Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


O ‗ngdan-yondan modifikatsiyalangan zarba


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badminton o’yini texnikasi tasnifi....

O ‗ngdan-yondan modifikatsiyalangan zarba: 


1 —gavda holati, 2 -o ‗ngga qadam tashlash va qo‗lni ozroq kerish, 3 - 
zarba va kuzatish. 
Shuni yodda tutish kerakki, yondan zarba berganda volanni maydoncha yon 
chizig‗ining o`rtasidan olis bo‗lmagan joyda qaytarish va u tanangizdan uchib o‗tib 
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Agar siz volanni o‗tkazib yuborsangiz, hujumkor 
zarba berish imkoniyati bo‗lmasligi tayin. Bu holatda sportchi uchun ikkita yo‗l 
qoladi: yoki raqibning hujumkor harakatlarini to‗xtatish hamda maydonchada o‗zi 
uchun qulay joyga turib olish maqsadida volanni baland-olis trayektoriya bo‗yicha 
qaytarish; yoxud panjaning yengil harakati bilan volanni to‗r yaqiniga tashlash. 
Voian elka balandligida uchib kelayotganda yon tomondan zarbalar berish qulay 
bo‗ladi, chunki bunda volanni shundoqqina to‗r ustidan qaytarish oson bo‗lgani 
bois, raqibning javob harakatlari anchagina mushkullashadi. 
Chapdan-yondan beriladigan zarba uchun o‗rta yoki past gavda holatida 
turish kerak. Raketka uning yopiq tomoni bilan zarba berishga qulay qilib 
ushlanadi. Chapga qayrilib, raketkani ham o‗sha tomonga burish kerak. To‗rga 
deyarli teskari bo‗Iguncha yelkani chapga burish zarur. Raketkani ushlagan qo‗lni 
yelka balandligida ko‗tarib, tirsakdan bukib, tirsakni esa volan kutib olinadigan 
taxminiy nuqta tomonga yo‗naltirib turish kerak. So‗ngra raketkani ushlab turgan 
qo‗1 to‗g‗rilanib, panja aylan- tiriladi. O‗ng oyoq bilan chap tomonga qadam 
tashlab, u may- donchaga qo‗yilganda zarba beriladi. Zarba turidan kelib chiqib, 
raketkani ushlab turgan qo‗1 volanning uchishini uzoq yoki qisqa kuzatib qo‗yadi. 
Chapdan-yondan zarba. 
 
Yondan o‗ng va chap tomondan beriladigan zarbalarni bajarish texnikasida 
o'xshashliklar ko‗p. Asosiy farqlar zarba berish paytida tashlanadigan qadam yoki 


hamlaning yo‗nalishida ko‗rinadi. Har ikki holatda ham ana shu qadamni yoki 
hamlani o‗ng oyoqda tashlagan ma‘qul. Mazkur zarbalarning boshqa barcha 
tarkibiy qismlari bir xil. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling