Amaliyotchi psixologning faoliyat sohalari
Download 0.73 Mb.
|
AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING FAOLIYAT SOHALARI
o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak, bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularda muloqot qila olish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin muomalada bo‘lishi talab qilinadi.
Psixoprofilaktik ishlarning muhim vazifalari, psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo‘nalishi sifatida Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, ctnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
Amaliy psixolog bolalar, o"quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq-atvor muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotda uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling