Amalyotning rejasini bajarish orqali ko'plab ishlarni bajardim. Maktab azolari bilan tanishib maktab direktoridan ko'rsatmalar oldim. Shu ishlarni bajarish uchun birinchi kundan ishga kirishdim


Download 3.14 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi3.14 Kb.
#1505486
Bog'liq
Hisobot


Amalyotning rejasini bajarish orqali ko'plab ishlarni bajardim. Maktab azolari bilan tanishib maktab direktoridan ko'rsatmalar oldim. Shu ishlarni bajarish uchun birinchi kundan ishga kirishdim. 9- sinfdan ,,Qiziqishlar anketasi" yani kasbga yo'naltirgich test oldim va ularning kasbini aniqlab berdim. Ularda temperament, agrissivlik, suistga mo'ljallangan test oldim. Shu testlarni 10-11 sinflardan ham olib ularga qarshi yetakchi psixolog bilan amaliy ishlar ko'rdik. Ota onasi bilan uchastka noziri qarshisida tushuntirish ishlari olib bordik. Men ikki hafta davomida o'quvchilar bilan shug'ullanish natijasida ko'p narsa o'rgandim va ularga malum darajada yordam bera oldim deb o'ylayman. Men 8-sinf o'quvchisi Ibrohim bilan shug'ullanish natijasida shu narsa malum bo'ldiki, u sinifdagi o'quvchilar bilan chiqishmay, ko'p dars qoldirar ekan. Unga ish olib borish natijasida birinchi qaysi fanni yoqtirishini so'radim va uning quziqishlari bilan tanishdim. U ona tili fanini yoqtirar ekan va uni ona tilidan eng yaxshi o'qiydigan bolaning yoniga o'tirg'izib unga jamo bilan birgalikda ona tili va adabiyotdan barcha kitoblarni olib berib unga o'qishiga qiziqish olib kirdik va u chin dildan o'qishni boshladi. Men insomlarga psixolog sifatida ularga yordam berish va hayotga ijobiy qarashga o'rgataman va u narsani keng targ'ib qilaman. Qachonki inson miyasi ijobiy fikirlasa u yuqori maqsadga erishadi. XULOSA: Psixologlar insonlarga o'zligini qaytara olsa va unga ruhiyat berolsa u haqiqiy kasb egasi. Kasbni qanday bo'lishidan qatiy nazar sevish kerak ekan. Men amalyotga chiqish natijasida 15 yoshli bolaning ruhiyati tushkun holatdan toki yuqori energiyaga ega bo'lishigacha uni kuzatdim. Shuni anglab yetdimki dunyodagi eng baxtli on sening yordaming orqali yani qandaydir tasiring orqali u inson dunyoga yangicha nazar bilan qarasa kasbingni yanada sevib ketar ekansan. Shuni anglab yetdimki nazariya boshqa, amaliy boshqa ekan. Men rahbariyatdan so'rab qolardimki agar iloji bo'lsa boshqa muassalarga ham yani shifohona yoki turli tashkilotlarga ham amalyot bersa biz ko'proq o'rgansak.
Download 3.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling