Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


Zarbalar:  1 - pastdan zarba, 2 -yondan zarba


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badminton o’yini texnikasi tasnifi....

Zarbalar: 
1 - pastdan zarba, 2 -yondan zarba 
Badmintonda harakatlar. Mutaxassislar badmintonda asosiysi oyoqlar 
ekanini ko‗p takrorlashadi. Ko‗plab badmintonchilar bu so‗zlarning naqadar to‗g‗ri 
ekaniga amaliyotda guvoh bo‗lishgan. Yaxshi o‗yinchi, badminton ustasi o‗yinning 


barcha asosiy texnik usullarini mukammal o‗zlashtirgan bo`ladi. Buning ma‘nosi 
shuki, sportchi volanga o‗z vaqtida chiqib, ko‗p karra mustahkamlangan mushak 
reflekslarining yuqori texnik darajasida unga avtomatik ravishda to‗g‗ri zarba
beradi. Ammo, mabodo, oyoqlar pand berib qolsa, volanga qarab 
cho‗zilishga, agar unga bir amallab yetganingda ham, unga mashqlarda 
shakllangan odatiy usullarni qo‗llay olmasdan noqulay vaziyatdan zarba berishga, 
kuch, tezlik va texnika borasida raqibga ustunlikni berib qo‗yishga majbur 
bo‗lasiz. Aynan shu bois, badmintonda harakatlar birinchi o‗rinda turadi. 
Volanga yetib bora olsang - zarba berasan, yetolmasang - hamma 
urinishlarinig besamar ketadi. Bir latifada aytilganidek: artilleriya 18 ta sababga 
ko‗ra o‗q uza olmadi, birinchi sabab - o‗qlar tugab qolgan ekan. Maydonchada 
muvaffaqiyatli harakatlanishning asosini yaxshi tayyorlangan oyoqlar tashkil etadi. 
Har bir mashg‗ulotdan ularni mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiladigan 
mashqlar o‗rin olishi zarur. Harakatlarni o`yinchining jismoniy imkoniyatlari va 
xarakterining ruhiy tipidan (bu haqda boshqa bo‗limda so‗z yuritamiz) kelib chiqib 
o‗zlashtirish kerak. O‗rta va katta qadamning (hamlaning) uzunligi, vestibulyar 
barqarorlik, sakrash balandligi, harakat paytida gavda holati juda muhim 
ahamiyatga ega. Quyida umumiy qoidalarga to‗xtalib o‗tamiz. 
Harakatlanish gavdaning o‗yinga oid holatidan boshlanadi. U istalgan 
tomonga qarab amalga oshirilishi mumkin, ammo maydonchada himoyalanmagan 
nuqtalar mavjudligini va aksariyat 
hollarda 
o‗sha tomonga qarab:
to‗rning o‗ng
va 
chap 
ustunlariga qarab oldinga; yon 
chiziqlarga qarab yonboshga; o‗ng va chap olis burchakka qarab orqaga 
harakatlanishga to‗g‗ri kelishini unutmaslik kerak. Boshqa oraliq harakatlar ham 
bo'lishi mumkin, 
ammo 
yuqorida 
sanalgan oltita
yo‗nalish asosiylari hisoblanadi. 
Badmintonda 
maydonchada 
harakatlanish yettita asosiy elementdan tashkil topgan bo‗ladi (48-rasm). Bular: 
oddiy qadam (bir qadam), qo ‗shimcha tashlangan qadam, chaparasta qadam
o'zgaruvchan qadam, sakrash, hamla, yugurish (yoki sakrab sakrab qadam 
tashlash). 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling