Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


Pastdan beriladigan zarbalar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badminton o’yini texnikasi tasnifi....

Pastdan beriladigan zarbalar. Pastdan beriladigan zarbalar. asosan, himoya 
zarbalari hisoblanadi. Badmintonchi raqibining muvaffaqiyatli hujumkor 
harakatlariga qarshi ularni qo‗llashga majbur bo‗ladi. Ular: o‗ngdan, chapdan va 
tana yuzasidan berilad 
i.
Pastdan-chapdan zarba. 
 
Pastdan beriladigan zarbalar, yuqorida qayd etilganidek, odatda, majburiy 
bo‗lishi bois, ular taktik vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Tajribali 
sportchi hatto qiyin vaziyatlarda ham volanning uchishiga istalgan trayektoriyani 
bera oladi. Ammo bu holatda, hatto tajribali badmintonchiga ham volanni yoki 
balandolis zarba bilan raqib maydonchasining orqa chizig‗iga, yoxud past qisqa 
zarba bilan to‗ming yoniga yo'Ilash taktik jihatdan foydali hisoblanadi. Birinchi 
holatdagi zarbani berish texnikasi xuddi baland-olis zarbadagi kabi, ikkinchisi esa 
past oshirishga o‗xshaydi. To‗g‗ridan pastdan zarba berilganda ba‘zi hollarda 
volanni o‗zidan shunchaki irg‗itib yuborish yo`li bilan qaytarishga to‗g‗ri keladi. 
Pastdan beriladigan barcha zarbalar sportchining zarba beradigan qo`li yelkasining 
pastga tushgan holatida bajariladi. 
To‘r yaqinidagi zarbalar. To‗r yaqinidagi zarbalar o‗yin natijasiga katta 
ta‘sir ko‗rsatishi bois, ularni alohida bo`limda ko‗rib chiqishni ma‘qul topdik. 
Aksariyat hollarda aynan to‗r yaqinidagi zarba ochko olib keladi, juftlik va mikst 
bahslarida esa to‗r yaqinida o‗ynovchi sportchining mahorati g‗alaba uchun juda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
To‗r yaqinidagi aksariyat zarbalar boshqa barcha zarbalardan ikkita muhim 


jihati bilan ajralib turadi, bular: gavdaning past holatda bo`lishi va yelkaning kerish 
harakatining bo`lmasligi. Tirsak, panja va bilak ishlaydi. Amaliyotning 
ko‗rsatishicha, volan to‗r ustidan qanchalik pastlab uchib o‗tsa, uni qaytaradigan 
sportchining gavdasi ham shunga mos tarzda past holatda bo`lishi zarur. 
Bajarilishtexnikasiga ko‗ra, to‗r yaqinidagi zarbalar: baland- olis, baland 
hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa bo`ladi (42-rasm). Ushbu barcha. zarbalar 
uchun xos bo`lgan umumiy jihat - vaqtning kamligi. 
To‗r-volan uchun kurashning oldingi chizig`i bo`lib, ungacha volan orqa 
chiziqqa nisbatan tezroq yetib keladi. Shu bois, to‗r yaqinidagi o‗yin texnikasi ham 
o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Baland-olis, baland hujumkor zarbalar, hattoki yassi va hujumkor (qisqa 
smesh) zarbalar ham qo`lni keng kerishsiz bajariladi. Asosiysi - panjaning kuchli 
va tezkor ishlashidir. Aksariyat hollarda ushbu zarbalar uloqtirma zarbalar deb 
ataladi (hujumkorlari bundan istisno). 
Har doim yodda tuting, agar to‗r yonida zarba berganda volan to‗r yuqori 
qismidan salgina balandda bo‗lsa, unga yuqoridan pastga qarab hujumkor zarba 
bergan ma‘qul. Shunda raqibga bosim o‗tkaziladi (43-rasm). 
Qisqa zarbalar o‗ziga xos boTib, shartli ravishda ―taglik‖ (podstavka) 
atamasi bilan nomlanadi. Klassik podstavkada volan to‗r ustidan pastlab uchib 
o‗tadi va unga parallel ravishda tikkasiga maydonchaga tushadi (44-rasm). 
Badminton ustalari raketka kallagini shunchaki volanning tagiga qo‗yishmaydi, 
balki ular, shu bilan birga, panjalari bilan to‗rning yuqori chetiga qarab, ba‘zida esa 
uni yoqalab gorizontal yuza bo‗ylab, xuddi volanni tagidan kesgandek va uni 
gorizontal o‗qi bo‗ylab aylantiruvchi keskin harakatni ham amalga oshirishadi. 
Mazkur element to‗g‗ri baja- rilganda volan aylana boshlaydi va raqibning uni 
qaytarishi nihoyatda mushkullashadi. 
To‗r yaqinidagi qisqa zarba bilan volan uni yoqalab ham yo‗naltirilishi 
mumkin. Bunda raqib uchun kutilmaganda panja bilan yopiq harakat qilinadi va 
yutuqli vaziyatga erishiladi. Volan to'rning yuqori qismidan pastroqda turganda 
ushbu usuldan ko‗proq foydalaniladi. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling