Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


Yopiq tomon bilan yuqori dan beriladigan zarbada raketkaning holati


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badminton o’yini texnikasi tasnifi....

Yopiq tomon bilan yuqori dan beriladigan zarbada raketkaning holati: 
1 — hujumkor trayektoriya (smesh), 2 baland hujumkort rayektoriya, 3
baland-olis trayektoriya. 
Ta‘riflab o‗tilgan texnika qisqa (to‗r yaqiniga tashlash) zarbalardan tashqari 
barcha zarbalar uchun xosdir. Yuqoridan o‗ngdan beriladigan zarbalarda bo'lgani 


kabi, bular ham qo‗lni qattiq kerishni va kuchli yakunni talab qilmaydi. Panja 
harakati nisbatan keskin, ammo qisqa bo‗lib, oz vaqt davom etadi. Volanni 
kuzatish deyarli mavjud bo'lmaydi. Bu shunday zarba bo`lishi kerakki, volan tezda 
raqib maydonchasigacha uchib borib, to‗rdan minimal balandlikda uchib o‗tib, 
darrov uning ortiga tushsin. 
O'ngdan-yondan klassik zarba: 
l—o ‗ngga qadam tashlash, 2 — qo ‗Ini keng kerish, 3 — zarba. 
 
3.Badminton o’yinida uchraydigan holat. 
 
Yondan beriladigan zarbalar ham turli xil bo‗ladi: baland- olis, baland 
hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa. Amaliyotning ko‗rsatishicha, aksariyat 
hollarda yon tomondan o‗ynaganda aralash zarbalar, ya‘ni: to‗r ortiga yassi-
hujumkor yoki yassi qisqa oshirib tashlashlar qo‗llaniladi. Yon tomondan 
beriladigan zarbalarga raqibning hujumkor harakatlari tufayli zarurat tug‗ilishi 
bois, volanni qaytarish uchun vaqt boshqa holatlardagidan ko‗ra kamroq bo‗ladi. 
Bundan tashqari, zamonaviy tezkor badmintonda ayrim mahoratli sportchilar 
(ayniqsa, juftlik bahslarida) ataylab raqibning hujumkor volanlarini to‗r yaqinida 
yassi zarbalar bilan qabul qilishadi. Sportchi yaxshi jismoniy tayyorgarlik va 
yuqori texnikaga ega bo‗lsa, mashqlar davomida shakllangan reaksiya hisobiga 
nafaqat volanni to‗xtatishi, balki qo‗lni deyarli kermasdan panjaning yashirin aniq 
harakati bilan volanni to‗r ustidan oshirib, raqib uchun kutilmagan va noqulay 
joyga tushirishi ham mumkin. 
Yon tomondan beriladigan barcha zarbalar volanni sport- chining o‗ng yoki 


chap tomonidan qisqa masofada qaytarish orqali amalga oshiriladi. Bunda 
sportchining gavda holati - o‗rtacha yoki past bo‗ladi. Zarbaning har qanday 
bosqichida raketkani ushlab turgan panja bilakka nisbatan sal ko‗tarilgan holatda 
bo‗lishi zarur. Oxirgi qadamni o‗ng oyoq bilan tirsakdan salgina bukilgan, 
uzatilgan qo‗l olisligidagi zarba nuqtasiga qarab tashlash kerak. Volanga to‗g‗ri 
burchak ostida zarba berish lozim. 
O‘ngdan-yondan zarbamng klassik varianti o‗ng tomonga qadam tashlash 
yoki hamla qilish bilan boshlanadi, chap yelkani to‗r tomonga burib, qo‗lni 
nisbatan faol kerish bilan xarakterlanadi hamda volan tomonga tirsak, bilak va 
panjani cho'zish bilan yakunianadi. Bunda qo‗lning ana shu qismlari zarba 
beriladigan paytga qadar raketka kallagidan oldinda turishi kerak. Chap qo‗l butun 
tana uchun muvozanat saqlovchi vazifasini bajaradi (37- rasm). 
Mashg‗ulotlar jarayonining takomillashtirib borilishi, sport- chilarning 
jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi yaxshilanishi, jihozlaming xarakteristikalari 
o‗zgarishi hamda boshqa bir qator omillar hisobiga badmintondagi tarkibiy 
elementlarni bajarish texnikasi ham rivojlanib bormoqda. Masalan, tegishli 
tayyorgarlikka ega bo'lgan sportchi o‗ngdan-yondan modifikatsiyalangan zarba 
berishi mumkin. U klassik zarbadan past gavda holati, qo‗lning qisqaroq kerilishi 
va zarba beradigan qo‗l tirsagining mayatniksimon harakati bilan ajralib turadi (38-
rasm). 
Hujumkor kombinatsiyaga panjaning kuchli keskin harakati yakun yasaydi. 
Bunda panjaning bilakka nisbatan kuchli bukilishi raketka kallagiga volanga kuchli 
dinamik zarba berish imkonini yaratadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling