo’sh jihatlaringizni o’rganing, imkoni bo’lsa, psixologik seminarlarga qatnashing, «bu meniki» deb his qiladigan vaqt keldi. Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o’qituvchilar bilan ham, barcha yoshdagi o’quvchilar bilan ham ishlaydi. Lekin kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi psixologlar boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa birlari o’spirinlarning «tilini tez topadi», uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib «yo’qolib ketadilar», to’rtinchilari o’qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar. Psixologlarga maktabda turli muammolar bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Lekin har bir psixologning maktabda sevimli mavzusi yoki muammosi bo’ladi. Uni tanlash ko’p sabablarga bog’liq: Amaliy psixologning qiziqishlariga, mutaxassislik bo’yicha o’qilgan kitobga, kasbiy muloqat darajasiga, psixolog ishlaydigan maktab ehtiyojlariga, ma’muriyat, o’qituvchilarning buyurtmasiga bog’liq. «O’z muammosini» tanlashning ko’p omillarga bog’liqligiga qaramasdan, umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Psixologlar «o’z mavzularini» tanlashda ikki asosiy shartga amal qiladilar. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling